Nordic international university X alqaro nordik universiteti


Download 84 Kb.
bet1/3
Sana11.05.2023
Hajmi84 Kb.
#1451627
  1   2   3
Bog'liq
Tezis Yangilanayotgan konstitutsiyda inson va salomatlik


NORDIC INTERNATIONAL UNIVERSITY

X ALQARO NORDIK UNIVERSITETI
“Maktagacha ta`lim” yo’nalishi

“Yozish va taqdimot qilish kompetensiyasi” fanidan


Yangilanayotgan konstitutsiyda inson va salomatlik
mavzusida tayyorlagan
TEZIS

Bajardi: Bozorova Sohiba


2023-yil


Mavzu:
Yangilanayotgan konstitutsiyda inson va salomatlik
Xalqaro Nordik Unversiteti
Bozorova Sohiba
Maktabgacha ta’lim(sirtqi) yo’nalishi
1-bosqich talabasi.
Annotatsiya: Yangilanayotgan konstitutsiyda inson va salomatlik
Kalit so’zlar: siyosiy jarayon, referendum, Konstitutsiya
Kirish
Bugun biz muhim siyosiy jarayon — “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha oʻtkaziladigan umumxalq referendumi arafasida turibmiz. Joriy yilning 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan ushbu tadbir mamlakatimiz, xalqimizning porloq kelajagini, fuqarolarimiz huquq va erkinliklari himoyasini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Aytish joizki, umumxalq muhokamasidan oʻtgan va ayni kunlarda yurtdoshlarimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotini taʼminlashga xizmat qiluvchi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining har bir moddasi xalqimiz bilan maslahatlashgan holda tayyorlandi.
Asosiy qism:
Konstitutsiyaviy islohotlar keng qamrovli boʻlib, ulardan eng muhim va eʼtiborlisi sifatli va malakali tibbiy xizmatni tashkil etish masalasini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qoʻyilishidir. Yurtimizda yashovchi har bir shaxsning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish kafolati uning davlatga, ertangi kunga boʻlgan ishonchini yanada oshiradi. Jumladan, yangilanayotgan Konstitutsiyada mamlakatimizda inson huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini taʼminlash, qadr-qimmatini ulugʻlash bilan bir qatorda, sogʻliqni saqlash tizimi, fuqarolar salomatligi muhofazasiga ham alohida ahamiyat qaratilgan.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 48- moddasida “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli”, deb yozib qoʻyilgan. Bu albatta, aholi salomatligini saqlashga qaratilgan eʼtibordir.
Bu borada mamlakatimizda dastlabki qadamlar qoʻyilgan. Davlat hisobidan kafolatlangan tibbiy xizmatni rivojlantirish maqsadida yurtimizda ixtisoslashgan tibbiyot markazlari, ularning yuzdan ortiq filiallari samarali faoliyat olib bormoqda. Bularning barchasi fuqarolarning sogʻligʻini saqlashga qaratilgan amaliy choralardir.
Konstitutsiyaga kiritilayotgan yana bir yangi normaning ahamiyati shundaki, davlat oʻz fuqarolarining moddiy ahvolidan qatʼi nazar kafolatlangan bepul tibbiy yordam bilan qamrab olinishini kafolatlaydi. Bu bilan davlat fuqarolar, ayniqsa, moddiy va yashash sharoiti ogʻir boʻlgan fuqarolarning sogʻligʻini saqlashni, ularga zarur darajada gʻamxoʻrlik koʻrsatish, koʻmak berilishini oʻz zimmasiga oladi.
Bir soʻz bilan aytganda, yangilanayotgan Konstitutsiyamizda xalqimiz salomatligi davlat himoyasida ekanligi qatʼiy belgilab qoʻyilmoqda. Umumxalq referendumida xalqimiz salomatligining kafolati boʻlgan Konstitutsiya qonun loyihasini barcha yurtdoshlarimiz qoʻllab-quvvatlaydi.
Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasi “Inson qadri uchun 100 ta maqsad”ni oʻz ichiga olgan. Shundan 11 tasi bevosita tibbiyot sohasiga daxldor. Strategiyada tibbiyot tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish, aholiga yanada yaqinlashtirish, bir soʻz bilan aytganda, xalqimizni rozi qilish bosh mezon etib belgilandi.
Sohaga doir maqsadlar birlamchi tizimda aholiga malakali xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ixtisoslashgan tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirish kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirishni koʻzda tutadi
Zimmamizdagi vazifalarning eng birinchisi — birlamchi tizimning aholi salomatligini yaxshilashdagi oʻrnini oshirish, mahallabay ishni tashkil qilgan holda, xonadonlardagi 40 yosh va undan kattalar orasida saraton, boʻqoq, qandli diabet, yuqori qon bosimi, insult, infarkt kabi kasalliklarga chalinganlarning maqsadli diagnostikasini oʻtkazishni nazarda tutadi.
Tibbiyot xodimlariga kasalliklarni erta aniqlab, tizimli davolashni yoʻlga qoʻyish topshirigʻi berilgan. Bu avvalgi yilga nisbatan uch barobar koʻp. Albatta, kelgusi besh yil davomida oilaviy shifoxona va poliklinikalar soni ham oshadi.
Oldimizga qoʻyilayotgan yana bir asosiy vazifa sogʻlom zurriyodlarning dunyoga kelishini taʼminlash hamda onalar salomatligini saqlashdir. Shu maqsadda mamlakatimiz boʻyicha 46 ta maxsus tumanlararo perinatal markaz faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Bola tugʻilganidan keyin, ayniqsa, bir-ikki oy orasida uni sogʻlomlashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Bolalar shifoxonalarining sonini oshirish, poliklinikalarda pediatrlarni maxsus oʻqitish va ularning sonini koʻpaytirishni koʻzda tutganmiz.
Keyin belgilab berilgan yoʻnalish transplantatsiya amaliyotidir. Hozir yurtimizda ogʻir jarrohlik yoʻli bilan buyrak transplantatsiyasi amalga oshirilmoqda. 2021-yilning oʻzida 230 ta shunday amaliyot oʻtkazildi. Ammo ulardan faqat 30 tasi hududlarda — toʻrtta viloyatda amalga oshirildi. Qolgani esa Toshkentdagi ixtisoslashtirilgan markazlarda qilindi.
Prezidentimizning sogʻliqni saqlash tizimi oldiga qoʻygan asosiy talablaridan biri ham shu kabi ogʻir, murakkab, yuqori texnologik operatsiyalarni hududlarda, birinchi navbatda, viloyatlarda, keyin esa tumanlarda, yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda
amalga oshirish masalasi qoʻyildi. Biz xorijda va respublika markazida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislarni joylarga tizimli ravishda yuborgan holda, aholiga hududlarning oʻzida sifatli tibbiy yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyamiz.
Birgina shu maqsadning oʻziga joriy yil davlat byudjetidan birinchi marta 600 milliard soʻm mablagʻ ajratildi va hisob-kitoblarga qaraganda, tibbiy xizmatga muhtoj boʻlgan 100 mingdan ortiq yurtdoshimizga tibbiy yordam koʻrsatish imkoni yaratiladi. Belgilangan strategiyada aholiga sifatli diagnostika xizmati koʻrsatish, shu maqsadda Toshkent shahri, Toshkent viloyatining barcha tumanlarida, qolaversa, respublikaning ikkitadan tumanida eng zamonaviy laboratoriya tizimini tashkil qilish va bu maqsadga autsorsing tizimini joriy qilish masalasi belgilab berildi.
“Inson qadri uchun” tamoyili Konstitutsiyada, qonunlarimizda va davlat idoralari faoliyatida bosh mezon bo‘lishi shart. Shu bois, Konstitutsiya loyihasida insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir hamda hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.

Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling