Ushbu tadbir 4-sinf o'quv-chilari ishtirokida o'tkaziladi


O'quvchi: Islom Karimov — mustaqil davlatimiz asoschisi. O'quvchi


Download 62.5 Kb.
bet2/5
Sana18.02.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1213185
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qomusimiz - baxtimiz

O'quvchi: Islom Karimov — mustaqil davlatimiz asoschisi.
O'quvchi: O'zbekistonning ma'muriy – huquqiy tuzilishi: Qoraqalpog'iston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahridan iborat.
O'quvchi: Maydoni: 448900 kv.km.
O'quvchi: Aholisi: 28 milliondan ortiq kishi. Ularning 77 foizi o'zbeklardir.
O'quvchi: Davlat tili: o'zbek tili.
O'quvchi: Pul birligi: so'm.
O'quvchi: Maqsadimiz: ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish.


O'quvchi:
Vatan — mening onamsan,
Issiq quchog'ing.
Olamda yagonamsan,
Aziz tuprog'ing.
Kelajaging buyukdir,
Yashna doimo.
Vatanim, sen bugun,
Tanidi dunyo.
"Diyor madhi".


Ashula
Hamma: Ona-Vatan ertasi Kelajakning mevasi. Bilim, hunar egasi Biz bo'lamiz, albatta, Niyatlar ulkan, katta. Dovrug'lidir Vatanim Obro'lidir Vatanim. Dunyodagi chamanim Ko'z qoramdek saqlayman, Ishonchingni oqlayman.
O'quvchi: Konstitutsiyaning
5-moddasi:
O'zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o'z davlat ramzlari — bayrog'i, gerbi va madhiyasiga ega.
O'quvchi: O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o'tkazilgan VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan.
O'quvchi: O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 1992-yil 2-iyul kuni tasdiqlangan.
O'quvchi: Konstitutsiyaning 6-moddasi:
"O'zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri".
O'quvchi: Toshkent 2200 yillik tarixga ega. Toshkent aholisi 2 milliondan ortiq Bu yerda 100 dan ortiq millat vakillari yashaydi.
O'quvchi: Toshkent do'stlik, tinchlik va birodarlik shahri sifatida butun dunyoga mashhur. Bu shaharda fanning turli sohalari bo'yicha xalqaro anjumanlar o'tkazib turiladi. 2007-yili "Toshkent — Islom madaniyati poytaxti", deb e'lon qilindi. 2009-yili Toshkentning 2200 yilligi nishonlandi.


O'quvchi:
Poytaxt shahar, bosh shahar,
Qadim tuproq, Shosh shahar.
Gullar shahri, gul shahri,
Quyoshga sirdosh shahar.


Sen tinchlik qo'ng'irog'i,
Sen ozodlik kuyisan.
Sen mehrning o'chog'i,
Sen oftobning uyisan.



Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling