Nordon gazlarni tozalashda aminli absorbentlarni taqqoslash orqali ularning selektivligini aniqlash
Download 375 Kb.
|
Nordon gazlarni tozalashda aminli absorbentlarni taqqoslash orqa
Kon sharoitida gazni tayyorlashning bunday tizimni qo‘llanilishi murakkab kon jihozlarini bazaviy konda konsentratsiyalash imkoniyatini beradi va buning bilan bazaviy kon atrofidagi mayda konlarda soddalashtirilgan sxemalardan foydalanish sharoitini tug‘diradi.Tabiiy gaz tarkibidagi suyuq uglevodorodlar va boshqa qo‘shimchalarning ruxsat etilgan qiymatlari to‘g‘risida qabul qilingan birlik tizim hozirgi paytda yo‘q. Ularning qiymatlari avvalambor gazni tayyorlash texnika va texnologiyalarning qo‘llanilish darajasi bilan belgilanadi. Agar gazni past haroratli sharoitlarda qayta ishlash zarurati tug‘ilsa uning tarkibiga bo‘lgan talablar darajasi oshadi. Yengil uglevodorodlar fraksiyasi siqilgan gaz ishlab chiqarish uchun mahsulot hisoblanadi. Keyingi qayta ishlash mahsulotlari yoqilg‘i gazi va barqaror kondensatlar hisoblanadi. Tabiiy xom-ashyo gazi tarkibidan olinadigan bunday mahsulotlar tarkibi va tuzilishiga har xil talablar qo‘yiladi. Siqilgan uglevodorodli tovar gazlarga qo‘yilgan asosiy talablar 2.3 - jadvalda keltirilgan. 2.3 – jadval Yonuvchan siqilgan uglevodorodli gazlarga qo‘yiladigan texnikaviy talablar
Kon sharoitida tabiiy va neft gazlarini tayyorlashda tovar gaz, suyuq uglevodorodli mahsulotlar, siqilgan gaz, barqaror kondensat va shu turkumdagi mahsulotlar olinadi. Tovar gazlarning to‘liq sifat ko‘rsatkichlarini aniqlab turish maqsadida doimiy ravishda uning tarkibiy qismlari tahlil qilinib turiladi. O‘rnatilgan sifat ko‘rsatkichlaridagi tovar gaz magistral gaz quvurlari orqali iste’molchiga yuboriladi. 5>5>5>2>2>1> Download 375 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling