Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Ijtimoiy himoyaning germancha (Bismark) modeli


Download 1.31 Mb.
bet13/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94
Ijtimoiy himoyaning germancha (Bismark) modeli. Ushbu modelning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda xodim ijtimoiy himoyalanganlik darajasi uning ish faoliyati, kasbiy faoliyati bilan bevosita bog‘langan.

Xodim o‘zining faol hayoti (ish davri) davomida ish beruvchi hamda xodimlar vakillik organi tomonidan boshqariladigan sug‘urta kassasiga badallar to‘lab boradi va uning ijtimoiy himoyalanish darajasi ushbu kassaga to‘langan mablag‘ miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy himoyaning ushbu modelida nodavlat (xususiy, huquqiy) ijtimoiy himoya usulidan foydalanilishi va uning asosida fuqarolik huquqiy prinsip yotishi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

    1. Buyuk Britaniya va Niderlandiyada qo‘Ilaniladigan model.

Unga ko‘ra, fuqarolarni qo‘shimcha kasbiy pensiya bilan ta’minlash har bir ish beruvchi tomonidan milliy qo‘shimcha pensiya jamg‘armasiga belgilangan miqdorda tashlangan badallar asosida amalga oshiriladi. Ammo bunda ish beruvchi o‘z ixtiyori bilan milliy jamg‘arma tarkibidan chiqishi va o‘zining pensiya jamg‘armasini tashkii etishi yoxud o‘z xodimlarini sug‘urta kompaniyalarida sug‘urtalashi mumkin bo‘ladi va h.k.
XIX asrning oxirlarida Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy yordam va ijtimoiy sug‘urta institutlarining rivojlanishi, iqtisodiyotning industrial davriga bosqichma-bosqich o‘tishi tufayli, ushbu institutlar iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf etishda muhim rol o‘ynadi. Yevropa ittifoqi mamlakatlaridagi ijtimoiy himoya modellarini quyidagi ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Bund ijtimoiy ishning rivojlanishi uch bosqichdan iborat deb belgilangan.
Birinchi bosqich. XIX asr o‘rtalari XX asr boshlari. Ijtimoiy ishning kasb qilib belgilanishi: qonunchilikning rivoj­lanishi va maxsus tashkilotlar va muassasalarning tashkil bo‘lishi.
Jkkinchi bosqich. XX asr boshlari XX asrning 80-yillari. Shimoliy Amerika va Yevropada ijtimoiy ish kasbining ijtimoiy institutga aylanishi.
Uchinchi bosqich. XX asrning 80-yillaridan hozirgi kungacha. Ijtimoiy ishning butun dunyoga tarqalishi.
O‘zbekistonda ijtimoiy ishning faoliyat turi sifatidagi ildizlari qadimiydir. U bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bu haqda keyinroq batafsil to‘xtalamiz.
Ijtimoiy ish faoliyat turi sifatida turli toifadagi himoyaga muhtoj qatlam a’zolariga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan.
Ijtimoiy ish kasbiy faoliyat sifatida uchta sohani o‘z ichiga oladi: shaxs va oila darajasida ijtimoiy ish; turli turkumga ega bo‘lgan (yoshi, jinsi, qiziqishlari jihatidan) guruh bilan ijtimoiy ish; Jamoatchilik orasida, uy sharoitida ijtimoiy ish.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, jamoatchilik orasida, uy sharoitida aholiga xizmat ko‘rsatishda mahalla maxsus jamoatchilik tuzilmasi alohida ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda ijtimoiy ish kasbiy faoliyat sifatida endigina shakllana boshladi.
Ijtimoiy ishning mohiyati quyidagicha belgilangan: bu individ, oila va guruhlarga ularning ijtimoiy huquqlarini amalga oshirish hamda barkamol tarzda ijtimoiy jihatdan o‘zligini namoyon etishda to‘sqinlik qiluvchi jismoniy, ruhiy, aqliy, ijtimoiy va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish yoki kompensatsiya qilish maqsadida ko‘rsatiladigan yordamdir.
Ijtimoiy ish sohasining asosiy obyekti jamiyatning zaif, nochor, imkoniyati cheklangan guruhlari bo‘lib, ular tarkibiga asosan quyidagilar kiradi:

  • ota-onasiz, qarovchisiz qolgan bolalar;

  • kam ta’minlangan oilalar;

  • ishsizlar;

  • ko‘p bolali oilalar;

  • giyohvandlar, ichuvchilar;

  • yolg‘iz onalar;

  • oilada zo‘ravonlikdan aziyat chekuvchilar;

  • qamoqxonalarda jazo muddatini o‘tab qaytganlar;

  • ekologik noqulayliklarda yashovchi aholi;

  • immigrantlar;

  • tushkunlikka tushganlar va boshqalar.

Demak, ijtimoiy ish ko‘p tarmoqli va ko‘p darajali bo‘lib, u tizimli yondashishni talab etadi.
Ijtimoiy ish xodimlari aholining zaif, nochor, nuqsonli guruhiga mehribonlik qilish, dard-hasratiga quloq tuta bilish, talablariga sabr-toqatli bo‘lish, muloqotda nazokat va odob ko‘rsatish, muammosini yengillatishga ko‘maklashish, shu bilan birga, unga ko‘rsatilayotgan xayriya yordamining psixologik tomonlariga e’tiborli bo‘lish, shaxsiga, sha’niga tegmaslikka, qadr-qimmatini pastga urilishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilishi lozim.
Ijtimoiy ish besh asosiy kriteriyga tayanadi:

  • Inson qadr-qimmati va qadriyat;

  • Ijtimoiy adolat;

  • Insonparvarlikka xizmat qilish;

  • Butunlik;

  • Kompetentlik.

Ijtimoiy ishning tamoyillari uch – konstitutsiyalovchi, tartibga soluvchi va uyg‘unlashtiruvchi vazifani bajaradi. Quyi­dagilar uning asosiy tamoyillari hisoblanadi:

    1. insonparvarlik tamoyillari (insonni oliy qadriyat deb tan olish);

    2. adolat tamoyillari (inson qobiliyatlarini amalga oshirish uchun sharoitni ta’minlash);

    3. vakolatlilik tamoyili (ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyotini chuqur bilish);

    4. altruizm tamoyili (o‘zganing manfaatini o‘zining manfaatidan ancha yuqori deb tan olish);

    5. shaxsiy yondashish tamoyili (bar bir ijtimoiy muammoda shaxs manfaatlarini ko‘ra olish layoqati);

    6. mujassamlik tamoyili (turli darajadagi ijtimoiylikda yuzaga keluvchi bir-biri bilan ijtimoiy bog‘liqlik);

    7. vositachilik tamoyili (ijtimoiy ishlarni davlat ijtimoiy siyosatining ifodasi tarzida tushunish);

    8. uzluksizlik tamoyili (huquqiy ishlarning muntazam davomiylikdagi, tizimli va maqsadga yo‘naltirilgan deb tushunish);

    9. jalb etishlik tamoyili (mijozning e’tiborini tortish uquvi);

    10. ishonch tamoyili (mijoz bilan o‘zaro ishonchli munosabatlarni o‘rnatish uquvi).

Ijtimoiy ish integral tavsifiga ko‘ra, unda iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy, ma’muriy, psixologik, ijtimoiy-ruhiy, tibbiy-ijtimoiy, pedagogik va boshqa usullardan foydalaniladi.
Ijtimoiy ish xizmati mavjud bo‘lgan mamlakatlarda ijtimoiy xodimlar tasarrufidagi vositalar majmui:

  • pul yordami tizimi, bu mehnatga qobiliyatsiz kishilar, muhojirlar va qochoqlarga doimiy, vaqtinchalik, bir yo‘la va maqsadli moddiv yordamlarni o‘z ichiga oladi;

  • natura ko‘rinishidagi yordam tizimi;

  • xizmat, shu jumladan, tibbiy xizmat tarzidagi yordam tizimi;

  • ijtimoiy muassasalarni tashkillashtirish;

  • psixologik maslahatlar va mashqlar;

- o‘qitish va qayta tayyorlash kurslari (asosan, muhojirlar uchun).



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling