Ushbu tadbir 4-sinf o'quv-chilari ishtirokida o'tkaziladi


Download 62.5 Kb.
bet1/5
Sana18.02.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1213185
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Qomusimiz - baxtimiz


QOMUSIMIZ – BAXTIMIZ


Ushbu tadbir 4 – sinf o'quvchilari ishtirokida o'tkaziladi. U 40 – 50 daqiqaga mo'ljallangan. Tadbir o'quvchilarning huquqiy bilimlarini oshirishga, ularni ona – Vatanga muhabbat, Davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalashga yordam beradi.
1-boshlovchi: Hurmatli mehmonlar! Shu kunlarda yurtimizda Bosh Qomusimizning 19 yilligi keng nishonlanmoqda. Ushbu bayram bilan sizlarni tabriklaymiz va tayyorlagan bayram tadbirimizni taqdim etamiz.
2-boshlovchi: Davramizga
Hamma: Xush kelibsiz!
O'quvchi: 1992-yil 10-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi (madhiya kuylanadi).
O'quvchi: 1991-yil 31-avgustda O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishdi. Mustaqillik xalqimizning chinakam baxtiga aylandi.
O'quvchi: Mustaqillik tufayli xalqimiz ko'p narsalarni qo'lga kiritdi. Eng awalo, istiqlol kishilarga mustaqil fikrlash, erkin so'zlash imkonini berdi.
O'quvchi: Davlatimiz o'zining yerosti va yerusti boyliklariga egalik qila boshladi. Xalqimiz o'z haq – huquqini tanidi.
O'quvchi: 1992-yil 8-dekabr kuni unutilmas voqea yuz berdi. Biz dunyodagi eng xalqchil Konstitutsiyamizni qabul qildik.
O'quvchi: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Muqaddima, 6 bo'lim, 26 bob va 128 moddadan iborat. Ularning barchasida adolat ustuvordir. Shuning uchun ham Konstitutsiyamiz "Adolat qomusi" deb ataladi.
O'quvchi: Konstitutsiya Davlatning Asosiy qonuni hisoblanadi. Boshqa qonunlar unga suyangan holda qabul qilinadi.


O'quvchi:
Qomus berdi huquqimni, burchimni,
Shon-shuhrati oshsin ddim yurtimning.
Qonunlarni agar yaxshi o'rgansam,
Albat yetar qayga cho'zsam qo'limni.
O'quvchi:
Qutlug' bo'lsin jo 'ralar,
Baxtimizning qomusi!
Barchamizga nur sochgan,
Oftob deymiz biz uni.


O'quvchi:
Har bobida yozilgan,
Huquqimiz, burchimiz.
Undan qudrat, kuch olib,
Yashnar ona yurtimiz.
O'quvchi: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida shunday deyiladi: "O'zbekiston – suveren demokratik Respublika. Davlatning "O'zbekiston Respublikasi" va O'zbekiston" degan nomlari bir ma'noni anglatadi".

Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling