Non va non mahsulotlari; nonning qanday tayyorlanishi; uni e’zozlab, uvol qilmaslik haqida suhbatlashish
Download 21.11 Kb.
|
non
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mukarram AYUPOVA, Nizomiy nomidagi TDPU professori, pedagogika fanlari nomzodi. Shahnoza ARIPOVA, Nizomiy nomidagi TDPU o‘qituvchisi.
MAVZU: NON Suhbat
Leksiko-grammatik o‘yin va mashqlar • “Qanday?” Non so‘ziga sifat tanlash: yumsho…, xushbo‘…, yangi yopil…, maza…, to‘yim…, qat-…, …ta’m, shir… . • “So‘z tanlang”. Non so‘zidan tuzilgan va unga yaqin so‘zlarni tanlash. • “Shirin kulchalar rastasi”. “-ga” qo‘shimchasi ko‘magida so‘zlar tuzish. Bolalar oldiga non mahsulotlari yoki ularning tasviri tushirilgan rasmlar qo‘yiladi: baton, buxanka, patir, kulcha, shirin kulcha, shirmoy non, pryanik, teshik kulcha, pechenye. Bolalar navbat bilan turli gaplar tuzadilar: “Men non rastasidan shirin kulcha sotib oldim”. “Opam menga patir olib berdi”. • “Do‘stlaringizni nima bilan mehmon qilasiz?” Non va non mahsulotlari tushunchalarini umumlashtirishni mustahkamlash. O‘yin rasmlarsiz o‘tkaziladi. Har bir bola o‘z do‘stlarini nima bilan mehmon qilishini o‘ylab topishi kerak, masalan: “Men Salimaga shirin kulcha beraman, Dildorani esa teshik kulcha bilan mehmon qilaman”. Bog‘langan nutqni rivojlantirish. • Ushbu hikoyani tinglab, bolalar non va non mahsulotlari haqida hikoya tuzadilar. “Baton – bu non mahsuloti. Uni non zavodida undan pishiradilar. Un bug‘doydan olinadi. Bug‘doyni dalalarda g‘allakorlar o‘stiradilar. Baton – bu oq non. Uning ichi yumshoq, usti yupqa po‘stloqdan iborat. U ishtaha bilan yeyiladi, mazali, foydali. Uni non idishda saqlaydilar”. Jismoniy daqiqa – logoritmika • “Yomg‘ir” nutqiy harakatli o‘yini. (oldindan tayyorgarlik ko‘rilmagan erkin harakat). Yomg‘ir, yomg‘ir yog‘aver, Ko‘p bo‘ladi nonimiz. Kulcha, patir, batonga, To‘yar bizning qornimiz. • “R” tovushi artikulyatsiyasi va talaffuzini aniqlashtirish. “R” harfi. Tovush tavsifi (undosh – cho‘zib aytilmaydi, qattiq, til yordamida aytiladi – til tepaga va pastga “o‘ynaydi”). • “O‘rtoq so‘zlarni takrorlang”. Logoped tovushi bo‘yicha o‘xshash uchta so‘zni aytadi, bolalar ularni takrorlaydilar: “Archa-parcha-sharcha, motor-qator-devor, irmoq-urmoq-surmoq”. • “Tushlik tayyorlaymiz”. Logoped bolalarga nomida “r” tovushi bo‘lgan yeguliklardan “tushlik tayyorlash”ni taklif etadi: kartoshka, makaron, vermishel, karam sho‘rva, moshkichiri, pishiriq, guruchli bo‘tqa. • “Sirli so‘zlar”. Logoped har bir bo‘g‘inni uch martadan qaytaradi va ulardan noto‘g‘ri so‘z tuzadi. Bolalar esa xatoni topishlari kerak. • “Uyni jihozlaymiz”. Logoped bolalarga uy va bir qancha uy jihozlari rasmlarini taklif etadi. Keyin bolalarga nomida “r” tovushi mavjud bo‘lgan jihozlar bilan uyni bezatishni taklif qiladi, bolalar jihozlar ichidan nomida “r” tovushi bor rasmlarni ajratib olishadi: (krovat, kreslo, parda, deraza, televizor, ko‘rpacha, kalendar). • “Rasmlar bilan o‘ynaymiz”. So‘zlarni bo‘g‘inma-bo‘g‘in tahlil qilish. Bolalar so‘zdagi har bir bo‘g‘inga chapak chalishlari va oyoqlari bilan dupurlatishlari kerak. O‘ynaymiz rasm bilan, Qo‘llarda chapak chalib. Ayting uni bo‘g‘inlab, Oyoq bilan dupurlab. Devorga rasmlar osib qo‘yilgan: pomidor, piramida, sigir, atirgul, darvoza, daraxt, deraza, devor va h.k. • “Do‘stlik” haqida qisqa satrlar”. Bolalar logoped orqasidan qisqa satrlarni takrorlaydilar va nima uchun bu narsalar “do‘stlashishini” tushuntiradilar. Qurt “do‘stlashar” kefir bilan, shakar esa zefir bilan. Turp o‘rtoq kartoshka bilan, karnay esa surnay bilan. Arra “do‘stlashar” randa bilan, yo‘lbars esa bo‘ri bilan. Ukrop “do‘stlashar” selder bilan, tvorog esa pishiriq bilan. • “Karima va Rahima nimani chizmoqda?” Bolalar navbat bilan tarkibida “R” tovushi bo`lgan so`zlardan gaplar tuzadilar. O‘yin maydonida – nomida “r” tovushi mavjud bo‘lgan rasmlardan foydalanib gap tuzish. “Karima atirgulni chizadi, Rahim esa qo‘ziqorinni tasvirlaydi. Karima kartoshkani, Rahim esa rediskani rasmini chizadi”. • “O‘ngda nima?” Devorda ikkita rasmlar ustuni osilgan. Bolalar esa rasmlarga qarab gap tuzadilar. Aravaning o‘ng tarafida – traktor. Qarg‘aning o‘ng tarafida qaldirg‘och. • “R” harfi bilan tanishtirish: konturi bo‘yicha chizish, uni partada barmoq bilan yozish, alifbodan izlab topish. LOGOPED: – “R” harfi qaysi tomonga “qaraydi”? (o‘ng tarafga). • “So‘zlarni o‘qish”. Tort, bo‘ri, o‘g‘ri, yo‘lbars, qarg‘a, atirgul, tarvuz, rasm, sigir, turp, ukrop, qaldirg‘och, deraza, darvoza. • “So‘z tuzish”. Bolalar har bir qatordagi rasmlarda tasvirlangan narsaning nomini bosh harfidan so‘z tuzishlari kerak: shkaf, anor, raketa (Shar); Randa, olma, makaron (Rom); Qarg‘a, olcha, rediska (Qor); Tuya, olma, ruchka (Tor). • “So‘z tanlash”. Devorga rasmlar osib qo‘yilgan: Xo‘roz, turp, bo‘ri, anor. Bolalar tasvirlangan chizmaga qaysi so‘zlar mos tushishini aniqlashlari kerak: …o‘…o…, …u…p, …o‘…i, a…o… . • Gaplarni tuzish, o‘qish va tahlil qilish: “Zafarda shar va nog‘ora bor. Rahima mazali shirinlik va pishiriqlar pishirdi”. Mukarram AYUPOVA, Nizomiy nomidagi TDPU professori, pedagogika fanlari nomzodi. Shahnoza ARIPOVA, Nizomiy nomidagi TDPU o‘qituvchisi. Download 21.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling