Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Funksional nazariy yondashuv


Download 1.31 Mb.
bet20/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94
Funksional nazariy yondashuv.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistondagi jadidlarning yosh avlodi “Tarbiyai atfol” jamiyati tomonidan chet ellarga o‘qishga jo‘natilgan. Abdurauf Fitrat mamlakatning xorijiy ishlar noziri sifatida faoliyat olib borayotganida bir guruh yoshlar Germaniyaga tahsil olish uchun yuborilgan.


Ta’kidlash kerakki, ijtimoiy ko‘mak va yordam funksiyasi masjidlarga, shuningdek, ijtimoiy-diniy birlashmalarga yuklatildi.
Ijtimoiy yordam ko‘rinishlari individual va jamoaviy shakllarga ega edi. Individual yordamning eng keng tarqalgan shakli islom ruknlaridan hisoblangan xayr-ehson, sadaqa, zakot, qurbonlik, mehmondorchilik, ushr, fitr-sadaqa (Ramazon oyining oxirida) va boshqalar shaklida namoyon bo‘ldi.
Jamoaviy yordamning eng keng tarqalgan jamoaviy shakli esa, hashar, qurbonlik va boshqalardir.
1918-yilga kelib murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat tufayli o‘lkada oziq-ovqat qahatchiligi yuz berdi. Buning natijasida ocharchilik kelib chiqdi.
Qo‘qon shahrida och, yetim bolalarga nisbatan quyidagi tadbirlar amalga oshirildi. Dastlabki maktab-internatlardan biri “Turkiston temir yo‘llari” Qo‘qon bo‘limi tashkil etildi. Bu bilim yurtda temir yo‘lchilarning bolalariga bepul oziq-ovqatlar berish bilan birgalikda temir yo‘lchilar mutaxassisligi uchun yosh kadrlarni ham tayyorlay boshladilar.
Farg‘ona viloyatida ochilgan yetimxonalardan tashqari mahalliy boylar masjidlar oldiga doshqozonlar qurib, ochlarni o‘z hisoblaridan ovqatlantirishgan. Bosh yetimxona Qo‘qon shahridagi Haqqulbek masjidida ochilgan bo‘lib, unda jami 800 ta erkak, 229 ta ayollar oziq-ovqat bilan ta’minlagan.
Qo‘qondagi yetimxonaga qarashli 10 desyatina yerda 50 kishi ish bilan band bo‘lgan. Dastlabki ochilgan yetimxona Qo‘qonda 50 bolaga mo‘ljallangan bo‘lib, 1918-yil sentabrda ish boshlagan. Bu yetimxonalarda har bir bolaga kuniga 112 so‘m 50 tiyindan mablag‘ sarflangan.
1918-yil 15-sentabrda Skobelev shahrida ham shunday muassasa ochilgan bo‘lib, unda 55-66 bola istiqomat qilgan.
Bundan tashqari, qarovsiz och bolalarga yordam berish uchun shahar miqyosida turli tadbirlar amalga oshirildi. Masalan, shahardagi mavjud teatrlar turli spektakllar uyushtirib, to‘plangan mablag‘larni och qolganlar hisobiga o‘tkazishgan.
Bu davrda asosan fuqarolar urushida nogiron bo‘lganlar va boquvchisini yo‘qotgan oilalar uchun pensiya tayinlangan. 1928-yildan keksalik va ko‘p yillik xizmatlari uchun pensiyalar dastlab sanoatning alohida ishchilari, keyinchalik esa, barcha ishchilarga berila boshladi.
1937-yilga kelib bu pensiya xizmatchilar uchun ham joriy etildi. Pensiya ta’minotida yagona tartib yo‘q bo‘lib, pensiya tarmoqlar tamoyili bo‘yicha tayinlangan.
1941-1945–yillardagi Ulug‘ Vatan urushi yillarida xalqimiz ko‘plab ota-onasidan ayrilib, yetim qolgan, boshpanasiz, norasida bolalarni o‘z bag‘riga olib, yedirib, kiyintirib, voyaga yetkazganlar. Shulardan biri Bahri opa va Shoahmad Shomahmudovlar oilasidir. Ular bir yo‘la 14 bolani tarbiyalab, vovaga yetkazdilar.
Bu esa xalqimizning o‘ziga xos insonparvarlik, al'truizm, beg‘araz, beminnat xizmat ko‘satish (Bular ijtimoiy ishning asosiy tamoyillaridandir - M.O.) kabi azaliy odatlarga sodiq qolganligining amaldagi isbotidir.
1956-yilda “Davlat pensiyalari to‘g‘risida” qonun qabul qilindi. Bu qonunga asosan barcha tarmoq ishchi-xizmatchilari uchun (kolxozchilardan tashqari) yagona pensiya tartibi belgilandi.
1964-yilda “Kolxoz a’zolariga pensiya tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilingach, barcha kolxozchilar uchun yagona pensiya ta’minoti joriy bo‘ldi. Mehnatga vaqtincha qobiliyatsizligi uchun nafaqalar, ayollarga homiladorlik va tug‘ish uchun beriladigan nafaqalarning miqdori ko‘paytirildi.
Ijtimoiy yordamning imtiyozlar va yengilliklar ko‘rinishidagi yangi turlari ham paydo bo‘ldi. Keksalar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – keng tarmoqli internat uylari, bolalar uylari (tola holda davlat qaramog‘idagi), protez qilish, nogironlar va ayrim toifadagi pensionerlarga shahar transportlaridan foydalanishda, shuningdek, turar joy, madaniy-maishiy xizmatlar va soliqlarga aloqador imtiyozlar va boshqalar joriy etildi.
1970-yilda urush va mehnat faxriylari respublika pansionati 1971-yilda “Tovoqsoy” va 1979-yilda “Oltiariq” sanatoriylari ishga tushirildi.
Mamlakat iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o‘ta boshlagach, pensiya ta’minotida ham islohotlar o‘tkazildi. Qarilik pensiyasi 25 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan 60 yoshlik erkaklarga, 20 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan 55 yoshga kirgan ayollarga beriladi. Nogironlik pensiyasi mehnat qilish qobiliyatini vaqtincha yoki uzoq muddat yo‘qotgan ishchi-xizmatchilar va boshqalarga tayinlanadi. Boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolariga beriladigan pensiya ishchi-xizmatchi, pensionerlarning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga beriladi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling