Noorganik kimyo“ fanidan " Ammiakning olinishi va uning birikmalari"
Download 220.76 Kb.
|
Ammiakning olinishi va uning birikmalari (2)
Sanoatda olinishi
Sanoatda ammiak olishning eski usullaridan biri toshko`mirni kokslashda chiqadigan gazlardan ajratib olish usulidir. Toshko`mirda 2% gacha azot bo`lib uning 25% i quruq haydashda ammiak holida chiqadi. 1 t ko`mirdan 2-2,5 kg ammiak olish mumkin. Bu usulda toshko`mirdan chiqqan gaz suvda eritiladi. Bu ammiakli suv deyiladi. Uni isitib ammiak olish mumkin. Toshko`mirni quruq haydash bilan olinadigan ammiak unga bo`lgan extiyojimizni qondira olmaydi. Bu muammoni echishda butun dunyo olimlari bosh qotirishdi. Havoda hajm jixatdan 78,09% og`irlik jihatdan 75,53% N2 bo`lganligi uchun, havodagi erkin azotni bog`lab azot birikmalari hosil qilish ustida olimlar o`ylashdi. 1869 yildagi Mendleevning “Ximiya asoslari” -asaridagi havo azotini bog`lash problemasini o`rganib, havo azotidan N2 - birikmasi olish usulini topishdi. Mendleevning bu asarida “Qishloq xujaligining kelajagi shunday usulning topilishiga ko`p darajada bog`lik” deyilgan. 1-chi usul ya'ni azot bilan vodorodni biriktirib NH3 olish 1908 yilda taklif qilingan edi. Ammiakning sianamid usuli bilan olinishi (1905-1910 yillar) Kaltsiy karbid CaCl2 yuqori to da havodagi erkin N2 bilan birikib kaltsiy sianamid hosil qiladi. CaC2 ko`mir bilan ohakdan olinadi. CaC2 + N2 = CaCN2 + C + 7 kkal CaCN2 ning tuzilish formulasi Ca = N - CN bo`lib rangsiz poroshok, unga ko`mir qo`shilganda kul rang kukun hosil bo`ladi. CaCN2 6 atm bosimda 100o C dan yuqori to gacha qizdirilgan suv bug`i ta'sirida CaCO3 va NH3 - ga ajraladi. CaCN2 + 3H2O = CaCO3 + 2NH3 + 21 kkal Bu usulning ahamiyati sanoatda uncha katta emas. Sanoatda ammiakning azot bilan vodoroddan sintez qilish eng muhim usul bo`lib, u borgan sari rivojlanmoqda. Ammiakning eng muhim xossalaridan biri uning kislotalar birikib ammoniy tuzlari hosil qilishidir. NH3 + HCl = NH4Cl NH3 + H3PO4 = NH4H2PO4 Bu reaktsiyalardan ammiak birikish reaktsiyalariga moyilligi ko`rinadi. Ammiak kuchli qaytaruvchi. Qizdirilganda u mis (II) - oksidini qaytaradi, o`zi esa erkin azotgacha oksidlanadi. 2 SiO + 2 NH3 = 3 Si + N2 + 6 H2O Ishlatilishi. Ammiakning ko`p miqdori nitrat kislota, N2 - tutuvchi mochevina soda olish sanoatida, suyuq ammiak va uning suvdagi eritmalari suyuq o`git sifatida ishlatiladi. Azotning kislorodli birikmalari 6 ta kislorodli birikma hosil qiladi. N2O, NO, N2O3, N2O4, N2O5, NO2 Azotning barcha oksidlari orasida NO va NO2 nitrat kislota ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega. Nitrat kislota HNO3 Kislotalar orasida eng muhim kislota bo`lib, sintetik ammiakdan, havodan va selitradan olinadi. Download 220.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling