"Ota-onam duosi" she'ri
Olmasam gar ko'nglim to'lmas,
Ota-onam duosini.
Olmasam gar yo'lim to'lmas,
Ota-onam duosini.
Qayda bo'lmay yo'qlagayman,
Mehrin asrab, saqlagayman,
Axir, qanday oqlagayman,
Ota-onam duosini.
Umrim bo'yi g'amin yerman,
So'zin durga alishtirmam,
Siym-u zardan ortiq derman
Ota-onam duosini.
O'quvchi: Biz tinchliksevar el farzandlarimiz. Tinchlik tushun-chasi bizning qon-qonimizga singib ketgan. Keksalarning niyati:
Hamma: Tinchlik!
O'quvchi: Onalarning tilagi:
Hamma: Tinchlik!
O'quvchi: Bolalarning istagi:
Hamma: Tinchlik!
"Tinchlik bo'lsin".
Ashula
Yeryuzida tinchlik bo'lsin,
Olam doim baxtga to'lsin,
Nurli quyosh porlab tursin
Moviy osmon chprlab tursin.
Naqarot:
Tinchlik bo`lsin ho,
Tinchlik bo'lsin ho,
Olam doim nurga to'lsin.
Biz bolalar o'ynashaylik
Qo'l ushlashib, kuylashaylik
Biz Vatanning erkasimiz
Shu diyorning ertasimiz.
Naqarot
Boshlovchi:
Qomusimni bugun bilmoq istadim,
Har moddasin dilga solmoq istadim.
Qomus erur qonunlarning to'plami,
Oonunlarni dilda tuymoq istadim.
Yillar o'tib qomusimiz bo'lsin onlon,
Keng jahonda o'zbek elim sursin davron.
Doim bo'lsin o'zbek elim qomusli el,
Omon bo'lsin qomusli el, nomusli el!
Do'stlaringiz bilan baham: |