“Nonning tug’ilishi”
Download 28.5 Kb.
|
Nonning tug\'ilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kutilayotgan natijalar ;
- Bolalar; Ha Tarbiyachi;
- Tarbiyachi;
- Bolalardan biri;
- Surxondaryo viloyati Shorchi tumani 29-MTT tarbiyachisi Eraliyeva Gulchehra
Nonning tugilishi Ilk qadam maktabgacha talim muassasasining davlat oquv dasturi asosidagi fan va tabiat markazlarida ishlash. (3-4 yosh) Mashgulotning maqsadi; Bolalarda nonni bunyodga kelishi haqida tasavvurlarini shakllantirish. Non inson xayoti uchun foydali va zarur mahsulot ekanligi haqida bilimlarni kengaytirish. Rivojlantiruvchi; Anglash-tadqiq qilish va samarali faoliyatini rivojlantirish. Oyin orqali nonga, nonvoylarga nisbatan xurmat hissini tuyadilar, nonni isrof qilmaslikka organadilar. Talimiy; Atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qiladi. Tarbiyalanuvchilar non undan tayyorlanishi, un bugdoydan olinishi, bugdoy dalalarda etishtirilishi haqida tushunchaga ega boladilar. Kutilayotgan natijalar ; Kuzatuvlar asosida xulosa qiladi va umumlashtiradi. Voqea va xodisalarni ketma-ketligini anglaydi. Kerakli jihoz; Dehqon bobo va nonvoyning ish kiyimlari, ish qurollari, tandir va tegirmon maketi, bugdoy boshogi, un, non mahsulotlari. Mashgulotning borishi; Tarbiyachi stol ustiga bir savatchada kulcha nonlarni qoyib, bolalar qaranglar, men nima olib keldim? Bolalar; Non Tarbiyachi; Xammamiz nonni yaxshi koramizmi? Bolalar; Ha Tarbiyachi; Bolajonlar nonning qanday paydo bolgani xaqida sozlab bermoqchiman. Qadim zamonlarda odamzod yaralibdiki, istemol qilayotgan nematlar ichida eng mazalisi dukkakli mahsulot bugdoy bolgan. Bugdoy qattiq bolgani uchun, bazi kishilar uni tosh bilan ezib, un qilib yeyishgan. Kunlardan bir kuni ezilgan bugdoyga suv tokilib ketgan, uni yeb korishsa yanada mazali tamga kirgan va shundan keyin xamir qorish urfga kirgan. Mana bolajonlar xamir tayyorlashni qanday qilib organganimizni ham bilib oldik. Bolajonlar kelinglar bu kulcha nonlarimiz savatchaga kelib tushuncha qancha mehnat sarflanishini birgalikga organamiz. (Tarbiyachi rollarni bolib beradi va ularni oz makonlariga joylashishlarini soraydi.) Tarbiyachi; Bolalar yuringlar, daladagi ishlarni kuzataylikchi; Assalomu alaykum Dehqon bobo, nima qilyapsiz? Dehqon bobo; Va-alaykum Assalom, bolalarim Kuz faslida dehqonim Yerga beradi unim Ekib bugdoy urugni Ostirar bilmay tinim. Mana bolalarim bugdoy ekishni ham boshlab yubordik. Bolalardan biri; Dehqon bobo bu ekayotgan bugdoyingiz qachon pishib yetiladi. Dehqon bobo; Qish otar, bahor otar Bobo dehqon ham kutar Yoz kelishi bilanoq Bugdoylar tugar boshoq Bu ekayotgan bugdoyimiz yoz fasliga kelib pishib yetiladi va xirmonimizni oltin boshoqlarga toldiradi. Tarbiyachi; Rahmat sizga Dehqon bobo. Endi bolajonlar, tergirmonga boraylikchi u yerda tegirmonchi akamiz nima ishlar qilayotgan ekan. Assalomu alaykum tegirmonchi aka, nima qilayapsiz? Tegirmonchi; Men pishdim der terib ol Tegirmonga borib sol, Aylanar bugdoy unga Qancha kuch ketar bunga. Unlar qopga solinar, Bozorga yol olinar Tayyor mahsulotdan song Yaxshi hamir qorilar. Tarbiyachi; Qaranglar-a bolajonlar, bugdoy tegirmonga yanchilib unga aylanarkan, un qoplarga solinib bozorga yol olar ekan. Tarbiyachi; Endi navbat nonvoyxonaga, yuringlarchi bolalar nonvoychi akamiz nima ishlar bilan band ekan. Assalomu alaykum nonvoychi aka, biz nonning qanday pishirilishiga qiziqib yoningizga keldik. Nonvoychi; Va-alaykum assalom bolajonlar. Qani marhamat kelinglarchi. Xamir oshiriladi. Nonvoy shoshiriladi. Tandirga ot yoqadi Nonlar pishiriladi Xoshboy is xamma yoqda Nonlar pishgani choqda Qarang qanday mashaqqat Yesang qolar dimoqda Tarbiyachi; Rahmat sizga nonvoychi aka. Bolalar mana sizlar bilan nonning qanday qilib tayyor bolishi xaqida ancha malumotga ega boldik. Bolajonlar mana oyin orqali nonga, nonvoylarga nisbatan hurmat xissini tuydik, nonni isrof qilmaslikni organdik. Tarbiyachi; Bolajonlar non haqida sizlar ham sher bilasizlarmi? Bolalardan biri; Nonni asrang avaylang, Uvol bolar ushoq ham. Yopiq idishda saqlang, Shunda bolmaymiz hech kam. Tarbiyachi; Barakalla bolajonlar, bugungi mashgulotimizda hammalaringiz oz rollaringizni juda chiroyli ijro etdingiz. Endi sizlar bilan fan va tabiat markazida bugdoy ekishni organamiz. Tarbiyachi bolalar bilan maxsus tuvaklarga bugdoy ekishni organadi. Mashgulot songgida tarbiyachi bolalarga mavzu yuzasidan savol, javoblar qiladi va ragbatlantiriladi. Surxondaryo viloyati Shorchi tumani 29-MTT tarbiyachisi Eraliyeva Gulchehra Download 28.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling