Noniusli burchak o’lchagich bilan o’lchash ishlarini bajarish detal yuzalarining shaql og‘ishlarini aniqlash


Download 25.25 Kb.
bet1/7
Sana20.11.2023
Hajmi25.25 Kb.
#1788523
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-Mavzu Noniusli burchak

NONIUSLI BURCHAK O’LCHAGICH BILAN O’LCHASH ISHLARINI BAJARISH DETAL YUZALARINING SHAQL OG‘ISHLARINI ANIQLASH.

  • ISHDAN MAQSAD:
  • Detal yuzalarining shakl og‘ishlarini aniqlash va richagli mexanik asbob, indikator bilan ishlashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
  • ISHNING MAZMUNI:
  • Indikatorning metrologik tavsiyanomalarini aniqlash.
  • Detal yuzalarining radial tepishini o‘lchash va uning yaroqligi tug‘ri­sida xulosa chiqarish.
  • Talabaga beriladi: soat turidagi indikator, ustun va o‘lchashga mo‘ljallangan detallar.
  • ISHNI BAJARISH TARTIBI:
  •  
  • Indikatorning metrologik tavsifnomalarini aniqlang va son qiymatlarini hisobot shaklidagi 1-jadvalga kiriting.
  • Radial tepishni soat turidagi indikator bilan o‘lchash.
  • Soat turidagi indikatorlar o‘lchovining nisbiy va absolyut uslublarida detallarning radial va yon tepish, turtish, balandlik va diametrlarni o‘lchashda keng ko‘llaniladi.
  •  

Indikatordagi o‘lchov sterjenning (1) harakati katta va kichik strelkalarnnng shkalalar bo‘yicha siljishga olib keladi (5 - rasm). Bunda 4 strelkaga mos bo‘lgan shkala burilishlar ko‘rsatkichi bo‘lib, undan katta strelkaning aylanishlar sonini butun qiymati olinadi. Bo‘lim miqdori 0,01 mm bo‘l­gan indikatorlarda o‘lchov sterjenining 0,01 mm ilgarilama harakati katta strelkani (2) shkala (3) bo‘yicha bitta bug‘inga olib keladi. 5 – rasm Indikator shkalasi yuz bo‘g‘indan iborat bo‘lgani uchun katta strelkaning bir marta to‘lik aylanishi strelkani 1 mm siljishiga mos keladi. Bu esa kichik strelkani ko‘rsatkich shkalasi bo‘yicha bir bo‘yinga siljitadi va shu shkalaning bo‘lim mikdori 1 mm bo‘lganidan dalolat beradi. Indikatorning shkalasi (3) halka (5) bilan asbobning konusi korpusiga nisbatan burilish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun katta strelkaning qarshisiga shkalaning istalgan shtrixini o‘rnatish mumkin.

Detal shakl otsishlarini o‘lchashdan oldin indikatorni nol holatga keltirish kerak. Buning uchun o‘lchov sterjeni (1) detal yuzasiga 1-2 mm taranglik holatida tekkiziladi va korpusdagi halkani aylantirib katta strelka nol holatiga keltiriladi. Taranglik holati o‘lchash jarayonida ham manfiy, ham musbat qiymatlar olish uchun kerak.

  • Detal shakl otsishlarini o‘lchashdan oldin indikatorni nol holatga keltirish kerak. Buning uchun o‘lchov sterjeni (1) detal yuzasiga 1-2 mm taranglik holatida tekkiziladi va korpusdagi halkani aylantirib katta strelka nol holatiga keltiriladi. Taranglik holati o‘lchash jarayonida ham manfiy, ham musbat qiymatlar olish uchun kerak.
  • O‘lchash jarayonida katta va kichik sterjenlar o‘z holatini o‘zgartiradi. Bunda og‘ish indikator va aylanishlar ko‘rsatkichi shkalalari bo‘yicha aniqla­nadi. Aylanishlar ko‘rsatkichi shkalasi millimetrni butun va indikator shkalasi esa yuzdan bir ulushini ko‘rsatadi.

Download 25.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling