Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida
-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talab
Download 128 Kb.
|
2672 13.05.2015
18-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talab
91. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 3-bob. Ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari 1-§. Umumiy talablar 92. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim. 93. Texnologik jarayonlar parametri va ularni o‘zgartirish mumkin bo‘lgan diapazon hamda parametrlardan chiqmaslik usullari va vositalari ishlab chiquvchi tomonidan belgilanib, texnologik reglamentda ko‘rsatilishi kerak. 94. Nazorat o‘lchov asboblari (termometr, manometr, hisoblagich) va signal lampalarining joylashuvi ularning ko‘rsatkichlarini bemalol nazorat qilish imkonini berishi lozim. 95. Daraja ko‘rsatkichlarida shaffof element sifatida oyna foydalanilganda, xodimlarni jarohatlanishdan saqlovchi uskunalar qo‘llanishi kerak. 96. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlarning xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanishi lozim: ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash; xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash; ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli me’yorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi. 97. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Avariya holatida biror-bir mexanizm to‘xtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarning to‘xtashi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. 98. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorug‘lik signallari bo‘lishi kerak. Signal elementlari (elektr qo‘ng‘iroq va o‘chib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan bo‘lib, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada bo‘lishi lozim. 99. Ishlab turgan uskunalar joylashgan joylar zarur to‘siqlar, himoya va saqlovchi moslamalar hamda qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 100. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining uskunalari yaroqli bo‘lishi, nazorat-o‘lchov asboblari soz, apparatlarda blokirovka vositalari mavjud bo‘lganda ishga tushirilishi lozim. 101. Barcha tarmoqlarda texnologik jarayon xavfsiz bajarilishi, tashkiliy-texnik chora-tadbirlar ko‘rilishi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishi lozim. 102. Agregat mexanizmlarining normal ishidagi har qanday buzilishlar undagi barcha mexanizmlarning avtomatik tarzda to‘xtatilishi bilan yakunlanishi zarur. 103. Texnologik jarayon buzilgan hollarda, buzilish sabablari aniqlanishi va ularni bartaraf etish uchun ish jarayonining to‘xtatilishi hamda xodimlar ish joylarini tark etishlari lozim. 104. Ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bajariladigan ishlar maxsus jihozlangan xonalarda yoki bu xonalarda o‘rnatilgan maxsus kameralarda bajarilishi kerak. Xonalarning kirish joylarida “Yong‘indan xavfli”, “Chekilmasin”, “Begonalar kirishi taqiqlanadi” degan xavfsizlik belgilari osib qo‘yilishi lozim.
Download 128 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling