Ushbu tadbir 4-sinf o'quv-chilari ishtirokida o'tkaziladi


O'quvchi: Biz O'zbekiston nomi bilan butun dunyoga mashhur bo'lgan go'zal Vatanda barcha millat vakillari tinch-totuvlikda yashaymiz. O'quvchi


Download 62.5 Kb.
bet3/5
Sana18.02.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1213185
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qomusimiz - baxtimiz

O'quvchi: Biz O'zbekiston nomi bilan butun dunyoga mashhur bo'lgan go'zal Vatanda barcha millat vakillari tinch-totuvlikda yashaymiz.
O'quvchi: Konstitutsiyaning 4-moddasi:
"Q'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir. O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi".
O'quvchi: 1989-yil 21-oktabrda o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Shu kunni cheksiz quvonch bilan bayram qilamiz. Har bir tilning chiroyi, jozibasi, bo'lgani kabi o'zbek tili ham nozik va mazmunli iboralarga boydir.
"Ona tilim" she'ri
Buyuk Temur jahon bo'ylab
O'z dovrug'in solgan tilim.
Mir Alisher bobomlardan
Meros bo'lib qolgan tilim...


O'quvchi: Biz mustaqil O'zbekistonning baxtli o'quvchilarimiz. Chunki, o'tmishi buyuk xalqning farzandlarimiz. Ota-bobolarimiz bilan faxrlanamiz. Imom al-Buxoriy, at-Termiziy, al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi dunyo ma'rifatiga ulkan hissa qp'shgan allomalarimiz bilan g'ururlanamiz.


O'quvchi:
Konstitutsiyaning 49-moddasida shunday deyiladi:
"Fuqarolar O'zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar.
Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir".


"O'zbegimdan aylanay".
Ashula Quchog'ingda yayrab o'sarman, yurtim,
Tarixingdir buyuk, ey, ozod xalqim.
Jahonga yuz tutding, mag'rursan elim,
O'zbegimsan, o'zligimsan, o'zbegim.
Naqarot
O'zim aylanay, o'zim o'rgilay,
O'zbegimsan, o'zligimsan, o'zim aylanay.
O'zim aylanay, o'zim o'rgilay,
Yurtboshim ulug'lagan o'zbegimsan-ey.


O'quvchi: Prezidentimiz Islom Karimov 2010-yilni "Barkamol avlod yili" deb e'lon qildilar. Kelajagi, ertangi kuni yorug', farovon va buyuk bo'lishfni o'ylagan davlat, albatta, barkamol avlod tarbiyasiga jiddiy e'ibor beradi.

Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling