Norboyev Anvarning "Personalni boshqarish"


Download 98.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana18.11.2023
Hajmi98.15 Kb.
#1785807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Personalni rag’batlantirish 4- topshiriq

Biologik ehtiyoj - suv, havo, oziq-ovqatga, hayot kechirish uchun zarur boshqa narsalar - uy-joy, kiyim-kechak, 
ro’zg’or buyumlari, shuningdek, avlodni davom ettirishga ehtiyoj.
Ijtimoiy ehtiyoj - millat, ijtimoiy guruhga mansublikka, o’z shaxsini, erishgan muvaffaqiyatlarini rivojlantirish, o’z 
qobiliyatini namoyon etish, boshqalartomonidan o’sish qobiliyatlari e'tirof etilishiga ehtiyojdir.
Personal ehtiyojlarini qondirish hisobiga mehnatga qiziqtirishda inson, shaxs eng asosiy masaladir. Zamonaviy 
menejmentda inson - boshqaruvning bosh sub'ektidir. Ushbu yondashuvga muvofiq inson korxona uchun emas, 
balki korxona inson uchun zarurdir. Personalni boshqarish strategiyasi, tuzilmasi va jarayoni xuddi ana shu xodimlar 
shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishga asoslanadi. Inson ko’pgina fanlar (falsafa, sotsiologiya, psixologiya, tibbiyot, 
pedagogika, tarix va boshqalar) tadqiqining ob'ekti hisoblanadi. Personalni boshqarish nazariyasida inson 
birtomondan, ijtimoiy guruhning eng muhim yadrosi, ikkinchi tomondan esa boshqaruv jarayonining 
harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi tadqiq ob'ektidir.
Shaxs - individga jamiyat a'zosi sifatida tavsif beruvchi ijtimoiy muhim xususiyatlarning barqaror tizimidir.
Ayni paytda shaxs bilan birga insoniyat avlodiga mansub alohida vakil - individ hamda ushbu individni boshqalardan 
farqchovchi xususiyatlar yig’indisi - individuallik tushunchalari ham mavjuddir.
Qiziqtirish (motivatsiya) tushunchasi fanda bir necha ma'noga ega. Boshqaruv nazariyasida bu o’zini va boshqalarni 
korxona maqsadiga erishishga qaratilgan muayyan faoliyatga qiziqtirish jarayonidir.
Psixologik nuqtai nazardan esa qiziqish xodim sub'ektiv faoliyati jarayoni, deb tushuniladi.
Qiziqtirishning boshqaruvdagi hamda shaxsiy-psixologik mazmuni o’zaro bog’liqligi personalni boshqarishda 
texnika tizimlarini boshqarishdan farqli o’laroq, boshqaruv ob'ekti va sub'ekti maqsadlarining muvofiqlashtirilishi 
bilan belgilanadi. Bunday muvofiqlashtirish turlicha tarzda amalga oshirilishi mumkin. Lekin bu jarayonda albatta 
ikki tomon - ob'ekt ham, sub'ekt ham ishtirok etadi. Buning natijasida esa boshqaruv ob'ektining muayyan mehnat 
faoliyati, pirovard natijada bu faoliyatning muayyan natijasi bo’ladi.
Qiziqtirish jarayoni negizida qiziqishning moddiy, ijti-moiy-psixologik, ma'naviy, ijodiy va boshqa omillari yotadi. 
10.2-rasmda menejerlar o’rtasida o’tkazilgan so’rovda yaxshi mehnat qilishga nima qiziqtirishi to’g’risidagi 


ma'lumotlar keltirilgan.
Qiziqtirish nazariyalarini ikki guruhga ajratish mumkin:
• 
mohiyat bo’yicha qiziqtirish nazariyasi;
• 
jarayon bo’yicha qiziqtirish nazariyasi.

Download 98.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling