Nordic international university X alqaro nordik universiteti


Xulosa: SHunday qilib, xulosa


Download 42.37 Kb.
bet2/2
Sana09.06.2023
Hajmi42.37 Kb.
#1472090
1   2
Bog'liq
Oilada iqtisodiy tarbiya ESSE

Xulosa:
SHunday qilib, xulosa qilganda Oila siyosati – bu davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoattashkilotlari, NNT larining shaxs va jamiyat manfaatiga mos keladigan oila debatalmish er-xotin va ularning ikki va undan ortiq farzandlaridan iborat ijtimoiytuzilmani har tomonlama qo`llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratilgan faoliyatidir. Bu oilaviy turmush tarzini barqarorlashtirish, har bir insonning o`zoilasi va shajarasi bo`lishi istagini ro`yobga chiqarish uchun aholini qo`llab-quvvatlash siyosatidir. Uning tom ma’nosi shundaki, davlat va jamiyat to`liqoilalarning imkon darajasida ko`p bo`lishidan, unda avlodalraro vorislik, shajaralarning bardavomligi, yoshlarning oila va nikohni qadriyat sifatida e’tirofetishidan yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi ta’minlanishiga ishonchini bildiradi
SHuni alohida ta’kidlash joizki, asrlar davomida o`zbek oilasi mustahkam va baxtli bo`lishi uchun o`zida yaxshi ma’nodagi paternalizm tamoyilini asrab kelmoqda. Paternalizm (lot. Pater – ota, paternus – otalarcha,) – kishilar ongiga “otalarcha g’amxo`rlik” va “ijtimoiy sheriklik” g’oyasini singdirishga qaratilgan qarash va faoliyat majmui. Oila muhitidagi paternalizm – otaning obro`- e’tiborliligi, farzandlar tarbiyasi va oila farovonligidagi o`z o`rni va mas’uliyatini
anglashi va buning oila a’zolari tomonidan ongli e’tirof etilishidir. Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo`yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o`rtaga qo`yilgan maqsadlarga erishish o`zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam g’ayrat-shijoatiga, to`la-to`kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir. SHu nuqtai nazardan, oilaviy an’analar, rasm-rusmlar va odatlar orqali bolalarimiz ongiga milliy g’oyani va istiqlol mafkurasini singdirishni ta’minlovchi psixologik omillar va shart-sharoitlarni aniq bilish o`ta dolzarb va muhim vazifadir.
Ta’kidlash joizki, oila ijtimoiy institut sifatida o`zining barcha vazifalarini bajargan taqdirdagina, mafkuraviy tarbiyaning kafolatli o`chog’iga aylanadi. Zero, har bir oilaning muqaddas vazifasi – qobiliyatli farzandlarni o`stirish, ularni jismoniy, intellektual va ma’naviy tomondan yetuk qilib, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan iborat. Ya’ni, ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan sog’lom, barkamol inson faqat sog’lom oilada shakllanishi mumkin. Oiladagi sog’lom muhit va barqarorlik esa yaxlit jamiyat ma’naviy takomilining
asosidir
Foydalanilgan Adabiyotlar va internet resurslari:

  1. https://uz.wikipedia.org

  2. https://www.ziyouz.com/

Download 42.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling