Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Download 1.31 Mb.
|
Dars metodi: Aqliy hujum, an’anaviy ma’ruza, suhbat, qisqa muddatli test.
Dars mazmuni: Ijtimoiy ish xususiy nazariyalari rivojlanishining metodologik asoslari. Tarixan ijtimoiy ishda insonlar va insonlar guruhlari o‘rtasidagi adolatsizliklar bilan ishlashga to‘g‘ri kelgan. Ijtimoiy ish insonparvarlik va demokratik g‘oyalar asosida rivojlandiki, ularga amal qilish, uni kamsitishlar va resurslarning adolatsiz taqsimotiga qarshi kurash sari boshlaydi. Mazkur asosiy jihat – adolatsizlikka qarshi kurash va demokratik g‘oyalarni ilgari surish – ijtimoiy ish xodimi Axloq Kodeksining bir qismini tashkil etadi. Ijtimoiy ish insonga ham, uning ehtiyojlarini qondirishga atrofdagilarning muhim amaliyot kasb etishini e’tiborga olgan holda atrofdagilarga ham yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ijtimoiy ish xodimlari nafaqat alohida odamlarga ko‘mak beradi, balki kengroq, global darajada ham o‘zgarishlar yasashga intiladilar. Respublikamizda olib borilayotgan demokratik huquqiy davlat barpo etish siyosati o‘z navbatida ijtimoiy ishchi xodimlariga bo‘lgan talabni yuzaga keltiradi va buning mobaynida bu soha vakillariga bir qator mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Bunday vazifalarga quyidagilarni misol tariqasida ko‘rsatish mumkin: ijtimoiy ish xodimlarining halol va madaniyatli inson bo‘lishligining zarurligi; himoyasidagi insonlarni millati, irqidan va dinidan qat’iy nazar barchasini baravar ko‘rib muomalaga kirish; ijtimoiy ish xodimi madaniyatining tamoyillariga amal qilish; ijtimoiy ish xodimning qanday vaziyat bo‘lishidan qat’iy nazar, insonparvarlik xususiyatlarini amalga oshirishga kuch va g‘ayrat topishligi; ayniqsa, mustaqil ravishda o‘zini o‘zi himoya qilishga qodir bo‘lmagan odamlarni, masalan, ishchi layoqatsiz bolalar va yoshlar hamda aqliy taraqqiyoti buzilgan yoki sekinlashgan kishilarni qabul qilingan ma’naviy sog‘lom qonunchilik doirasida himoyalashga doir ish olib borish; turli etnik guruhlar va jamiyatdagi insonni asosiy huquqlariga qarama-qarshi bo‘lmagan an’analar, madaniyatlar, mafkuralar, e’tiqodlar hamda fanlarni hurmat qilish va ularga yordam berish. Yuqorida qayd etilgan maqsadlarning barchasi ijtimoiy ish kasbining zaruriy omillari sanaladi va bu kasbning egasidan vijdonan yondashishlik talab qilinadi. Ushbu soha vakillarini respublikamizda mavjud huquqiy-me’yoriy hujjatlar ham qo‘llab-quvvatlaydi. Ijtimoiy ishning xorij tajribasi turli-tuman va xilma-xildir, deyarli barcha mamlakatlarda ijtimoiy ish xodimlari mavjud. Ulardan ba’zi birlari ixtisoslashgan o‘quv muassasalarida turli darajadagi tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lib, ular o‘zlarini professional deb hisoblaydilar. Ba’zilari esa professional tayyorgarlikka ega bo‘lmay, ijtimoiy ish bilan jamoatchilik qo‘li bilan shug‘ullanadilar yoki ijmtioiy muassasalarda yordamchi lavozimlarda yollanib ishlaydilar. Ijtimoiy ish xodimlari zamonaviy jamiyatning turli lavhalardagi va turli darajalardagi xilma-xil masalalarni hal etadi. Jumladan, individlar, oilalar, kichik guruhlar, bolalar, qariyalar bilan ishlash, tibbiy muassasalarda konsultant va psixoterapivt bo‘lib ishlash; ijtimoiy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish uchun moliya resurslarini topishga harakat qiladilar. Shuningdek, oiladagi zo‘ravonlik ko‘rinishlarini bartaraf etishga intilish, qashshoq kishilarni tibbiy xizmat bilan ta’minlash, va hokazolar bilan shug‘ullanadilar. Ijtimoy ishdagi yo‘nalishlarning xilma-xilligi bir tomondan hozirgi zamon jamiyati tizimidagi ijtimoiy muammolarning turli jihatlarini va ular yechimining xilma-xil variantligini tasavvur qilishga imkon bersa, boshqa tomondan, ijtimoiy ish zamonaviy ijtimoiy munosabatlarning ajralmas qismi ekanligidan dalolat beradi. “Ijtimony ish” sohasi XIX asr oxirida sanoat jihatidan ancha rivojlangan mamlakatlarda rivojlanib bordi. Biroq ijtimoiy institut va kasb sifatida bu tushuncha XX asr mobaynida asta-sekin qabul qilina boshlandi va birinchi bor bu ma’noda Shimoliy Amerika va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida institutlashdi va takomillashtirildi. AQSh va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida XIX asr oxiri va XX asr boshlarida pozitivizm va liberalizm vakillarining, shaxsning normal hayot kechirishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berilishi lozimligi haqidda davlatning shaxs oldidagi javobgarligi va ma’naviy burchi to‘g‘risidagi, shuningdek, vujudga kelgan ijtimoiy muammolarni aniq va ilmiy yo‘llar bilan hal etish, yordamga muhtoj har bir shaxsga individual yondashish lozimligi haqidagi qarashlari ijtimoiy islohotlar o‘tkazilishi zarurligi to‘g‘risidagi tushunchalarning shakllanishiga turtki bo‘ldi. XX asrning birinchi yarmida davlatning iqtisodiy jarayonga aralashuvining kuchayishi va “davlatning umumfarovonlik” nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi bilan shartlangan ijtimoiy ish institutlashuvi bilan tavsiflanadi. Professionoal faoliyatiing lbtidosi deb, odatda ijtimoiy xodimlarning asosiy huquq va majburayatylarining e’tirof etilishi va ular mehnatiga rasmiy haq to‘lapshing tashkil etilishi va shunaga muvofiq yangi o‘quv muassasalarining ixtissoslashgan assotsiatsiyalarning vujudga kelishi va yaratilishi bilan hisoblaydilar. Yuqorida ta’kidlanganidek, “ijtimoiy ish xodimi” kasbi avval AQShda so‘ngra G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy statusga, ya’ni maqomga ega bo‘ldi. Ijtimoiy ish xodimlarini tayyorlovchi birinchi ixtissoslashgan o‘quv muassasalari birinchi bo‘lib, Niderlandiyada (1910-yil) so‘ngra AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniyada ochildi. Birinchi va ikkinchi jahon urushi davrlarida bunday o‘quv mussasalari Britaniya bilan hamkorligkda Lotin Amerikasida tuzildi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng ijtimoiy ish maktablari Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq, Sharqiy Yevropa, keyinchalik Afrika mamlakatlarida ham ochildi. Hozirgi vaqtda dunyoda ijtimoiy sohaga ixtissoslashgan ijtimoiy ish uchun, kasbiy mahoratga ega kadrlar tayyorlovchi o‘nlab universitetlarda fakultetlar va oliy maktablar mavjud. Masalan, faqat G‘arbyay Yevropa mamlakatlarining 20 tasida ijtimoiy ish sohasi bo‘yicha ta’lim beruvchi 500 dan ortiq o‘quv muassasalari bor. Ko‘pchilik mamlakatlarda bu ta’lim tizimi davlat tomonidan moliyalashtirilgan. Shu bilan birga xususiy oliy o‘quv yurtlari va maktablar ham kam emas. Masalan, Italiya va Fransiyaning o‘zida ularning soni 120 dan ortiqroqdir. Ba’zi mamlakatlarda bunday xususiy maktablarning xarakteri ularning muayyan diniy konfessiyalariga tegishliligi bilan belgilanadi. Xususan, Portugaliya, Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida Rim katolik cherkoviga tegishli maktablari soni dunyoviy bilim beradigan o‘quv muassasalari sonidan ham oshib ketadi. XX asrning 60-yillarida xorijda yangi ijtimoiy ish o‘quv muassasalari juda ko‘p ochildi va avj olib rivojlandi. Bir vaqtning o‘zida oila instituti doirasida ham sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Shu vaqtlarda ijtimoiy ish bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab milliy va xalqaro assotsiatsiyalar tarkib topdi. Maxsus nashrlar tashkil etilib, ijtimoiy ishga oid kitoblar va maxsus jurnallar chiqarila boshladi. Ijtimoiy ish xodimlarining xalqaro axloq kodeksi ishlab chiqildi. Yevropa va Amerikaning qo‘shma mamlakatlarida, davlat ijtimoiy-siyosiy tadbirlarini o‘tkazish bilan bir qatorda ijtimoiy xizmatlarning yangi tizimlari yaratildi. Bolalarga yordam berish imkoniyatlari kengaytirilib, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun davolash-reabilitatsion muassasalar va markazlar tarmog‘i yaratildi. 60-yillardagi ijtimoiy ish, avval hukm surgan “ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi xodim” tushunchasining o‘rnini oldi va maxsus professional faoliyat sifatida dunyo miqyosida rasman tan olindi. Xorijda ijtimoiy ish xodimlari ijtimoiy, guruhi va individual darajadagi juda murakkab masalalarni hal etishda ishtirok etdilar. Ular bir tomondan, hayotni uyg‘unlashtirishga va alohida konkret insonni anglashga, hayot mazmunini belgilashda, inson o‘zini namoyon etish uchun imkoniyatlarini yaratishga intilsalar, boshqa tomondan - insonning ijtimoiy ta’lim tizimlari doirasida, inson o‘zini kamol topdirishga va o‘ziga to‘q bo‘lishi uchun jamiyatning javobgarligini oshirishga intiladilar. Bunda ijtimoiy ishning ijtimoiy munosabatlar tizimida harakat qiluvchi ijtimoiy institut sifatidagi bosh vazifasi – jamoa manfaatlarini, bir vaqtning o‘zida alohida individning manfaatlariga zarar qilmay, aksincha, uni amalga oshirishga yordam berib butun jamiyat manfaatlarini himoya qilishdir. Ijtimoiy ish ijtimoiy institut sifatida – barqaror tizim* vositasida “zaiflashgan” ijtimoiy guruhlar va alohida individlarning ijtimoiy sho‘balari, munosabatlarini qo‘llab-quvvatlash singari alohida qo‘shimcha vazifalarni ham bajaradi. Ijtimoiy ish ijtimoiy farovonlik tizimi deb, ataluvchi aholini ijtimoiy ta’minlash va ijtimony xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy himoyalashning yaxlit tizimini tashkil etuvchi davlat muassasalari, ijtimoiy va xususiy tashkilotlar; shu soha uchun mutaxassislarni tayyorlovchi oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalari; boshqa mafkuraviy-g‘oyaviy institutlar bilan birga umumqadriyatlar tizimini yuksaltirishga ta’sir etuvchi institutlar majmui deb qaraladi. Shunday qilib, ijtimoiy ish inson va jamiyatning ijtimoiy farovonligi tushunchasi bilan bog‘liqdir. Bu tushuncha o‘zining umumiy shakli bo‘yicha jamiyatning har bir a’zosi o‘z ehtiyojlarini qondirishi, shu jamiyatga xos bo‘lgan qadriyatlarga amal qilgan holda rivojlanishi, jamiyat tomonidan ijtimoiy va tabiiy ofatlardan himoyalash imkoniyatnga ega bo‘lgan jamiyatni yaratishga intilishi deb ifodalash mumkin. Har qanday zamonaviy industrial rivojlangan davlat ijtimoiy dasturlarga ega bo‘ladi va bu dastur asosan ijtimoiy ish instituti vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlarning asosiy maqsadi – bolalar va kattalarni ijtimoiy xavflar va tanazzuldan himoyalashdir. Ijtimoiy ish ijtimoiy farovonlkk konsepsiyasining bir qssmi bo‘lgan holda, jamiyatga daromad olib kelmaydigan funksiya sifatida qaralishi mumkin. U ijtimoiy, xususiy yoki ko‘ngilli tabiatga ega va stresli holatlarni yumshatishga hamda jamiyat taraqqdiyotidagi buzilishlar davrida kambag‘allarga yordam berishga qaratilgan. Bu ijtimoiy farovonlik konsepsyasini tor ma’noda tushunishdir. Kengroq ma’noda, ijtimoiy farovonlikning bir qismi sifatida, ijtimoiy ish ko‘ngilli yoki hokimiyat vakillariga ijtimoiy muammolarni hal etishda yordam berish yoxud alohida shaxslar, guruhlar va jamoalarning farovonligini yaxshilashga qaratilgan tashkillashtirilgan harakatdir. Bu jihatdan qaraydigan bo‘lsak, ijtimoiy ishning jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga kuchli ta’sir etuvchi naqadar muhim soha ekanligini ko‘rishimiz mumkin. XX asrning 90-yillariga kelib, farovon davlat haqidagi qarashlar sezilarli tarzda o‘zgardi. G‘arbning deyarli barcha siyosatchilari “faronvon davlat” (yoki ijtimoiy davlat) konsepsiyasining inqirozini qayd etadi. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy ish harakatiga ham ta’sir etdi. Jumladan, g‘arb mamlakatlarida ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga ajratiladigan mablag‘lar qisqartirildi. 80-yillarda ijtimoiy soha xodimlari yetishmagan bo‘lsa, hozirgi paytga kelib esa ayrim davlatlarda ijtimoiy ish va xizmat mutaxassislarining o‘zi ishsizlik muammosiga duch kelishmoqda. “Farovon davlat” (ijtimoiy davlat) liberal-konservativ siyosatchilar tomonidan taklif etilgan yangi ijtimoiy-mafkuraviy model, xususan, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning aralash shakllariga, ya’ni xarajatlarning ko‘proq qismini mijozlarning o‘zlari to‘lashi kerak bo‘lgan xizmatlarga o‘tish bilan inqdrozni bartaraf etish mumkin deb hisoblaydilar. Shunday bo‘lsa-da, ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmatlarning bozor iqtisodiyoti davrida samarasizligini va mushkulligini tanqid qilishlariga qaramay, G‘arbda ham, Sharqda ham, hozirgi rasmiy siyosatchilar va davlat rahbarlari ijtimoiy ish institutlarini qisqartirmayapti. Chunki ijtimoiy ish xodimlari hal etmoqchi bo‘lgan muammolarni hozircha yo‘qotib bo‘lmaydi, aks holda hozirg‘i zamon jamiyat tizimi ko‘p jihatdan madaniyat belgilarini, barqaror ijtimoiy rivojlanish imkoniayatlarini yo‘qotishi mumkin. Dolzarb muammolarni hal etish, shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish muqarrar tarzda yangi ehtiyojlarni, yangi muammolarni tug‘diradi, bu esa avvalgidan murakkabroq bo‘lib, ularni an’anaviy metodlar bilan hal etib bo‘lmavdi. Adabiyotlarda ijtimoiy ishni ikkita – Amerika va Yevropa tashkiliy jihatdan bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadilar. Albatta, bu bo‘lishi shartlidir. Gap ijtimoiy ishning aynan Amerika va Yevropa modellarining o‘zi haqida emas, balki ijtimoiy siyosatni qurollantirish modellari, ijtimoiy yoki ijtimoiy farovonlik konsepsiyasini amalga oshirshining turli shakllari haqida ketishi mumkin. Bu konsepsiyani amalga oshirishdagi farqlar aynan ijtimoiy farovonlik tizimining asosini tashkil etuvchi ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish faoliyatlarini tashkil etishda, davlatning ishtirok etishi darajasi bilan belgilanadi. Ko‘pincha ijtimoiy farovonlik tizulishini ijtimoiy boyliklardan bir xil foydalanish uchun ijtimoiy boylikni qayta taqsimlash quroli deb tasavvur qiladilar. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling