Nоrmаl tаqsimlаnish nаzаriyasining tadbiqiy jihаtlаri
Download 0.99 Mb.
|
K.Shoxista Ijodiy matem
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar.
- Etiboringiz uchun rahmat!
Maktabgacha taʼlim (sirtqi) yoʻnalishi 19.11-guruh 4-kurs talabasi Kamilova Shoxistaning Ijodiy matematika fanidan tayyorlagan slayd-taqdimoti.Maktabgacha taʼlim (sirtqi) yoʻnalishi 19.11-guruh 4-kurs talabasi Kamilova Shoxistaning Ijodiy matematika fanidan tayyorlagan slayd-taqdimoti.Maktabgacha ta’lim muassaalarida mantiqiy o‘yinlar va topshiriqlardan foydalanib ijodiy mashg‘ulotlarni tashkil etish yuzasidan mashg‘ulot ishlanmalari yaratish1.Maktabgacha taʼlim muassasalarida mantiqiy oʻyinlar.2.Mantiqiy oʻyinlar va topshiriqlardan foydalanib ijodiy mashgʻulotlarni tashkil etish.3.Mashgʻulot ishlanmalari yaratish.4.Mashgʻulotlarga qoʻyiladigan talablar.Maktabgacha tayyorlov guruhida bolalarda ba’zi bir yashirin muhim matematik aloqalarni, munosabatlarni, “teng”, “katta”, “kichik”, “butun va bo’lak” kattaliklar orasidagi bog’lanishlarni, o’lchov kattaliklari bilan son o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlay bilish ko’nikmasini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning matematik tasavvurini shakllantirish mantiqiy tafakkurining yangi bosqichga ko’tarilishiga va ularning umuman aqliy faoliyati rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Bolalar mashg’ulotlarga qiziqib qatnashishlari uchun tarbiyachi quyidagi talablarga rioya qilishi lozim: 1.Dastur materiallarini yaxshi o’zlashtirib olish. 2.Puxta material (namoyish qiluvchi va tarqatma) tayyorlash. 3.Bolalar faoliyatini o’zgarib turishga , qiziqishga e’tibor qilish. 4.Mashg’ulot o’rtasida harakatli o’yinlar o’tkazishni rejalashtirish. 5.Mashg’ulot davomida bolalarning mustaqil xulosa chiqarishlariga erishish. 6.Bolalarning xilma-xil javoblarini rag’batlantirish. Yangi materialni o’zlashtirish bolalardan ko’proq zo’riqishni talab qiladi. Shu sababli mashg’ulot oxirida tanish materialni kiritish biroz bo’shashish imkonini beradi. Masalan, tayyorlov guruhidagi mashg’ulotlarning birinchi qismida 5 sonining o’zidan kichik ikki sondan iborat tarkibi bilan tanishtirish, ikkinchi qismida doira va oval chiza olish malakasi qaraladi, 3 va 4 sonlarining ikkita kichik sondan iborat tarkibi o’rganilishi, bilimlar mustahkamlanishi mumkin. Tarbiyachi mashg’ulotga tayyorlanar ekan, oldindan bolalarga nimani ko’rsatish, nimani tushuntirish va bolalar mustaqil ravishda nima qila olishlarini ham chuqur o’ylab, beriladigan savol va harakatlar rejasini tuzib oladi. Bilim va ko’nikmalarni puxta o’zlashtirish uchun bolalar bevosita yangi material bilan tanishish jarayonida ham, undan keyingi mashg’ulotlarda ham yetarli miqdorda mashq bajarilishi kerak. Mantiq va fikrlashni rivojlantirish bolani maktabga muvaffaqiyatli tayyorlash va uning barkamol rivojlanishining ajralmas qismidir. Katta maktabgacha yosh ongning belgi-ramziy funktsiyasi paydo bo'lishining boshlanishi bilan belgilanadi. Bu davr umuman aqliy rivojlanish, maktabga tayyorgarlikni shakllantirish uchun muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Elеmеntar matеmatik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy usulning xaraktеrli xususiyatlari quyidagilardan iborat: — aqliy faoliyat uchun asos bo`ladigan har xil amaliy ishlarni bajarish; — didaktik matеriallardan kеng foydalanish; — didaktik matеriallar bilan amaliy ishlash natijasi sifatida tasavvurlarning paydo bo`lishi; Tarbiyachitsing mеtod va usullarning asosli tanlanishiga, har bir aniq holda ulardan ratsional foydalanishga doimo e'tibor bеrib turishi quyidagilarni ta'minlaydi: — elеmеntar matеmatik tasavvurlarning muvaffaqiyatli shakllanishi va ularning nutqda aks ettirilishi; — ugеnglik va tеngsizlik munosabatlarini Tarbiyachi mashg’ulotga tayyorlanar ekan, oldindan bolalarga nimani ko’rsatish, nimani tushuntirish va bolalar mustaqil ravishda nima qila olishlarini ham chuqur o’ylab, beriladigan savol va harakatlar rejasini tuzib oladi. Bilim va ko’nikmalarni puxta o’zlashtirish uchun bolalar bevosita yangi material bilan tanishish jarayonida ham, undan keyingi mashg’ulotlarda ham yetarli miqdorda mashq bajarilishi kerak. Maktabgacha yoshda mantiqiy fikrlashni turli yo'llar bilan rivojlantirish va o'rgatish mumkin va zarur. Kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirish o'z-o'zidan emas, balki maqsadli ravishda amalga oshirilishi muhimdir. Ota-onalarning asosiy vazifasi bolaga qiziqarli didaktik o'yinlarni, rivojlanayotgan vazifalarni yoki bolaning to'g'ri yo'nalishda rivojlanishini rag'batlantiradigan boshqa qiziqarli dars formatlarini topish va taklif qilishdir. Foydalanilgan adabiyotlar.1. O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari. Т., 2018. 2. Sh. Shodmonova. Maktabgacha pedagogika. Т., «Fan va texnologiyalar», 2005. 3. A. Holiqov. Pedagogik mahorat. Т., «Iqtisod — Moliya», 2010. 4. Hasanboyeva O., Tadjieva М., Toshpulatova Sh. va boshq. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. Т.: Ilm-ziyo, 2012. Etiboringiz uchun rahmat!Etiboringiz uchun rahmat!Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling