Ushbu tadbir 4-sinf o'quv-chilari ishtirokida o'tkaziladi


O'quvchi: Biz bunga javoban shunday deymiz: Hamma


Download 62.5 Kb.
bet4/5
Sana18.02.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1213185
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qomusimiz - baxtimiz

O'quvchi: Biz bunga javoban shunday deymiz:
Hamma:
Biz barkamol, o'ktam avlodmiz,
Kelajagi buyuk davlatmiz.
O'quvchi:
Bugun bizlar barkamol avlod Shu Vatanning suyanch-ardog'i. Azim chinor bo'lsa gar Vatan. Bizlar uning ko'rki yaprog'i
«O'ktam avlod» she'ri
O'quvchi: Konstitutsiyaning 41-moddasi:
"Har kim bilim olish huquqiga ega.
Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir".
O'quvchi: 1997-yil 29-avgust-da «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun qabul qilindi. Bu qonun 5 bo'lim, 34 moddadan iborat.
«Salom maktab»


Ashula
Salom maktab, jon maktab
Seni sevaman maqtab.
Bizga ochiq quchog'ing,
Yoningda gulzor – bog'ing.


Mana, qo'limda kitob
O'qish kitob, ham hisob.
Sharillatib o'qiyman
Bilag'on bo'lay deyman.


O'quvchi: Konstitutsiyaning 48-moddasi:
"Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar".
O'quvchi: Konstitutsiyaning 40-moddasi:
"Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega".
O'quvchi: Konstitutsiyaning 125-moddasi:
"O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi".
"O'zbekiston posbonlari" she'ri
1-O'quvchi:
Botirlarni kuylab kelgan
Elning ertak, dostonlari.
Har so'zini bilar dildan
O'zbekiston posbonlari,
O'zbekiston posbonlari!


O'quvchi: Alloh nazari tushgan bu yurtning tabiiy boyliklarini asrash haqida Konstitutsiyamizning 55-moddasida shunday deyiladi:
"Yer, yerosti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir".
O'quvchi: Qomusimizda mulkka bo'lgan munosabatimiz haqida ham aytib o'tilgan. Maktab binosi, sinf xonasi, partalar, stol – stullar, kitoblar, yer uchastkalari va undagi dov – daraxtlar maktab mulki hisoblanadi. Bizning vazifamiz bu mulkni ehtiyotlashdan iboratdir.
O'quvchi:
Konstitutsiyamizda ota-onalar, farzandlar, ularning o'zaro huquq va burchlari haqida ham yozilgan.
"Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar", deyiladi Konstitutsiyamizning 66-moddasida.

Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling