Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Download 1.31 Mb.
|
Agar uyidan chiqarib bersa bori yo‘q yarimta nonini gado,
Yarim xazinasini bergan podshohdan saxiylik bobida shu gado a’lo! Demak, o‘ha vaqtlardayoq muhtojlarga yordam berishlik, oshna-og‘ayni, yor-birodar bir-biriga qarz, sovg‘a-salom berishlik, hadya qilishlik, ko‘p bolali, nogiron, kambag‘al, beva-bechoralarga ushr, zakot, sadaqa, fitr-ro‘za (Ramazon oyining oxirida) berishlik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. XV asrda Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda shifoxonalar barpo etilishi keng tarqalgan. Bunday jamoat shifoxonasi “Dor ush-shifo” (“Davolash uyi”) nomi bilan yuritilib, ularda tabiblar bemorlarni davolaganlar. “Dor ush-shifo”da maxsus dorixonalar bo‘lib, ularda doripazlar bemorlar uchun dori-darmonlar tayyorlab berganlar. O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili Alisher Navoiy Hirotda bosh muhrdor va vazirlik lavozimlarida ishlaganida ham, Astrobodda hokim bo‘lganida ham, davlat yumushlaridan iste’foga chiqib, Hirotda yashagan davrlarida ham xalq farovonligi yo‘lida xizmat qilib, bunyodkorlik ishlari bilan shug‘uliandi. Zero, uning o‘zi: Odami ersang, demagil, odami Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami – degan edi. Shu so‘zlarning o‘ziyoq Alisher Navoiyning faoliyatini izohlab turibdi. Alisher Navoiy otasidan meros qolgan molu mulk va o‘ziga davlat amaldori sifatida ajratilgan yerlardan keladigan daromad hisobidan Hirotda “Ixlosiya” madrasasi, “Xalosiya” xonaqohi va jome’ masjidi, “Shifoiya”, “Nizomiya” madrasalarini, Marvda “Xisraviya” madrasasini, Hirotdan tashqarida “Raboti ishq”, “Raboti sang”, shoir Farididdin Attor qabriga maqbara, Nishopur shahri atrofidagi joylardan biriga “Raboti Yazdobod”, Gulast bulog‘idan Mashhad tomonga 80 chaqirim uzunlikda ariq qazdirib, ko‘priklar qurdirgan. Bundan tashqari, Alisher Navoiy beva-bechora, xonaqohlarda yashovchi talaba, mullavachchalarning ham moddiy ehtiyojlarini ta’minlab turgan. Masjid va madrasaga ajratilgan vaqf yerlaridan keladigan daromad evaziga madrasa toliblariga nafaqa, xizmatchilarga maosh, kundalik oziq-ovqat, kiyim-kechaklar ham berilganligi to‘g‘risida tarixiy ma’lumotlar mavjud. Navoiyning “Vaqfiya” asaridan: “Ixlosiya” madrasasining qarshisida, aytilgan katta ko‘chaning janubiy chetida bir xonaqoh qurildi. Bu yerda u Hazratning davlati davomli va saltanati barqaror bo‘lsin uchun quyida aytiladigan topshiriqlar bilan har kuni kambag‘allar va u yerda yashovchilarga taom berib turiladi va har yili ehtiyoji borlarga kiyim yetkazib beriladi. Bu xonaqohning janubiy tarafi bo‘lmish to‘rida gumbaz qurildi. Bundan bu mahalla u Hazrat davlatidan ma’mur, odamlari ham zich, ham xursand bo‘ldilar. Bu jamoat bilan jome’ masjidlari orasida ozgina masofa bor. Qishda ba’zilar sovuq va loyni, yozda chang va issiqni bahona qilib buyrug‘idan bexabar va uning savobidan bebahra qolar edilar”. Qo‘qon xonligida devonbegi (xon devonining sardori) xiroj va zakot ishlari, viloyatning hisob-kitob ishlarini olib borganlar. Qo‘qon xonligi viloyatlaridan Toshkent va Dashti qipchoq mulkda ham devonbegi amali bo‘lgan. 1810-1842–yillarda bu yerda Lashkar beglarbegi hokim bo‘lib, uning davrida bu o‘lkada hatto ikki nafar Hakim devonbegi va Xudoyberdi devonbegilar bu vazifani bajarganlar. Xonlik hududidagi muqaddas mozorlar atrofidagi yerlar aziz avliyolaming avlodlariga vaqf qilib berilishi bilan birga, ular xonlik tomonidan turli imtiyoz va inoyatnomalar olishgan. “Hazrati Habib Shayx” mozori ana shunday ziyoratgohlar jumlasidan edi. Davlat tomonidan berilgan imtiyozlardan tashqari muqaddas mozorlarning obodonchiligini ko‘tarish uchun xalq hasharlari ham o‘tkazilib turilgan. V.P.Nalivkinning yozishicha, Qo‘qon xonligi bosib olingach, muqaddas ziyoratgohlarga e’tiborning pasayishi natijasida ziyoratchilar soni ham kamayib borgan. O‘tmishda Farg‘ona vodiysi lo‘lilari sharqda Qirg‘iziston chegarasigacha g‘arbda Xo‘jandgacha bo‘lgan hududlarda ko‘chib yurishgan. Odatda, ularning shahar hamda qishloqlar yaqinida uzoq vaqt davomida to‘xtab turuvchi manzilgohlari bo‘lgan. Lo‘lilar, ko‘pincha ana shu manzilgohlarda qishlashgan. Oqsoqollar kengashi to‘porning eng hurmatli va obro‘li kishilaridan iborat bo‘lib, u turli masalaiarni hal qilgan. Masalan, boshqa to‘porlar bilan janjalni hal qilish, bir joydan ikiknchi bir joyga ko‘chish, to‘porning jabr ko‘rgan a’zosiga yordam tashkil etish va hokazolar. Oqsoqollar kengashining roziligisiz yoki qo‘llab-quvvatlovisiz oqsoqol muhim masalalarni hal qila olmagan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida shaharlar hamda katta qishloqlar atrofida yashagan lo‘lilar ba’zi masalalar bo‘yicha mahalliy qozixonalarga murojaat qilganligi haqida Turkiston general-gubernatorligi devonxonasi hujjatlarida qayd qilib o‘tilgan. 1740-yilda Qo‘qonda 5 ta masjid-maktab faoliyat ko‘rsatgan. Maktablar soliq-vaqf, o‘quvchilarning boy ota-onalari, ko‘pincha din peshvolari, boylar puliga ochilib, o‘quvchilarning istagi va imom roziligi bilan yilning istalgan vaqtida o‘qishga qabul qilingan. Abulqosim eshon (1810-1892) Rossiya imperiyasi istilosigacha Toshkentning eng nufuzli kishilaridan biri bo‘lgan. Uning asosiy kasbi xalqqa ilm-ma’rifat tarqatish edi. U kishi o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan katta bir madrasa qurdirib, unda tolibi ilmlarga dars o‘tganlar. “Abulqosim madrasasi” nomi bilan atalib kelgan bu bino hozir ham saqlanib qolgan va tarixiy arxitektura yodgorligi hisoblanadi. Abulqosim eshon Xoja Ahror valiy madrasasida ham talabalarni o‘qitganligini missioner Nikolay Ostroumov ham ta’kidlaydi. U Abulqosimxon eshon bilan 1885-yili uchrashgan va o‘sha suhbatni quyidagicha eslaydi: “U (Abulqosim) men bilan turli narsalar haqida ikki soat suhbatlashdi. O‘zi olim kishi bo‘lgani uchun o‘quvchilarga tarbiya berish niyatida o‘z yonidan 30 ming rublga yaqin pul sarflab, Beshyog‘och dahasidagi hovlisi yonidan pishiq g‘ishtdan madrasa bino etdi. Madrasada ba’zan yuz, ba’zan yuz ellik nafar talaba o‘qishi uchun yiliga ikki ming rubl pul sarfladi”. Buxoro amirligi poytaxtida “Bayt ul-moli” zakot va ushr xazinasi bo‘lib, undan fuqaro va miskinlarga nafaqa berilardi. Yana, shuningdek, “Bayt ul-moli”da tarokot xazinasi ham mavjud bo‘lib, undan kambag‘allar, yetim va kasallarga nafaqa berilardi. So‘nggi o‘rta asrlarda shahar karvonsaroylari ko‘p hollarda ilgarigi davrlarda bo‘lgani kabi egalari tomonidan ma’lum masjid va madrasa foydasiga vaqf etilar edi. Buni XIX asrda Toshkent karvonsaroylariga oid ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Bu ma’lumotlarga binoan Toshkentnmg Nurmuhammad qushbegi, Isabegi, Mahram boshi, Dasturxonchi, Abdurasul nomi bilan yuritiluvchi karvonsaroylari masjid va madrasalar foydasiga vaqf etilar edi. Ba’zi hollarda karvonsaroylarning vaqf etilishi qisman amalga oshirilishi ham mumkin edi. Xususan, Said Azim nomi bilan mashhur Toshkent karvonsaroyi foydasining 1/10 qismigina vaqf etilgan edi. Shuningdek, shahardagi Shohbek karvonsaroyidan keladigan daromadning faqat yarmigina vaqf etilgan edi. Shahar karvon saroylari faqat xorijiy savdo ahli ehtiyojlariga xizmat qilibgina qolmay, bu yerda mahalliy savdogarlar ham o‘z mollarini saqlar va ular bilan ulgurji savdoni amalga oshirar edilar. Xususan, XIX asrda Toshkentdagi Isobek, Shohbek, Dasturxonchi, Abdurasul va Mulla Omonboy Rais nomi bilan mashhur saroylarda ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi toshkentlik boy savdogarlar o‘z mollarini saqlaganlar. Karvonsaroylarning yana shunday bir turi ham mavjud bo‘lib, ular odatda boshqa saroylardan hajm jihatidan kichikligi bilan ajralib turar va ularda asosan kambag‘al yo‘lovchilar, yuksiz savdogarlar, o‘z tuyalarida yuk tashuvchilar to‘xtar edilar. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling