Nooziq-ovqat mahsulotlarini mehanik xavfsizligi


Download 176.92 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi176.92 Kb.
#1252962
Bog'liq
Махсулот сифати ва гигиенаси














NOOZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI MEHANIK XAVFSIZLIGI.

REJA.
1. Xavfsizlik tushunchasi.
2. Xavfsizlik texnikasi.
3. Nooziq-ovqat mahsulotlarinig mexanik xavfsizligi.

Xavfsizlik kishilik jamiyati mavjudligining muhim sharti hisoblanadi. Normativ yoki moddiy nuqtai-nazardan u davlatlarning yuzaga kelishi, siyosiy partiyalar, xalqaro tashkilotlar va NNT (nodavlat notijorat tashkilot)lar tashkil topishida, shartnomalarning imzolanishi, qonunlar va konsepsiyalar qabul qilinishida, tahdidlarga qarshi kurashishning samarali uslub va vositalarini ishlab chiqishda namoyon bo'ladi. Uni ishtirokchilar tomonidan ustuvor yo'nalish sifatida tan olingan va yo'naltiruvchi ijtimoiy munosabatlarning asosi, dastlabki sharti sifatida baholash mumkin. "Biz avvalo tub negizida "O'zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak" degan g'oya mujassam bo'lgan O'zbekistonning tinchlik va xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan siyosiy yo'lini izchil davom etttiramiz. Hozirgi o'ta notinch va murakkab zamonda bebaho boyligimiz bo'lgan tinch va osoyishta hayotni ko'z qorachig'idek saqlash, jamiyatimizda millatlar dinlararo hamjihatlik, o'zaro hurmat va mehr-oqibat
muhitini yanada mustahkamlash bizning eng muhim va ustuvor vazifamiz bo'lib qoladi"1 — deya ta'kidlaydi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev.
O'z navbatida, uning amaliy tomoni mazkur holatning nazariy jihatlarini belgilab beradi. Xavfsizlik nazariyasida tadqiq etilayotgan kategoriya asosiy tushuncha sifatida xizmat qiladi. U tadqiqot predmeti - ijtimoiy munosabatlar va huquqiy ta'sirning obyekti - xavfsizlik sohasini mohiyatini tushunish va talqin etishda boshlang'ich nuqta hisoblanadi. Xavfsizlik tushunchasining falsafiy-ijtimoiy va siyosiy-huquqiy mazmunini har tomonlama, chuqur tahlil etish xavf va tahdid, obyekt va subyekt, xavfsizlik sohasi va tizimi kabi tushunchalar tabiatini anglashda asos bo'lib xizmat qiladi.
"Xavfsizlik" atamasi so'zning o'z o'zidan anglashilganda "biror bir xavfning mavjud emasligi", "xavfdan himoyalanganlik" yoki "tinch holat" ma'nosi aks etadi.
"Xavfsizlik - muhim qadriyatlarning tahdidlardan himoyalanganlik holatidir"2 -deb, ta'rif beradi V. N. Panin. Haqiqatdan ham, har qanday subyekt yoki obyekt doimiy mavjud bo'lishi uchun birlamchi muhim qadriyat bu - xavfsizlik va tinchlikdir.
Xavfsizlik tushunchasini yanada kengroq taxlil etadigan bo'lsak, uning mazmunini va mohiyatini shakllantiradigan so'zlarni ko'rib chiqish lozim. Xavfsizlik so'zining umumiy ma'nosida xavf, tahdid tushunchalari birinchi o'ringa chiqadi. "Xavf — inson, ijtimoiy guruh, jamiyat, davlat va jahon hamjamiyatiga ziyon yetkazishi, moddiy va ma'naviy qadriyatlarning buzilishi yoki inqirozining yuzaga kelishiga, taraqqiyot yo'lining berkilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan ehtimoliy (yoki real) voqea, hodisa yoki jarayon. Xavf - bu biror-bir zarar yetkazish, ya'ni xavfsizlik obyektining strukturasi yoki boshqa xususiyatlarini o'zgartirish orqali uning bardoshlilik va raqobatbardoshlilik salohiyatini tushirish ehtimolidir"3.
Yuqoridagi tushunchada xavf ma'lum bir subyektlar va tuzilmalarning moddiy va ma'naviy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi, bu subyekt va tuzilmalar xavsizlikning subyektiv kategoriyalarini tashkil etadi. Xavfsizlik asosida bu subyektlarning hayotiy muhim manfaatlari yotadi.
Xavfsizlik texnikasi - mehnat muhofazasi boʻlimlaridan biri; ishchidagi jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli taʼsiri oldini olishga doyr tashkiliy va texnik tadbirlar hamda vositalar majmui. Ularni yaratish va ishlab chiqarishda qoʻllash ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyoriy texnik hujjatlar (standartlar, qoidalar, meʼyorlar, instruksiyalar) asosida amalga oshiriladi. Tashkiliy tadbirlar: ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari toʻgʻrisida yoʻl yoʻriqlar berish, shlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asoslarini oʻrgatish; mehnat qilish va dam olish qonun qoidalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tatbiq qilish.
Texnik tadbirlar maʼlum meʼyorlar va qoidalarga asoslanadi. Bunda insonning ruhiy, anatomik, fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Masalan,mashinaning boshqarish organlarini inson uchun qulay yerga joylashtirish, ish vaqtida zararli chang, gaz chiqmasligini taʼminlash zarur.
Xavfli taʼsirlardan himoya qilish uchun toʻsiqlar qilinadi, ogohlantiruvchi belgilar va plakatlar osib qoʻyiladi. Koʻpincha ishlayotgan mashinalarning uzellari bilan bogʻliq qurilmalar (elektron qurilmalar, fotoelement, avtomatik saqlagich) dan foydalaniladi.
Bularga saqlagich klapanlari, vklyuchatellar, eruvchan saqdagichlar, shtiftlar va boshqa kiradi. Xavfli, zararli ishlarni bajarishda jarayonlarni uzokdan turib boshqarish usuli yaxshi samara beradi. Himoya qilishda signalizatsshdan foydalaniladi.
Jihozlarni yurgizib yuborishdan oldin ularning ishi tekshiriladi hamda sinaladi. Juda xavfli jihozlar (bosim ostida ishlaydigan idishlar, yuk koʻtarish mashinalari) davlat inspeksiyasi nazorati ostida boʻladi, namlik, tra, havoning tozaligi, shovqinlar, nurlanish taʼsiri va boshqa doimo nazorat qilinadi.
Xavfsizlik texnikasi ning muayyan sohalarida ishlaydigan kishilar qoidalarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari (kiyimbosh, poyabzal, ehtiyot belbogʻi, koʻzoynak va boshqalar)dan foydalanadi. Xar bir korxonada Xavfsizlik texnikasi uchun maʼmuriyat javobgar hisoblanadi.
Oʻzbekistonda Xavfsizlik texnikasi nuqtai nazaridan eng xavfli va maʼsuliyatli korxonalar — paxtani dastlabki ishlash zavodlari, toʻqimachilik korxonalari, teri oshlash korxonalari va boshqahisoblanadi, chunki bu korxonalarda presslar ishlatiladi, zararli chang va gazlar ajraladi va boshqa Shu tufayli mehnat xavfsizligi standartlariga qatʼiy amal qilish talab qilinadi.
Inson hayotining xavfsizligini ta‘minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala bo‘lib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligi va barqarorligiga bog‘liq. Bu hozirgi vaqtda ilmiy–texnik taraqqiyot keltirib chiqargan murakkab muammolarni har tomonlama yechishni, katta miqdorda mablag‘ va ishlab chiqarishning yuqori madaniyatini talab qiladigan muammodir. Bu esa faqat iqtisodiy qudratli, kuchli ilmiy–texnik va intellektual imkoniyatlarga ega bo‘lgan davlatning qo‘lidan keladi. Boshqa tomondan xavfsizlik muammolarining yechimi jamiyatning barcha a‘zolarining faol ishtirokini, yuqori fuqarolik ongini, ayrim hollarda jamiyat, kelajak avlod manfaati uchun, shaxsiy manfaatlardan kechishini talab qiladi. Bu esa jamiyat a‘zolaridan yuksak madaniyatli va kuchli ma‘naviyatlikni talab qiladi. Bu tamoyillarning yechimi chuqur tahlil qilingan va tashkil qilingan uzluksiz, ya‘ni ta‘limning barcha o‘timlarini qamrab olgan ta‘lim va tarbiya tizimlaridagina mumkin. Xavfsizlikni ta‘minlash ruhida o‘qitish va tarbiyalash ayniqsa texnik o‘quv yurtlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki yangi texnika va texnologiyalarni bo‘lg‘usi yaratuvchilarini va ishlab chiqarish rahbarlarini shu ruhda tarbiyalash ushbu muammoni samarali bo‘lishida katta rol o‘ynaydi.
Bo‘lg‘usi mutaxassislarni shakllantirishdan asosiy maqsad har qanday muhandislik masalasini hal qilishda, bu ilmiy izlanish bo‘ladimi, loyiha–konstruktorlik ishi bo‘ladimi, ishlab chiqarishning tashkiliy va boshqaruv masalasi bo‘ladimi asosiy tamoyil–inson salomatligi va hayotini muhofaza qilish ekanligini unutmaslikdir. Inson xavfsizligini ta‘minlash ayniqsa uni ish jarayonida bevosita ishlab chiqarishda o‘z dolzarbligini ko‘rsatadi. Chunki zamonaviy korxonalarning xarakterli tomoni shundaki, unda bir korxonaning o‘zida turli–tuman va tez o‘zgaruvchan texnologik jarayonlarda materiallar, yuqori darajali mexanizasiyalashgan va avtomatlashtirilgan elektr hisoblash texnikasi bilan jihozlangan zamonaviy potok tizimlar qo‘llanilmoqda. Bular albatta bir tomondan jarayonlarni qisqartirishga maxsulot sifatini yaxshilashga va mehnat sharoitini xavfsizlantirishga qaratilgan, lekin ikkinchi tomonidan ularda ishlovchi ishchilardan katta diqqat, sezuvchanlik va butun ish kuni davomida aqliy zo‘riqish talab qiladi. Bu esa asablarning taranglashuviga va pirovard natijada kasbiy kasallik va jarohatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Texnologik jarayonning murakkabligi, texnologik rejimlarga bo‘lgan talablarning yuqoriligi mehnat muhofazasi tadbirlariga bo‘lgan talablarining ortib borishini talab qilmoqda. Ishlab chiqarish xavfsizligi muammolarini o‘rganish uslubiy jihatdan murakkablashib, aktuallashib boryapti.
Ma‘lumki inson hayoti asosan texnosferada (ishlab chiqarish zonasi) yoki atrof tabiiy muhit (yashash muhiti)da kechadi. Hayotiy faoliyat xavfsizligining ilmiy nazariyasi yashash muhiti, faoliyat, xavf, tavakkal va xavfsizlik kabi tushunchalar bilan bog‘liq. Odamning hayotiy faoliyati uning yashash muhiti bilan chambarchas bog‘liqdir. Hayotiy faoliyat jarayonida odam va uni o‘rab turgan muhit doimo bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lib ―Odam - yashash muhiti‖ sistemasini tashkil qiladi. Hayotiy faoliyat- bu odamning kundalik faoliyati, dam olishi, turmush tarzidir. Yashash muhiti- odamni o‘rab turgan muhit, odam faoliyatiga, sog‘lig‘iga, zurriyotiga tezlik bilan yoki kelajakda bevosita yoki bilvosita ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan (fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy) omillar yig‘indisidir.
Odamning yashash muhiti bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatida eng kamida quyidagi ikki masalani yechish o‘rtaga qo‘yiladi: o‘zining ovqatga, suvga va havoga bo‘lgan talablarini qondirish;
-yashash muhitining nohush ta‘siridan himoyalanish.
Odam - yashash muhiti‖ sistemasida uzluksiz ravishda modda, energiya va informasiya oqimi almashuvi sodir bo‘ladi. Bu Yu.N.Kurajovskiy ta‘riflaganidek:
―Hayot faqat tirik jasad orqali modda, energiya va informasiya oqimining harakat jarayonidagina mavjud bo‘lishi mumkin‖. Modda, energiya va informasiya oqimlari tabiiy va antropogen harakterga ega bo‘lib, ular aksar insonning yaratuvchanlik faoliyati masshtabi va yashash muhiti xolatiga bog‘liq. Odam bilan yashash muhiti orasidagi munosabatlarning uyg‘unligi va rivojlanishi modda, energiya va informasiya oqimlari odam bilan tabiiy muhit tomonidan ijobiy qabul qilingandagina mumkin. Ushbu oqimlarning odatdagi qiymatlaridan har qanday ortishi odamga va atrof-muhitga salbiy ta‘sir qiladi. Hoxlagan oqimni minimal qiymatidan maksimal qiymatigacha o‘zgartirib
"Odam - yashash muhiti" sistemasida quyidagi 4 holatni kuzatish mumkin: Komfort (eng maqbul) holat.Bunda oqimlar o‘zaro munosabatlarning eng maqbul sharoitiga mos keladi:
faoliyat va dam olish uchun eng maqbul sharoit yaratadi;
faoliyat maxsuldorligi va ish qobiliyatining ortishiga olib keladi;
kishi sog‘lig‘ining saqlanishi va yashash muhitining buzilmasligini kafolatlaydi. Yo’l qo’ysa bo’ladigan holat.Bunda oqimlar odamga va yashash muhitiga zararsiz ta‘sir qiladi, lekin odamning faoliyat samaradorligini pasaytiradi va yoqimsiz (diskomfort) sharoit vujudga keltiradi. O‘zaro munosabat shartlariga rioya qilinsa odamda va yashash muhitida nohush, qaytarib bo‘lmas jarayonlar vujudga kelmasligi kafolatlanadi;
Xavfli,oqimlar yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan chegaradan ortib ketgan va kishi sog‘ligiga salbiy ta‘sir qiladigan, muddatli ta‘sir qilganda kasallanishga va tabiiy muhitning salbiy o‘zgarishiga olib keladigan holat;
Favqulotda xavfli,oqimlar qisqa vaqt davomida odamni jarohatga, xatto o‘limga olib kelishi mumkin, tabiiy muhitning buzilishiga olib keladigan holat. Ushbu to‘rt, diqqatga sazovor o‘zaro munosabatlarning dastlabki ikkitasi (komfort va yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan) kundalik hayotiy faoliyatning ijobiy sharoitiga mos keladi, ikkitasi (xavfli va favqulotda 15 xavfli) kishi hayotiy faoliyatini, tabiiy muhitni saqlab qolish va rivojlanish jarayonlari uchun yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan salbiy holatlardir.
Yashash muhiti evolyusiyasi, texnosferaga o’tish Odamzot jamiyat taraqqiyotining barcha o‘timlarida yashash muhitiga ta‘sir qilib turadi. Bu taraqqiyotning ta‘siri ko‘plab asrlar davomida sezilarsiz darajada kam bo‘lgan bo‘lsa, XIX asrning yarmidan boshlab bu ta‘sir keskin orta bordi. XX asrda planetamiz tabiatida antropogen ta‘sirning salbiy oqibatlariga uchragan hududlar paydo bo‘ldi. Bu esa shu hududdagi tabiiy sharoitning qisman, ayrim xolatlarda to‘liq buzilishiga olib keldi. Bu o‘zgarishlarga olib kelgan sabablar quyidagilardir:
Yer aholisi sonining o‘sish darajasi yuqoriligi (demografik portlash) va uning urbanizasiyasi;
Energetik resurslar extiyojining ortishi va zahiralanishi;
Sanoat va qishloq xo‘jalik maxsulotlari ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi;
Transport vositalarining juda ko‘plab qo‘llanishi;
Harbiy maqsadlar va boshqa jarayonlar uchun harajatlarning ortishi. Demografik portlash.Tibbiyot fanining yutuqlari, yashash sharoitlarining yaxshilanishi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari xosildorligining oshirilishi odamlar hayotining uzayishiga sharoit yaratadi. Shu bilan birga qator hududlarda tug‘ilish yuqoriligicha davom etmoqda. Xozirgi kunda Yer aholisi soni jadallik bilan ko‘payib bormoqda. Bunday sharoitda (texnologiyaning hozirgi holatida) Yer aholisini oziq -ovqat va zaruriy narsalar bilan ta‘minlay olmaydi. Ma‘lum vaqtdan so‘ng Yerda ocharchilik, ommaviy kasallanish, yashash muhitining buzilishi boshlanadi va bu provard natijada aholi sonining kamayishiga va kishilik jamiyatining inqiroziga olib keladi.
Urbanizasiya.Demografik portlash jarayoni bilan birgalikda shahar aholisi sonining jadallik bilan ko‘payishi kuzatilyapti. Bir tomondan bu yaxshi, ko‘pgina sohalarda ishlab chiqarish unumdorligining ko‘payishiga, jamiyatning ijtimoiy va madaniy-maorif muammolarining yechilishiga olib keladi. Ikkinchi tomondan hayotiy sharoitlarning yomonlashuviga, tabiiy muhitning buzilishiga olib kelmoqda. Katta shahar va sanoat markazlariga xos bo‘lgan alomat yashash muhiti komponentlarining yuqori darajada ifloslanib ketganligidir. Masalan, 1sm3 shahar havosida 10 000 dona, kishloq havosida 1000 dona va dengiz ustidagi havoda 100 dona zarracha aniqlanganligi buning isbotidir. Energetika, sanoat va qishloq xo‟jalik ishlab chiqarishining ortishi, transport vositalarining ko‟payishi.Yerda aholi sonining ortishi va harbiy maqsadlar sanoat maxsulotlari ishlab chiqarishga, transport vositalari ko‘payishiga, energiya ishlab chiqarilishi va xomashyo resurslariga bo‘lgan talabning ortishiga turtki bo‘ldi. Moddiy va energetik resurslarga bo‘lgan talab, aholi sonining o‘sishiga nisbatan yuqori sur‘atda bo‘ladi, chunki kishi boshiga bo‘lgan talabning o‘rtacha qiymati muntazam ravishda ortib boradi. Yana bir tomoni shundaki, sanoatning va texnik vositalarning rivojlanishi, nafaqat atrof-muhitga ifloslovchi moddalar chiqishining ortishi bilan, balki, ishlab chiqarishga ko‘plab kimyoviy moddalar jalb qilinishi bilan ham harakterlanadi. Qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish, zararkunanda-larga karshi kurashish maqsadida ishlatiladigan kimyoviy moddalar tuproqning, sug‘orish natijasida chiqqan oqava suvlar tufayli suv havzalarining xolatiga salbiy ta‘sir qilib, undagi jonivorlarning kasallanishiga, qirilib ketishiga olib keladi. O‘simliklarni zararkunandalardan himoyalash maqsadida ishlatiladigan pestisidlar odamlarga ham katta xavf solmoqda. Har yili dunyo bo‘yicha pestisidlardan zaharlanib 10 ming odam, qushlar, xashoratlar, o‘rmonlar qirilib ketayotganligi aniqlangan. Ular oziq-ovqatlarga, ichimlik suvlarga tushadi. Barcha pestisidlar odamga va tirik mavjudotlarga nasliy (mutagen) salbiy ta‘sir qilishi ma‘lum. Texnogen avariya va falokatlar.
XX asrning o‘rtalariga qadar odamzod tabiatni buza oladigan darajadagi kuchli vositalarga ega emas edi. Yadroviy obyektlarning va zaharli kimyoviy moddalarning ko‘plab miqdorlarda bir joyda to‘planishi va ishlab chiqarilishining o‘sishi, odamning ekosistemaga katta zarar keltirish, xatto, ayrim hududlarda uni buzib yuborish imkoniga ega qildi. Insoniyatning aktiv texnogen faoliyati tufayli planetamizning ko‘pgina hududlarida biosferaga putur yetgan va yangi yashash muhiti turi - texnosferavujudga kelgan. 16 Texnosferani yarataborib, insoniyat o‘z yashash muhitini yaxshilashga, uning qulay bo‘lishiga, tabiatning nohush ta‘siridan saqlashga intildi. Bu albatta, uning yashash sharoitini yaxshiladi, qulaylashtirdi va boshqa omillar (tibbiy xizmatning yaxshilanishi va h.k.) bilan birgalikda umrining uzayishiga olib keldi.
Lekin, inson ongi va qo‘li bilan yaratgan texnosfera ko‘p xollarda odamlar umidini oqlamadi. Yaratilgan ishlab chiqarish va shahar muhiti xavfsizlik satxi bo‘yicha talab darajasidan ancha orqada. Texnosferaning paydo bo‘lishi, uning borgan sari kengayib borishi biosferani siqib chiqarmoqda, uning o‘rnini olmoqda. Bu esa planetamiz ekosistemasini buzilishiga olib kelmoqda. Ishlab chiqarish muhiti, uning tarkibiy elementlari bo‘lgan mehnat ashyolari, mehnat vositalari, mehnat maxsulotlari va boshqalardan tashkil topadi. Faoliyat – inson uchun foydali bo‘lgan, o‘zining yashash muhiti bilan faol (ongli) o‘zaro munosabatidir.
Faoliyatning ta‘siri o‘z ichiga maqsad, vosita, natija va faoliyat jarayonini qamrab oladi. Faoliyat formalari turli–tumandir. Insoniyatning hayotiy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, uning barcha faoliyat turi o‘zining hayotiga foydali bo‘lishi kerak, lekin shu bilan birga faoliyat nohush ta‘sir, katta zarar qilishi, jarohatlanishga, kasallanishga, ayrim hollarda mehnat qobiliyatini yo‘qotish yoki o‘limga olib kelishi mumkin. Insonga har qanday faoliyat zarar yetkazishi mumkin: ishlab chiqarishda (mehnat faoliyati), dam olishda, xattoki bilim olish bilan bog‘liq faoliyat ham. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, har qanday faoliyat yashirin (potensial) xavfli. Bu aksioma inson xavfsizligini ta‘minlash muammosining ilmiy asosini tashkil qiladi.
U xavfsizlik tizimini shakllantirishda kamida ikkita muhim hulosa chiqarishga asos bo‘ladi:
1) Absolyut xavfsiz faoliyat turini yaratish mumkin emasligi (masalan, butkul xavfsiz uskuna yoki texnologik jarayon yaratish mumkin emas).
2) Hyech qanday faoliyat inson uchun absolyut xavfsizlikni ta‘minlay olmaydi. Xavf – bu inson hayotiga va sog‘lig‘iga nohush ta‘sir ko‘rsatuvchi jarayon, voqyea, hodisa va vositalardir. Mehnat faoliyati jarayonida insonga nohush ta‘sir qiluvchi barcha xavflar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: fizik, kimyoviy, biologik va psixofiziologik (ijtimoiy).
Xavfli va zararli fizik omillar: mashina va mexanizmlarning harakatdagi qismlari, yuk ko‘tarish, tashish mexanizmlari, harakatdagi yuklar, uskunalarning himoyalanmagan harakatdagi elementlari, ishlov berilayotgan materiallardan otilib chiqayotgan zarrachalari, elektr toki, uskuna va materiallarning qizib ketgan yuzalari va h.k. Sog‘liq uchun zararli fizik omillarga ish joyidagi xavfning yuqori va past haroratlari, yuqori nisbiy namlik, havo harakati tezligi, yuqori darajadagi shovqin va titrash, ultratovush va turli issiqlik, ionlovchi, infraqizil va h.k. nurlanishlar, ish zonasidagi havoning changlanganligi, gazlanganligi, ish joylarining, yo‘l va yo‘laklarning yetarli bo‘lmagan yoritilganligi, yuqori darajadagi yorqinlik va yorug‘lik oqimining lipillashi va sh.o‘. omillar kiradi.
Kimyoviy xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini kishi organizmiga ta‘siri bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: umumiy zaharlovchi, qitiqlovchi, allergik ta‘sir qiluvchi, konserogen (turli o‘simtalar paydo qiluvchi), mutagen (kishining nasliga ta‘sir qiluvchi). Bu guruhga turli bug‘lar va gazlar: benzol va toluol bug‘lari, uglerod oksidi, oltingugurt angidridi, azot oksidi, qo‘rg‘oshin aerozollari va boshqalar. Bularga yana teriga tekkanda uni kimyoviy kuydiruvchi agressiv kislota va ishqorlar kiradi. Biologik xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari: insonga ta‘sir qilganda jarohat yoki kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar va h.k) va makroorganizmlar (hayvonlar va o‘simliklar).
Psixofiziologik xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari: fizik (statik va dinamik) va asabiy zo‘riqishlar (miya, quloq, ko‘z va boshqa a‘zolarning zo‘riqib ishlashi).
Inson faoliyati bilan bog‘liq xavflar ikki muhim sifatga ega:
1-ular yashirin xarakterga ega (xavf bo‘lishi mumkin, lekin zarar keltirmasligi mumkin) va 2-ta‘sir doirasi cheklangan bo‘ladi.
Tavakkal tushunchasi. Tavakkal – ma‘lum bir davrda insonning aniq bir faoliyati tufayli shakllangan xavflarni (o‘lim hodisalari soni, kasallanish soni, ishga yaroqsizlik(nogironlik) soni va h.k.) ma‘lum bir aholi (ishlovchilar) soniga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalikdir. Aniq bir xavf bo‘yicha tavakkalning qiymatini baxtsiz hodisalar, kasallanishlar va h.k.lar soni bo‘yicha turli vaqt birligi; smena, sutka, xafta, 17 oy, kvartal, yil bo‘yicha hisoblash mumkin. Tavakkal‖ hozirgi paytda ko‘proq ishlab chiqarishdagi nohush omillarning ta‘sirini baholashda ishlatilmoqda. Chunki tavakkal xavfning miqdoriy bahosi bo‘lib, undan korxonada mehnat muhofazasini, baxtsiz hodisalar va kasallanishlar tufayli ko‘rilgan iqtisodiy zararni baholashda hamda korxonada ijtimoiy siyosat sistemasini shakllantirishda foydalanish mumkin (badal va imtiyozlar bilan ta‘minlash). Ishlab chiqarishda jarohat va kasallanishlar noksosfera bilan gomosfera bir–biri bilan kesishgan holdagina bo‘lishi mumkin. Noksosfera – doimo xavf mavjud yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan zona. (Masalan, uskuna qobig‘ining ichki qismi).
Gomosfera – inson faoliyati zonasi (ish zonasi). Ishlab chiqarish sharoitida tavakkal ikki xil – shaxsiy va kollektiv turlarga bo‘linadi. Shaxsiy tavakkal aniq bir shaxs uchun ma‘lum faoliyat turi uchun xavfning amalga oshishi bilan xarakterlanadi. Hozirgi kunda bizda qo‘llanilayotgan ishlab chiqarish jarohatlarini tadqiq qilishni statistik usuli (chastota koeffisiyenti, og‘irlik koeffisiyenti) shaxsiy tavakkalning ifodalanishidir. Kollektiv tavakkal – ikki va undan ortiq kishini xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari tufayli jarohatlanishi yoki vafot etishidir. Xavfni baholashda tavakkal usulini qo‘llash mutaxassislarning fikricha, faqatgina bir korxona yoki bir tarmoq ichidagi korxonalarni taqqoslash, balki turli iqtisodiy tarmoqlarni va ish turlarini taqqoslash, ijtimoiy afzalliklarini isbotlab berish imkonini ham beradi. Bu esa barcha sohalarda ishlab chiqarish jarohatlarini va kasbiy kasalliklarni kamayishiga, mehnat sharoilarining yaxshilanishiga pirovard natijada jamiyatni sog‘lomlashtirishga olib keladi.

To‘qimachilik sanoatida texnologik jarayonlarning jadallashishi, mashina qismlarining ish tezliklari, mashina va dastgohlarning ish unumdorligining oshishi, ularning xavfsizligini oshishini ham taqozo qiladi.
Mashina va dastgohlarning xavfsizligini ta‘minlash ularni loyihalash jarayonidan boshlab amalga oshiriladi. Birorta yangi mashina yoki dastgoh xavfsizligi ta‘minlanmagan bo‘lsa, foydalanishga ruxsat berilmaydi. Amaldagi Davlat standarti uskunalarning xavfsizlik ish prinsipi, konstruksiyasining xavfsiz sxemasini tanlash, ularning konstruksiyasida mexanizasiya, avtomatlashtirish, masofadan (distansion) boshqarish vositalarini qo‘llash, ergonomik talablarni bajarish, xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi tadbirlar, ularni o‘rnatish, foydalanish, sozlash, saqlash va transportirovkalash texnik hujjatlarga kiritilishini talab qiladi.
Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri, ishchilarga xavfsiz ish sharoitini yaratib berishdan iboratdir. Xavfsiz ish sharoiti, ya‘ni, mehnat xavfsizligi-bu ishlab chiqarish sharoitida ishchilarga barcha xavfli va zararli omillar ta‘siri bartaraf etilgan mehnat sharoiti holatidir. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar ishlab chiqarish sharoitida ko’pgina fizik va kimyoviy omillar ta‘sirida yuz beradi. Bunday xavfli omillarni yuzaga kelishi texnologik jarayonning xarakteriga, ish jihozlarining konstruksiyasiga, mehnatni tashkillashtirish darajasiga va shu kabi bir qancha omillarga bog’liq bo’ladi. Xavfli omillar yuzaga kelish xarakteriga bog’liq holda real va yashirin bo’lishi mumkin.
Real xavf aniq, ko’zga ko’rinarli tashqi belgilari bilan xarakterlanadi. Masalan, mashinaning harakatlanuvchi qismi, ko’tarilgan yuk va b.
Yashirin xavf mashina, mexanizmlar va ish jihozlarida yashirin nuqsonlar, nosozliklar bo’lishi bilan xarakterlanib, ma‘lum bir sharoitda xavfli holatga, avariyaga olib keladi. Yashirin xavflarga ish joyining tartibsizligi, iflosligi, xavfsizlik talablariga javob bermasligi, ish jihozlari va moslamalardan noo’rin, ya‘ni boshqa maqsadlarda foydalanish, uzilgan elektr simlari, ishchining xato va noto’g’ri harakati kabilar ham kiradi .
Ishlab chiqarishda jarohatlanishlarni oldini olish - bu murakkab kompleks muammo hisoblanib, birinchi navbatda mashina va mexanizmlarni loyihalash bosqichida xavfsizlik talablariga katta etibor berishni talab etadi. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq fuqarolarni jumladan ishchi va xizmatchilarni bu masalalarga, hamda ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini yuksaltirishga, mehnat sharoitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari darajasidagi asosini yaratishga katta e‘tibor qaratib kelinmoqda.
Mehnat xavfsizligi - bu shunday mehnat sharoitiki, bunday ishlab chiqarishda ishchilarga zararli va xavfli omillarning ta‘sirini butunlay oldi olingan bo’ladi. Ishlab chiqarish sharoitida odamlar ishlab chiqarishning fizik va kimyoviy omillaridan jarohatlanadi.
Texnika xavfsizligi - ishlovchilarga ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, uning oldini oladigan tashkiliy chora-tadbirlar va texnika vositalari tizimi. Mehnat muhofazasi bo’yicha muhim me‘yoriy hujjatlardan biri ―Mehnat xavfsizligi standartlar tizimidir (MXST).
MXST - bu, mehnat jarayonida insonning sog’lig’ini va ish qobiliyatini saqlashga, xavfsizligini ta‘minlashga yo‗naltirilgan talablar, me‘yorlar va qoidalarni o’z ichiga olgan o’zaro bog’liq standartlar majmuasidir.
U 5 turga bo’linadi.
1. Tashkiliy - uslubiy standartlar.
2. Ishlab chiqarishdagi zararli, xavfli birliklarga talab va normalar standartlari.
3. Ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablari standartlari.
4. Ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligi talablari standartlari.
5. Ishchilarning himoya vositalariga bo’lgan talablari davlat standartlari.
Davlat standartlarida quyidagi signal ranglarini va vazifalarini belgilaydi:
1. Qizil - «man etish», «stop», «yaqqol xavflilik»;
2. Sariq - «diqqat» «mumkin bo’lgan xavf to’g’risida ogohlantirish»;
3. Yashil - «xavfsiz», «ruxsat etiladi», «yo’l ochiq»;
4. Ko’k - «informasiya».
Davlat standartlaridan tashqari texnika xavfsizligi bo’yicha bir necha me‘yoriy hujjatlar mavjud.
Hususan:
1. ―Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida‖ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 286-sonli qarori (06.06.1997 yil).
2. ―Mehnat sharoitlari bo’yicha ish joylarini baholash ishlarini o’tkazish tartibi haqida‖ O’zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligining 2/18- sonli qarori (25.02.1993 yil). Shuningdek, barcha iqtisodiyot tarmoqlari va ob‘ektlarida faoliyat yo’nalishidan kelib chiqqan holda mehnat muhofazasi bo’yicha nizom va yo’riqnomalar ishlab chiqiladi va tegishli buyruqlar bilan tasdiqlanadi. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo’yicha me‘yoriy qoidalarga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi.
Har bir tarmoq o’z texnik inspektoriga ega. Mehnat xavfsizligining asosiy masalalaridan biri ishlovchilarning xavfsizligini taminlash hisoblanadi. Hozirgi zamon halq xojalik ob‘ektlarida turli-tuman mashina-mexanizmlar, dastgohlar, kotarish kranlari, ish bajarish konveerlari va boshqa qurilmalar mavjudki, bularning hammasi bu erda ishlayotganlar uchun ma‘lum xavf tug’dirishi, agar extiyot chora-tadbirlarini belgilab qo’yilmasa, baxtsiz hodisalar sodir bo‗lishi mumkin. Ish bajarish sharoitlari ham bir xil emas, masalan, metallarni qirqishda ishlatiladigan dastgohlarni ishlatganda sovituvchi suyuqliklardan foydalaniladi, ularning kesish issiqligi ta‘sirida bug’lanishi havo muhitining ifloslanishiga, shuningdek, havo namligining oshib ketishiga olib keladi.
Demak, sexda ishlayotgan har bir dastgoh baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkinligidan tashqari yana havo muhitini ifloslantiruvchi vosita sifatida qaralishini taqozo etadi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ish sharoitini yaxshilash va baxtsiz hodisalarni kamaytirishning asosiy yo’llaridan biri ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanishdir.
Mexanizatsiyalashtirish ishchilarni og’ir jismoniy mehnatdan qutqaradi, bu esa o’z navbatida ish joylaridagi ishchilar sonini qisqartirish va baxtsiz hodisalarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Ishchi uchun eng xavfli ish jarayonlarini, masalan, temirchilikda bolg’alash, presslash ishlari va boshqalarni mexanizatsiyalashtirish yaxshi natija beradi.
Zamonaviy texnologiyalarda ko’pgina ishchi uchun noqulay va zararli moddalar ajralish jarayoni kuchli bo’lgan ishlar, masalan, eritilgan metallarni har xil qoliplarga quyish, engil va yuk avtomashinalari kuzov va kabinalarini elektr payvandlash ishlari, ularni moysizlantirib, bo’yashga tayyorlash ishlari, bo’yash va muhofaza qoplamalari bilan qoplash, detallarga issiqlik bilan ishlov berish, shtampovka, presslash va boshqa ishlarni bajarishda avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanish muhim rol o’ynaydi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarning ancha katta tezlikda harakat qilishi, ularning ishlash maydoni kengligi va ish turlarining xilma-xilligi, ular ishining xavfli tomonlarini belgilaydi. Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishda va ularni ishlatishda vujudga keladigan barcha xavfli vaziyatlarni hisobga olish va xavfsizlikni ta‘minlash vositalari bilan jihozlash talab etiladi.
Mashina va mexanizmlar xavfsizligini ta‘minlash uchun uni loyihalashda qanday ish bajarishini hisobga olgan holda ish bajaruvchi qismlarini joylashtirishni ixcham usullarini topish, unga shakl berish va muhofaza qilish qurilmalarini joylashtirish bilan birga olib boriladi.
Mashinaga o’rnatilgan muhofaza vositalari uning asosiy qismi bilan uyg’unlashib ketishi kerak. Shuni hisobga olish kerakki, muhofaza vositalari iloji boricha ko’proq masalalarni echishga xizmat qilsin.
Mashina va mexanizmlarning puxta ishlashini ta‘minlashdagi asosiy omillaridan biri, ularning holatini nazorat qiluvchi asbob-uskunalar va avtomatik boshqarish, hamda muvofiqlashtirish qurilmalari bilan jihozlashdir. Ishlab chiqarish jarayonlariga xavfsizlik talablari. Texnologik jarayonlarni tashkil etishni va bajarishni loyihalashda davlat standarti quyidagilarni hisobga olishni talab etadi:
- xavfli va zararli ishlab chiqarish chiqindilari, materiallari bilan ishchilarni bevosita kontaktli aloqada bo’lishini oldini olish;
- xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud bo’lganda kompleks avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishni joriy etish;
- ishchilar xavfsizligini ta‘minlovchi va avariya holatida ishlab chiqarish uskunalarini o’chirish nazorati tizimini o’rnatish;
- xavfli va zararli ishlab chiqarish chiqindilarini ish joylaridan chiqarish va uni zararsizlantirish.
Texnologik jarayonlarga xavfsizlik talablari esa texnologik hujjatlarda bayon etilishi kerak. Ishlab chiqarish binosini tanlashda uni sanitar normalarga mosligini, yong’in va portlash xavfi bo’yicha uning kategoriyalarini, hamda elektr tokidan jarohatlanish xavfi va boshqalarni aniqlash muhim hisoblanadi.
Ishlab chiqarish uskunalariga umumiy xavfsizlik talablari.
Ishlab chiqarish uskunalariga, mashina va mexanizmlarga mehnat sharoiti va ularning elementlari, uskunalar konstruksiyalarini hisobga olgan holda, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavfli va zararli omillar manbaini aniqlangandan so’ng xavfsizlik talablari belgilanadi. Mehnatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan uskunalarga qo’yilgan asosiy talablarga odamlar sog’lig’i va hayoti uchun xavfsizlik hamda ularni ishlatishda ishonchlilik va qulayliklar kiradi.
Ishlab chiqarish uskunalarini ishlatishda mikroiqlimning o’zgarishi, atmosfera holatlarining ta‘siri inson organizmiga xavf solmasligi, yong’in va portlashdan xavfsiz bo’lishi, ular konstruksiyasida qo’llaniladigan materiallar zararli va xavfli bo’lmasligi, ularning harakatlanadigan qismlari xavfsiz qilib to’silgan bo’lishi kerak.
Uskunalarning avariya sodir bo’lganda o’chirishi lozim bo’lgan moslamalari, dastalari ko’rinadigan va qulay joyda joylashtirilishi hamda qizil rangga bo’yalishi talab etiladi.
Mashina va mexanizmlarning inson hayotiga va sog’lig’iga xavf tug’diradigan holatlarni vujudga keltiradigan joylari xavfli zona deb ataladi. Xavfli zonada asosan mashina va mexanizmlarning ochiq holda aylanadigan va harakatlanadigan qismlari mujassamlanadi.
Shuningdek, xavfli zonalar qatoriga mashina va mexanizmlarda ishlaganda elektr tokidan zararlanish, issiqlik, elektromagnit, ionlashgan nurlar, shovqnin, titrash, ultratovush, zaharli gaz va bug’lar ta‘siriga tushib qolish ham kiradi.
Xavfli zonalar doimiy, harakatlanuvchan va vaqti-vaqti bilan paydo bo’ladigan turlarga bo’linadi.
Doimiy xavfli zonaga qayishli, zanjirli va tishli uzatmalar, dastgohlarning qirqish zonalari va harakatlanuvchi valiklar, harakatlanuvchan xavfli zonaga potok liniyalari, konveerlar, qirqish joyi o’zgarib turadigan agregat dastgohlari va boshqalar, vaqti-vaqti bilan paydo bo’ladigan xavfli zonalarga yuk ko’tarish kranlari, kran balkalar va boshqalar kiradi.
Oxirgi ko’rsatilgan qurilmalar sex bo’ylab ish joylarini doimiy o’zgartirib turadi va qaerda ish bajarayotgan bo’lsa, shu erda xavfli zona vujudga keladi. Mehnat xavfsizligini ta’minlovchi texnik vositalar.
Ishlab chiqarishda xavfsizlikni taminlash asosan qo‘yidagi tadbirlar erdamida amalga oshiriladi:
a) texnikalarni xavfsizlik talablari asosida loyihalash va tayyorlash;
b) xavfdan himoyalanishning injener-texnik vositalaridan foydalanish;
v) xavfsiz texnologik jarayonlarni tadbik etish;
g) ishchilarni xavfsizlik texnikasi bo’yicha malakali o’qitish;
d) xavfsiz ish joyi va ish sharoitini tashkillashtirish.
Yuqorida takidlangan tadbirlar amalda komleks holda kullanilgandagina ijobiy natijalarga to’liqrok erishiladi. Vaxolanki, ushbu tadbirlarni ishlab chiqish, birinchi navbatda xavfning to’rini, uning kelib chiqish sabablarini o’rganishni talab etadi.
Xavfning turi va kelib chiqish sabablariga bog’liq holda xavfli omillardan himoyalanish usullari ikki xil - aktiv va passiv turlarga bo‗linadi.
Aktiv himoya xavfli omillarni hosil bo’lishini eki uning tasir darajasini kamaytirishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Passiv himoya xavfli omillarni insonga tasirini bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmuidan iborat bo’lib, u ishni tashkil etish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, xavfsizlikni taminlovchi texnik vositalardan foydalanish yullari orqali amalga oshiriladi.
Xalq xo’jalik ob‘ektlarida qo’llaniladigan hamma muhofaza vositalari asosida to’siq qurilmalari, tormozlash qurilmalari, blokirovka qurilmalari, saqlash qurilmalari va shuningdek, mashina va mexanizmlarni masofadan turib boshqarish vositalariga bo’lish mumkin. To‘siq qurilmalari o’zining oddiyligi va ishonchliligi bilan mashina, mexanizmlarda, uskunalarda xavfli zonalarni izolyasiya qilishda juda keng qo’llaniladi.
To’siq qurilmalari inson bilan xavfli omillar orasida devor bo’lib, insonni qanday harakat qilishidan qat‘iy nazar uni xavfdan ishonchli himoya qiladi.
To’siqlar shu bilan birga insonga har xil metall uchqunlarini, qipiqlarini, detallar va jihozlar qismlarini otilishidan himoya qiladi. To’siq qurilmalari konstruktiv formalarini va belgilanishini har xilligi bilan farqlanadi. Ular doimiy va vaqtinchalik bo’lishi mumkin.
Doimiy to’siqlar mashinalarni uzatish mexanizmlari va boshqalarini ajralmas qismi sifatida xizmat qiladi. Masalan, uzatmalar qutisi, tishlashish muftasi va tormoz qurilmalarining korpuslari doimiy to’siqlar tarkibiga kiradi.
Doimiy to’siq qurilmalar qo‘zg‘aluvchan yoki qo‘zg‘almas ko’rinishlarda tayyorlanadi.
Qo’zg’almas to’siqlar mexanizmlar ishlaganda, ularning xavfli zonalarini ishonchli himoya qiladi. Qo’zg’almas to’siqlar ish vaqtida ishchini xavfli omillardan ishonchli himoya qiladi, ular faqatgina mashinani tamirlash yoki unga texnik xizmat ko’rsatish vaqtlaridagina, yani mashina ishlamayotgan, xavf yo’q bo’lgan vaqtlardagina echib olinishi mumkin. Bunday to’siqlar o’rnatilgan mashina va mexanizmlarda texnologik jarayon borishini ko’zatish mumkin emasligi asosiy kamchilik hisoblanadi.
Qo’zg’aluvchan to’siqlarni esa qo’shimcha jarayonlarni, jumladan, ish asboblarini almashtirish, ishlov beriladigan buyumni o’lchash, rostlash ishlarini bajarishda engil echib olish yoki boshqa tomonga surib kuyish mumkin bo’ladi.
Vaqtinchalik to’siqlar asosan nostatsionar ishlarni bajarishda ishlatiladi. Qo’zg’aluvchan to’siqlarga kuchma to’siqlar, pardalar va ekranlarni misol qilish mumkin.
Bunday to’siqlarga elektr payvandchining ish joyi to’siqlari, kuduklar, uralar, chuqurliklar oldiga o’rnatilgan to’siqlar misol bo’lishi mumkin.
To’siqlarning konstruksiyasi va materiali u o’rnatiladigan mexanizmning konstruktiv xususiyatlari hamda texnologik jarayon talablariga bog’liq holda tanlanadi.
Ular kuyma eki payvand kojuxlar, panjaralar va temir karkasli tur shaklida bo’lishi mumkin.
Texnologik jarayon borishini ko’zatish talab etilmaydigan xavfli zonalarga o’rnatiluvchi to’siqlar metalldan, plastmassadan eki egochdan tayyorlanadi.
Agar texnologik jarayon talabi bo’yicha xavfli zonada bajariladigan ishni doimiy kuz bilan kuzatish talab etilsa, u holda u erga o’rnatiladigan to’siqlar panjarasimon, tursimon shaklda eki shaffof materiallardan (organik oyna,tripleks, pleksiglas va b.) tayyorlanadi.
Tormozlash qurilmasi harakatlanayotgan mashinalarni, uskunalar qismlarini, ko’tarilayotgan yoki tushirilayotgan yuklarni tezda to’xtatish uchun qo’llaniladi.
Ayrim mashinalarning ishchi organlari katta massa va chastotali aylanishga ega bo’ladi hamda ular o’z inersiyasi bilan uzoq vaqt aylanishi mumkin. Bu esa o’z navbatida ularga xizmat ko’rsatayotgan ishchilarga xavf tug’diradi. Shuning uchun ular harakatlanadigan mashinalar eki ularning qismlarini tez tuxtatish, yurish tezligini sekinlatish, bir joyda qo’zg’almay turishini taminlash hamda ko’tarilgan yuklarni uz xolicha tushib ketishini oldini olish maqsadida ishlatiladi.
Ko’pgina mashina va mexanizmlarning ishchi azolari katta massaga va Yuqori aylanish tezligiga egaligi sababli, uz enersiyasi hisobiga uzoq vaqt aylanishi va bu ishchilar uchun katta xavf keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, ishchining jarohatlanish xavfi darajasi birinchi navbatda tormoz qurilmalarining ishga tushish vaqtiga bog’liq bo’ladi.
Odatda, tormoz qurilmalari gildiraklarga eki uzatmalar kutisining etaklanuvchi valiga o’rnatilgan bo’ladi. G‘ildiraklarga o’rnatilganda ular g’ildirak tormozi deb, valga o’rnatilganda esa markaziy tormoz deb ataladi.
Tormoz qurilmalari tormoz mexanizmi va tormoz yuritmalaridan iborat bo’ladi.
Tormoz mexanizmlarini gidravlik, pnevmatik eki mexanik yuritmalar harakatga keltiradi. Avtomobillardan foydalanilganda tormozlar yaxshi ishlashi uchun tormoz pedalining erkin yuli va tormoz kolodkalari bilan tormoz barabani orasidagi zazorlar rostlanadi. Masofadan boshqarish. Texnologik jarayonlarni masofadan boshqarish mehnat xavfsizligi uchun katta ahamiyatga ega, chunki bunda ishchining bevosita xavfli zonada bo’lmasligi ta‘minlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonining yaqinida insonni bo’lishi qiyin yoki mumkin bo’lmaganda jarayonni masofadan boshqarish usuli qo’llaniladi. Bunda uskunalarga xizmat qiluvchi ishchining (operator) xavfli zonadan etarlicha masofaga uzoqda bo’lishi ta‘minlanadi.
Masofadan boshqarish zamonaviy chorvachilik komplekslarida, oson alangalanadigan yoki zaharli moddalar bilan ishlaganda, bug’li quritgichlarda, mevalarni quritish uskunalarida, idishlarni bug’lashda va boshqa joylarda qo’llaniladi. Masofadan boshqarishning mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektron va kombinatsiyalashgan tizimlari mavjud. Mexanik boshqarish uskunalar boshqarish pultidan uncha uzoq bo’lmagan masofada joylashganda qo’llaniladi.
Agar boshqarish etarlicha uzoqlikdan amalga oshirilishi kerak bo’lsa boshqarishning boshqa tizimlaridan foydalaniladi. 50 Blokirovkalash qurilmalari.
Mashina va mexanizmlarni o’ta xavfli zonalarida xavfsizlikni oshirish maqsadida to’siqlar bilan birgalikda blokirovkalash qurilmalaridan ham foydalaniladi.
Blokirovka - bu mashinalar qismini muayyan holatda ushlab turuvchi vositalar va uslublar majmui hisoblanadi. Mashinalarning aylanuvchi yoxud boshqa xavfli zonalardagi himoya to’siqlari ma‘lum sabablarga ko’ra yechilib so’ngra e‘tiborsizlik tufayli o’z joyiga o’rnatilmay qolishi ularni ishlash vaqtida ma‘lum xavfli zonalarini keltirib chiqarish mumkin.
Blokirovka qurilmalari ana shunday salbiy holatlarini oldini olish maqsadida ishlatiladi va har xil mashina va mexanizmlardan foydalanishda xavfsizlikni oshiradi.
Masalan, har qanday mashina yoki traktorni o’t oldirishdan oldin uzatmalar kutisi ajratilgan holda bo’lishi shart, aks holda turli ko’rinishdagi baxtsiz hodisalar sodir bo’lishi mumkin yoki, mashina va mexanizmlar korpusining himoya kojuxi o’rnatiladigan joyiga maxsus kontaktlar o’rnatilib himoya kojuxi echib olinganda kontaktlar elektr ta‘minotini uzadi, natijada mashina boshqarish pulti orqali qo’shilganda mashina yoki mexanizm ishga tushmaydi.
Himoya kojuxi joyiga qayta o’rnatilganda kontakt qo’shiladi va elektr ta‘minoti ulanadi.
Signalizatsiyava xavfsizlik belgilari tizimi. Xozirgi barcha zamonaviy texnikalarda xavf to’g’risida xabar berish va xavfli vaziyatni oldini olish maqsadida signal qurilmalaridan keng foydalaniladi. Signal qurilmalari vazifasiga kura ogohlantiruvchi, avariyaga oid, tekshirish (kontrol) va bog’lanuvchi bo’ladi. Ishlash tamoyiliga ko’ra esa yorug’lik signali, tovush signali rang va belgi signallariga bo’llinadi.
Yorug’lik signallari zamonaviy texnikalar va avtomobillarda juda keng qo’llaniladi.
Bularga transport vositalaridagi yorug’lik signalli asboblar, gabarit chiroqlar, to’xtash signallari (―Stop-signal‖), burilish ko’rsatkichlari, elektr qurilmalari, avtomat va yarim avtomat qurilmalaridagi yorug’lik signallari misol bo’la oladi. Ko’pincha, yorug’lik signallari mashina va mexanizmlarning shovqnin darajasi 60-70 Db.dan Yuqori bo’lgan holatlarda tovush signallari o’rniga ishlatiladi. Rang va belgi signallari xavf to’g’risida malumot berish maqsadida foydalaniladi.
Masalan, belgilangan standartlarga muvofiq qizil rang - Taqiqlovchi‖, ‖To’xta‖, ―Aniq xavf‖; sariq rang - ―Diqqat‖, ‖Xavf to’g’risida ogohlantirish‖; yashil rang - Xavfsiz‖, ‖Ruxsat‖, ‖Yo’l ochiq‖; Ko'k rang - malumot‖ manolarini bildiradi.
Xavfsizlik belgilari standart bo’yicha to’rt guruhga ajratiladi - taqiqlovchi, ogohlantiruvchi, ko’rsatuvchi va buyuruvchi. Har bir guruhdagi belgilar uchun standart asosida shakl, rang va belgi o’lchamlari o’rnatilgan hamda ularni joylashtirish joylari tavsiya etilgan.
Taqiqlovchi belgilar biror bir harakatni taqiqlash yoki cheklash uchun ishlatiladi. Masalan, chiqishni taqiqlash, yo’ldan kesib o’tishni taqiqlash, ochiq olovdan foydalanishni taqiqlash, transport harakatini taqiqlash va h.k.
Ogohlantiruvchi belgilar xavf bo’lish extimoli to’g’risida malumot beradi.
Masalan, portlash xavfi, yong’in xavfi, elektr toki xavfi, biror predmet tushib ketish xavfi va b.
Buyuruvchi belgilar aniq talablar asosida biror harakatni amalga oshirishga ruxsat etishni ko’rsatadi.
Ko’rsatuvchi belgilar turli xil obektlar joyini, manzilini ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Ushbu belgilar malum shaklga, rangga va o’lchamga ega bo’lib, ular GOST 12.4.026-76 da ko‗rsatilgandir.
Masalan, taqiqlovchi belgilar yumoloq shaklda, ogohlantiruvchi belgilar uchburchak shaklda, buyuruvchi belgilar kvadrat va ko’rsatuvchi belgilar to’g’ri to’rtburchak shaklida tayyorlanadi. Ishlab chiqarish sharoitida xafsizlikni taminlashda Yuqorida keltirilgan texnik vositalardan tashqari ish joylari va jihozlar oraliklari o’lchamlarini meyorlashtirish ham muhim rol o’ynaydi.
Bundan tashqari mashina va mexanizmlardan foydalanish xavfsizligini va qulayligini oshirish maqsadida masofadan boshqarish (―distansion‖) qurilmalaridan ham keng foydalaniladi.
Ular ishlash tamoyiliga ko’ra mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektrik va kombinatsiyalashgan turlarga bo’linadi.
Saqlash qurilmalarining asosiy vazifasi ish joylarida nazorat qilinishi talab etiladigan ko’rsatkichlar (kuch miqdori, bosim, harorat, siljish va boshqalar) ruxsat etilgan miqdoridan oshgan taqdirda, mashina yoki mexanizmni ishdan avtomatik ravishda to’xtatishdan iborat. Shu sababli saqlash qurilmalarining konstruksiyalari mashinalar va texnologik jarayonlarning xususiyatlariga bog’liq holda turlicha bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqarishdagi xavfli omillardan saqlash qurilmalari 4 guruhga bo‗linadi: 1. Mexanik zo’riqishlardan saqlovchi.
2. Mashinalar qismlarining belgilangan chegarada harakatlanishini ta‘minlovchi.
3. Bosim va haroratni ro‗xsat etilgan me‘yorlardan oshmaslgini ta‘minlovchi.
4. Elektr toki kuchini ro‗xsat etilgan me‘yordan oshmasligini ta‘minlovchi.
Birinchi guruhdagi saqlash qurilmalariga muftalar, ko’tarishni cheklovchi moslamalar, uziluvchi shtiftlar va shpilkalar, aylanishlar sonini rostlagichlar kiradi.
Ikkinchi guruh saqlash qurilmalariga mashina mexanizmlarining harakatlanuvchi qismlarini belgilangan chegarada harakatlanishini ta‘minlovchi moslamalar, ajratkichlar, tayanch to’xtatkichlar kiradi.
Uchinchi guruh saqlash qurilmalariga bosim ostidagi bug’, gaz yoki suyuqliklar bilan ishlovchi mexanizmlarida saqlash klapanlari va membranalar misol bo’la oladi. Barcha bug’qozonlari, gidravlik va pnevmatik tizimlar, bosim belgilangan normadan oshib ketganda avtomatik ravishda ishga tushuvchi klapanlar bilan jihozlanadi.
Saqlash klapanlaridan foydalanish yetarli bo’lmagan sharoitlarda membranalardan foydalaniladi. Membranalar yupqa metall plastinkalardan tayyorlanadi va bosim belgilangan miqdordan oshib ketganda plastinka yorilib, ortiqcha bosim atmosferaga chiqarilib yuboriladi. Shu sababli membrana plastinkasining qalinligi tizimdagi bosimga mos holda tanlanadi.
Mashina va mexanizmlarining normal va rejimda elektr kuchlanishida bo‗lishi talab etilmaydigan qismlarida elektr tokining yuzaga kelishi turli xil baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaradi. Bunday xavfli vaziyatlardan hamda elektr toki kuchining belgilandan miqdordan oshib ketishini oldini olish uchun eruvchi saqlagichlar ishlatiladi. Bunday saqlagichlar elektr toki me‘yoriy miqdoridan oshib ketganda erib uziladi va tok ta‘minotini to‗xtatadi.
O’ta xavfli elektr qurilmalarida avtomatik ajratkichlardan foydalaniladi. Ko’pgina mashina va mexanizmlarda xavfsizlikning texnik vositalari kompleks holda ishlatilsada, xavfsizlik to’liq ta‘minlanmaydi.
Chunki, ko’pgina baxtsiz hodisalar ishchining e‘tiborsizligi yoki xavfsizlik qoidalariga amal qilmasligi sababli kelib chiqadi.

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYALARI INSTITUTI

“Mahsulot sifati va gigiyenasi” fanidan



MUSTAQIL ISHI

MAVZU: “Nooziq-ovqat mahsulotlasi mexanik xavfsizligi.”

BAJARDI: F. Yunusova.
TEKSHIRDI: D. Xasanova.

Toshkent-2023













Download 176.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling