Nonlarning sifatini organoleptik va fizik-kimyoviy koʻrsatkichlari asosida baholash
Download 16.21 Kb.
|
1 2
Bog'liqNonlarning sifatini organoleptik....
Nonlarning fizik-kimyoviy koʻrsatkichlari. Amalda qoʻllanilib kelayotgan standartlar talabi boʻyicha nonlarning sifatini baholashda fizik-kimyoviy koʻsatkichlaridan namligi, g’ovakligi va nordonligi aniqlanadi.
Nonning namligi. Bu koʻrsatkich non uchun asosiy koʻrsatkichlardan biri boʻlib, nonning oziqaviy qiymati va energiya berish qobiliyatiga katta ta’sir koʻrsatadi. Non mag’zining namligi nonlarning turiga qarab 34% dan 51% gacha boʻladi. Non mag’zining g’ovakligi. Nonning g’ovakligi deganda non g’ovakliklari hajmining nonning butun hajmiga nisbatining foizlardan ifodalangan miqdori tushuniladi. Nonlarning g’ovakligi xamirning bijg’ishiga toʻg’ridan-toʻg’ri bog’liq boʻladi. Nonlarning g’ovakligi bilan ularning hazm boʻlish darajasi orasida ham bog’liqlik mavjud. G’ovakligi yaxshi nonlar oshg’ozon-ichak bezlari ishlab chiqargan soʻlaklar ta’sirida organizmda tez hazm boʻladi. Nonlarning g’ovakligi nonlarning turiga va ishlatilgan unlarning naviga qarab 45% dan 75% gacha boʻladi. Nonning nordonligi. Nonning nordonligi graduslarda oʻlchanadi. Nonning nordonligi deb, 100 g non mag’zi tarkibidagi kislotalarni va kislota birikmalarini neytrallash uchun zarur boʻlgan 1 normalli ishqor eritmasining millilitrlardagi miqdoriga aytiladi. Nonlarning nordonligi nonlarning ta’miga katta ta’sir koʻrsatadi. Keragidan ortiqcha nordonlik nonlarga yoqimsiz ta’m beradi. Nonlarning nordonligi nonlarning turiga va hidiga qarab 20 dan 120 gacha boʻlishi mumkin. Ba’zi bir non mahsulotlari uchun, ayniqsa tarkibi boyitilgan non mahsulotlarida yog’ va qand moddasining miqdori ham aniqlanishi mumkin. Download 16.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling