1. bmtning bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi


Download 91.83 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi91.83 Kb.
#1338131
Bog'liq
BMTning bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi


BMTning "Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi"


Reja:


1. BMTning bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi

2. Oʻzbekiston Respublikasida bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi


Bola huquqlari – bolaga nisbatan inson huquqlari toifasi, irqi, jinsi, tili, dini, tug‘ilgan joyi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiyligi, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har bir bola ega bo‘lishi kerak bo‘lgan huquq va erkinliklar. Xalqaro huquqda 
18 yoshga etmaganlarning barchasi bola deb tan olingan.
Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro va milliy darajada ko‘plab maxsus hujjatlar mavjud. Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro darajadagi asosiy hujjat Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya hisoblanadi. Konventsiya Nьyu-Yorkda 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan. Unda 54 ta moddadan iborat bo‘lib, ularda bolalarning huquqlari. Konventsiyaga kiritilgan barcha huquqlar barcha bolalarga nisbatan qo‘llaniladi.
Deklaratsiya „Insoniyat oʻzida mavjud boʻlgan eng yaxshi narsalarning hammasini bolalarga berishga majbur“ deb eʼlon qilgan edi. Konvensiya esa ushbu Deklaratsiya va boshqa xalqaro hujjatlardagi bolalar huquqlari toʻgʻrisidagi qonunlarni oʻzida mujassamlashtirgan.Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya t. k. dunyoning barcha mintaqalaridagi xalklar uchun teng ahamiyatga ega, asosiy maqsadi bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya qilishdan iborat. U muqaddima, 3 qism,
54 moddadan iborat. Konvensiyaga asosan agar milliy qonunlarda balogʻat yoshi birmuncha erta belgilangan boʻlmasa, 18 yoshga toʻlmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi. Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya t. k. insonning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquklari yigʻindisidan iborat. U bolalar oʻzining axloqiy, aqliy va ruhiy qobiliyatlarini erkin rivojlantirishi uchun boshqa narsalardan tashqari sogʻligʻi va atrof muhitning xavfsizligi, tibbiy yordamga ega boʻlish va ovqatlanish, kiyim-kechak, turarjoy xususidagi minimal normalar bilan taʼminlanishi zarurligini talab etadi.
Konvensiyaga kura, bola oʻzining kamol topishida oʻzi faol ishtirok etish, oʻz fikrini bayon qilish huquqiga ega, bu esa uning hayotiga oid masalalarni hal etishda hisobga olinishini taʼminlaydi. Konvensiya bolaning yashash va sogʻlom rivojlanish huquqiga, farzandlikqa olish bilan boglits huquqqa, noraso bolalar va qochoq
bolalar, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning huquqlariga oid
qoidalarni oʻz ichiga oladi, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va ularni himoya qilishda oila va otaonaning birinchi darajali roli, bolalarga yordam koʻrsatish borasidagi majburiyatini tan oladi. Bolalarni kamsitmaslik — Konvensiyaning muhim tamoyillaridan hisoblanadi. Bolalar irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy
yoki boshqa eʼtiqodi, millim, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, sogʻligʻining ahvoli otaonasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir boshqa
holatlardan qati nazar, bironbir kamsitishlarsiz oʻz huquqlaridan foydalanishi kerak. Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya t. k. 1990-yil 2-sentabrda kuchga kirgan.
]Unga Oʻzbekiston Respublikasi 1992-yil 9 dekabrda qoʻshilgan. Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan davlatlar uni bajarish yuzasidan tadbirlar boʻyicha Bola huquqlari qoʻmitasiga muntazam ravishda milliy maʼruzalar yuborib turadi. Oʻzbekiston Respublikasida ushbu Konvensiyani bajarish boʻyicha birinchi milliy maʼruzasi 1997-yilda tayyorlandi.
Konventsiyada birinchi marta bola Konventsiyani ratifikatsiya qilgan davlatlar «hurmat qilish va kafolatlash» talab qilinadigan huquqlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida ko‘rib chiqiladi. Ushbu qoida bola jamiyatning juda himoyasiz a’zosi ekanligi va shuning uchun alohida himoyani talab qilishi va bunga loyiq ekanligini ko‘rsatadi.
Konventsiyaga binoan, bola mustaqil shaxs sifatida qabul qilinadi. Konvensiya bolani o‘ziga xos huquqlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida tavsiflaydi: yashash huquqi
(6-modda), oila qurish (9-modda), ismi va fuqaroligi bo‘yicha.
Ta’lim to‘g‘risida (7-modda), zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida
(19-modda), tenglik, fikr va so‘z erkinligi to‘g‘risida (13-modda), dam olish va
hordiq chiqarish (31-modda), tibbiy. xizmat ko‘rsatish va sog‘liqni saqlash (24-modda), davlat yordamida (18-27-modda) va boshqalar.
O‘zbekistonda bola huquqlari quyidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilinishi bilan «Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2019-yil 22 apreldagi PQ-4296-sonli qaroriga binoan Ombudsman hozirda o‘z o‘rinbosariga – bolalar huquqlari bo‘yicha vakilga ega.
Download 91.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling