Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish
Download 1.31 Mb.
|
Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish.
Davlat mustaqilligining ilk kunlaridan boshlab ayollarning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy himoya qilinishi, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish masalasini davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida belgilab olgan. Maqsad – ayollar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha izchil va tizimli siyosatning asosiy yo‘nalishlarini yoritish. Shuni unutmaylikki, jamiyatning demokratik o‘zgarishlari yo‘lidan nechog‘li ilgarilab ketgani, shu jamiyatning ayollariga bo‘lgan munosabati uning madaniy-ma’naviy saviyasini belgilaydi1. Ayollarni ko‘tarish hamda erkaklar va ayollar o‘rtasida tenglikka erishish inson huquqlari masalalari va ijtimoiy adolat uchun shart-sharoit hisoblanadi va ayollar muammosi sifatida ihotalanishi mumkin emas2. O‘zbekiston BMTning ayollar huquqlari, erkiniklari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan barcha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi va ma’qullaydi. O‘zbekistonda ayollarning, ularning millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy ahvoli hamda turar joyidan qat’i nazar, barcha huquqlarini ta’minlash masalalariga katta e’tibor qaratadi. Davlat tomonidan ham shahar ham qishloq joylarida yashaydigan ayollarning turmushini yaxshilashga mutanosib yondashuv ta’minlanmoqda. Davlatimiz mustaqilligining ilk kunidan boshlab mamlakatimiz ayollarining huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy himoya qilinishi, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish masalasini davlat siyosatining ustivor vazifasi sifatida belgilab olgan. O‘zbekistonda ayollar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha izchil va tizimli siyosatning asosiy yo‘nalishlari quyidagi hisoblanadi: Birinchidan, ayollar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida qabul qilingan qonun hujjatlarini bajarilishini ta’minlash hamda huquqiy asosni yanada takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish; Ikkinchidan, ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlarning ahvolini doimiy ravishda va konpleks monitoring qilish, ularning oilada, jamiyatda hamda jamoat va davlat ishlarini boshqarishdagi rolini oshirish; Uchinchidan, ayollarning bandligini ta’minlash bo‘yicha samarali choralar qabul qilish va amalga oshirish, ularni ishga joylashtirish uchun har tomonlama yordam ko‘rsatish, ayollar orasida, ayniqsa, qishloq joylarda tadbirkorlikning turli shakllarini rivojlantirish; To‘rtinchidan, ayollarni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-huquqiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ayollar nodavlat notijorat tashkilotlarini mamlakatning ijtimoiy va siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun ko‘maklashish. 2010-yil 20-yanvarda Jenevada BMTning “Ayollarga nisbatan kamsitishga barham berish” bo‘yicha qo‘mitasining 45-sessiyasi davomida O‘zbekiston Respublikasining Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya qoidalarining bajarilishi yuzasidan To‘rtinchi davriy ma’ruzasi ko‘rib chiqildi. Uni tayyorlashda mamlakatning 22 ta davlat organi va 14 ta nodavlat tashkiloti ishtirok etdi. Qo‘mitaning tavsiyalariga binoan, mazkur ma’ruzani tayyorlash jarayoni davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlarining keng ishtirokida va ommaviy axborot vositalarida yoritilgan holda olib borildi. O‘zbekistonning To‘rtinchi davriy ma’ruzasi Qo‘mitaning ma’ruzalarni tayyorlash bo‘yicha dasturamal prinsiplari va Umumiy tavsiyalari asosida tayyorlandi. Xususan, Qumitaning 9 Umumiy tavsiyasiga binoan, davriy ma’ruza ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishiga oid statistik ma’lumotlar, demografik ma’lumotlar, ayollar sog‘lig‘ini saqlash, ta’lim olishga oid boshqa statistik ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan. Bundan tashqari konstruktiv muloqotni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston qo‘mita a’zolarining qo‘shimcha savollariga yozma ravishda javoblarini va ikki axborot materiallarini, ya’ni: -milliy harakat rejasini amalga oshirish to‘g‘risida axborot; - O‘zbekistonning Ikkinchi va Uchinchi davriy ma’ruzalarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Qo‘mitaning yakuniy xulosalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi axborotini taqdim etdi. O‘zbekistonda jahon moliyaviy va iqtisoiy inqirozi sharoitlarida davlat siyosati inson, shu jumladan, ayollar turmush darajasining pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, moliyaviy inqiroz ta’sirining salbiy omillaridan himoya qilish, barcha inson huquqlarining asosi hisoblangan normal turmush kechirishni ta’minlashga qaratilgan. Mamlakatda ta’lim, gender tenglik, sog‘liqni saqlash va boshqa masalalarga nisbatan jiddiy natijalarga erishilgan, bu esa ayollar farovonligi to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlik bilan bevosita bog‘liq. Bu barcha choralar, birinchi navbatda, Konvensiya, Pekin Deklaratsiyasi va Harakatlar platformasi, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining 23 maxsus sessiyasining “Ayollar 2000 yilda: erkaklar va ayollar o‘rtasida tenglik, XXI asrda rivojlanish va tinchlik” yakuniy hujjatining qoidalarini so‘zsiz bajarishga qaratilgan. 1995-yilda BMTning “Ayollar ahvoli bo‘yicha IV Umumjahon konferensiyasi”da qabul qilingan Pekin harakatlar platformasi alohida muhim hisoblanadi. Uning muqaddimasi va 12 bo‘limi ayollar ahvolini global darajada baholash va butun dunyoda ayollar huquqlarini amalga oshirish bo‘yicha strategiyalar, siyosat va choralar tadqiq etilgan ayollar huquqlari bo‘yicha eng to‘liq dastur hisoblanadi. O‘zbekiston Mingyillik taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirishda birinchi navbatda, qashshoqlikni kamaytirish, odamlarning hayotini yaxshilash, jamiyatning barqaror rivojlanishida ayollarning rolini oshirish, erkaklar va ayollar tengligini ta’minlashga qaratilgan choralarni izchil amalga oshirmoqda. Hukumat Konvensiyaning barcha qoidalari amalga oshrilishiga qaratilgan qonunchilik, ma’muriy, iqtisodiy va boshqa choralarni ko‘rmoqda. 2007-2009–yillar mobaynida O‘zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat, ham nodavlat organlari tizimining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tizimli sa’y-harakatlar qilingan. 2008-yil 30-sentyabrda Ombudsman institutini va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazni qo‘llab quvvatlash. Ayollar huquqlarini ta’minlash O‘zbekistonda ayollar va bolalar huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha samarali amal qilayotgan monitoring tizimi yaratilgan bo‘lib, u hokimiyatning barcha tarmog‘ini, xususan, “Ayollar kengashi jamoat birlashmasi”, “Tadbirkor ayol”, “Oila markazi” faoliyatini qamrab oladi. 2008-yil noyabr-dekabr oylarida O‘zbekistonda o‘tkazilgan fuqarolar yig‘ini oqsoqollarining saylovi ular orasida ayollarning soni oshganligini ko‘rsatdi. 2006-yilda ular orasida ayollar soni 981 ta yoki 9.9%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2008-yilda ularning soni 1160 taga yoki 11.5%ga yetdi. Katta hayot tajribasiga hamda ayollar va yoshlarga ijtimoiy ruhiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan ayollar saylanadigan fuqarolar yig‘ini qoshidagi maslahatchilarning faoliyati ham o‘z samarasini isbotladi. 2005-yilda, ayollar tashkilotlari so‘rovnoma ishtirokchilarining 11,5%iga muammolarini hal qilishda samarali yordam bergan bo‘lsa, 2008-yilda esa bu ko‘rsatkich 62.2%ga yetgan. 2009-yilda odam savdosi holatlari bo‘yicha Jinoyat kodeksining 135-moddasiga binon 1200 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ular bo‘yicha 4600 ta shaxs odam savdosi qurboni sifatida tan olingan, ulardan 14%ini ayollar tashkil etadi. Parlamentning Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan saylovlar yakunlari bo‘yicha, 33 ayol deputatlikka tayyolandi, bu 22%ni tashkil etadi (31-ayol – bir mandatlik okruglar bo‘yicha, 2 ayol – Ekologik harakatdan saylandi), senator ayollarning soni 15%ni tashkil etadi. Viloyatning vakillik organlarida deputatlarning 15%ini ayollar tashkil etadi. Sud tizimida xodimlarning 22%ini ayollar tashkil etadi. Yordmga muhtoj ayollarga ko‘mak ko‘rsatishda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik kabi salbiy hodisani oldini olish va unga barham berish bo‘yicha choralar ko‘rish davom ettirilmoqda, bu borada quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda: ayollar uchun markaz; ayollar bandligi; har bir viloyatda ayollarni ishga joylashish ehtiyojlarini ta’minlaydigan darajada, ish joylarini yaratish; odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosini bartaraf etish; ayollar va erkaklarning teng imkoniyatlari to‘g‘risidagi qonun; ayollar mehnat huquqlarini himoya qilinishi nazorati va manitoringi; ayollar huquqlarini ta’minlash. Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyaning 30 yilligini keng nishonlash doirasida nodavlat tashkilotlari tomonidan konvensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, treninglar o‘tkazildi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling