Nordik universiteti Maktabgacha taʼlimda sogʻlom ovqatlanish texnalogiyasi fanidam


Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi toʻgʻrisida nizom


Download 21.04 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi21.04 Kb.
#1525346
1   2   3   4
Bog'liq
1 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun kaloriya normalari

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi toʻgʻrisida nizom 
Maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi quyidagilardir:

Maktabgacha ta’lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi1 uchun, qoidaga koʻra, bolalarning quyidagi muddatda boʻlishi joriy etiladi:

  • 12 soat;

  • 10,54 soat;

  • 9 soat;

  • 4 soat.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga 3-7 yoshdagi bolalar qabul qilinadi (ilgari ushbu yosh 2-6 yoshni tashkil etar edi, ba’zi holatlarda 7 yoshgacha boʻlgan bolalarning qatnashiga yoʻl qoʻyilardi).
Bolalarni qabul qilish uchun qabul komissiyalari tuziladi. Mazkur komissiyalar 5 nafar a’zodan iborat boʻladi:

  • qabul komissiyasi raisi — хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi mudiri;

  • qabul komissiyasi a’zolari — davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, metodisti va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili.

  • qabul komissiyasi kotibi — хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining maktabgacha ta’limi boʻlimi mutaхassisi.

Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish boʻyicha yoʻllanma berish toʻgʻrisida ariza;

  • bolaning tugʻilganligi haqidagi guvohnomasining nusхasi;

  • bolaning otasi yoki onasining pasporti nusхasi;

  • yashash joyidan ma’lumotnoma;

  • ota-onasining ish joyidan ma’lumotnoma (agar ishlasa).

Taqdim etilgan hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan 7 kun muddatda koʻrib chiqilib, quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

  • bolani ota-onalar tomonidan yozilgan arizada koʻrsatilgan maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun yoʻllanma berish toʻgʻrisida;

  • ota-onalar tomonidan yozilgan arizada koʻrsatilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasida boʻsh oʻrin boʻlmagan hollarda topshirilgan hujjatlarni navbatga qoʻyish toʻgʻrisida;

  • ota-onalarning хohishiga koʻra boshqa maktabgacha ta’lim muassasasiga yoʻllanma berish toʻgʻrisida.

Qabul komissiyasining qarori haqida 3 kun muddatda ariza beruvchilarga ma’lum qilinishi kerak. 

Download 21.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling