Noorganik kimyo fani (1-курс кимё таълим йўналиши) 7-laboratoriya ishi


-tajriba. Kremniyning ishqorlar bilan ta’siri


Download 230.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana06.02.2023
Hajmi230.95 Kb.
#1170451
1   2   3   4
Bog'liq
NOORGANIK uglerod va kremniy

6-tajriba. Kremniyning ishqorlar bilan ta’siri. Probirkaga ozroq kremniy soling 
va unga ishqorning kons. eritmasidan 2-3ml quying va qizdiring. Gaz ajralib chiqishini 
kuzating. Ajralib chiqayotgan gaz vodorod ekanligini isbotlang. Reaksiya tenglamasini 
yozing. 
Hosil bo’lgan eritmaga xlorid kislota eritmasidan (1

1) qo’shing. Nima kuzatiladi? 
Reaksiya tenglamasini yozing. 
7-tajriba. Kremniy (IV)-oksidning ishqorlar bilan o’zaro ta’siri. CHinni 
kosaga mayda qum soling va unga ishqorning kons. eritmasidan qo’shib, hosil bo’lgan 
aralashmani 20-30 minut qaynating va sovutmasdan darhol filtrlang. Bunda sodir bo’lgan 
reaksiya tenglamasini yozing. 
Reaksiyada natriy silikat hosil bo’lishi bilish uchun filtrlangan eritmaning bir 
qismini to’kib, bir qismigi xlorid kislota eritmasidan (1

1) ozroq qo’shing. Nima 
kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozing. 
8-tajriba. Natriy silikatning gidrolizi. A)Probirkaga 2-3ml Na
2
SiO
3
eritmasidan 
quying va unga fenoftalein eritmasidan 2-3 tomchi qo’shib, reaksiya muhitini aniqlang. 
Natriy silikat gidrolizining molekulyar va ionli tenglamalarin yozing. 
B)3-4ml Na
2
SiO
3
eritmasiga 3-4ml NH
4
Cl eritmasidan qo’shing va cho’kma hosil 
bo’lishini kuzating. Hosil bo’lgan cho’kmaning tarkibini aniqlang va sodir bo’lgan 
reaksiya tenglamasini yozing. Tajriba natijalarini izohlang. 


9-tajriba. Borot kislotaning olinishi va uning xossalari. A)Buraning to’yingan 
eritmasi solingan probirkaga kons. sulfat kislotadan ehtiyotlik bilan ozroq quying. Hosil 
bo’lgan H
3
BO

ning eruvchanligini kamaytirish uchun probirkadagi aralashmani kran 
tagida soviting. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozing. 
B)borat kislotaning 2-3 ta kritallchasini chinni kosachaga soling, unga 2-3 tomchi 
kons. sulfat kislota tomizing va 2ml ga yaqin etil spirt quying. Bularni aralashtiring va 
yoqing. Alanganing o’ziga xos rangiga ahamiyat bering. 
Bor efiri hosil bo’lish reaksiyasini yozing. Bunda sulfat kislotaning roli qanday? 

Download 230.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling