Personalni rag’batlantirish
Reja:
1. Personalning mehnatga qiziqishini oshirish
2. Personalni moddiy rag’batlantirish
3. Personal mehnatiga haq to’lash. Mehnatga haq to’lashni tashkil etish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Personalning mehnatga qiziqishini oshirish
Korxona maqsadiga erishish - ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikni ta'minlash personal o’z xizmat
vazifasini
sidqididdan, tashabbuskorlik ko’rsatib bajarishiga bog’liq. Buning uchun xodimlar o’z ishlariga chinakamiga
qiziqishlari kerak.
Qiziqish (motiv) - bu insonni muayyan faoliyatga undovchi ichki va tashqi harakatlantiruvchi kuchlardir. Kiziqish
insonga uning ehtiyojlarini qondirish uchun nima qilish va buni qanday qilish kerakligini belgilaydi.
Qiziqish jarayonini to’rt bosqichga bo’lish mumkin:
1.
Ehtiyojning paydo bo’lishi.
1.
Ehtiyojni qondirish yo’llarini izlash.
2.
Ehtiyojni qondirish uchun faoliyatga kirishish.
3.
Ehtiyojning
qondirilishi, moddiy yoki ma'naviy rag’batlantirishga ega bo’lish.
Ehtiyoj - insonning
hayot kechirishi, shaxs va ijtimoiy guruhni rivojlantirish uchun ob'ektiv zarur narsalar.
Biologik
va ijtimoiy ehtiyoj bir-biridan farq qiladi.