Afrosiyob


Download 481.5 Kb.
Sana09.09.2023
Hajmi481.5 Kb.
#1674915
Bog'liq
1-variant.20.09.2020


AFROSIYOB” education Ziyodullo Polvonov

1-variant
MAJBURIY FAN
1. Gado arazlasa, to‘rvasiga ziyon. Ushbu gapda nechta tub so‘z tarkibida til oldi undoshi ishtirok etgan?
A) 2 ta В) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta
2. dunyo // qarash, murojaat // noma, Besh // ariq, havo // rang, kelib // ketmoq, beda // poya, umum // insoniy, qabul // qilmoq, ko‘r // ichak. Ushbu juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda nechtasi qo‘shib yoziladi?
A) 5 tasi B) 7 tasi C) 6 tasi D) 8 tasi
3. Qaysi javobdagi birliklar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?
A) chiqqin, yo‘rgakka
B) boqqa, XXI-tur
C) matin, 5-xona
D) to‘xtadida, gapirdiku
4. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydi?
A) xasta, kasal B) narx, qiymat
C) asir, tutqun D) ahl, inoq
5. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Chodir ichi gavjum, ko‘zlar muntazir,
Mikrofon oldida davr sohibi:
B) Qizil gulim, qora ko‘zim, tilagim,
Dunyo sening boqishingdan o‘rgulsin.
C) Mahalla, choyxona, takya va guzar Minutni soat deb yo‘lga ko‘z tutar.
D) So‘zi xalqni qattiq kuldiradi goh,
Goho u qalblardan uzdiradi oh...
6. Qaysi javobda ravish turkumiga oid so‘z bilan paronim bo‘la oladigan birlik berilgan?
A) adil B) hiyla C) lahm D) bop
7. Ko‘ngli ochiqning qo‘li ochiq,
Qo‘li ochiqning yo‘li ochiq.

Ushbu parchada necha o‘rinda yasama so‘zla qatnashgan?
A) 4 B) 6 C) 3 D) 5
8. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi mavjud? A) Dastlabki hadisda salom bermoqlikning g‘oyat muhim xislat ekanligi uqtirilmoqda.
B) Bu gaplarimni ukangga aslo ayta ko‘rma.
C) Yer yuzini munavvar etaylik.
D) Siz o‘g‘limga ozor bermang.
9. Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi qatnashgan?
A) 10 minutdan so‘ng barcha guruhdagilar joylariga o‘tiradilar.
B) Xuddi kimdir ataylab bo‘yab qo‘yganga o‘xshab ko‘rinadi.
C) Shu gapni besh marta takrorladi.
D) Paxta to‘g‘risida ko‘p yozdi.
10. Qaysi javobda olmosh o‘zi ishora qilgan so‘z bilan o‘zaro bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan?
A) Otam «Mirzo» va «G‘ulom» taxallusi bilan talay she’rlar yozgan. Lekin bular bir yerda to‘planib chiqqan emas.
B) Yer yuzida tillar ko‘p. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra ularning miqdori 3000 dan ortib ketadi.
C) Qisqa vaqt ichida gimnaziyaga zamonaviy kompyuterlar keltirildi, ular internet tarmog‘iga ulandi.
D) So‘zlarni izohlang va ular ishtirokida gaplar tuzing.
11. Tarkibida sof ko‘makchi qatnashgan gapni aniqlang. A) Ona bilan bola – gul bilan lola.
B) Hammasini tinglardim, ammo O‘xshashini topmasdim aslo.
C) Sihat tilasang ko‘p yema, izzat tilasang ko‘p dema.
D) Bir gul bilan yoz bo‘lmas.
12. Tobe va hokim qismlari yasama so‘z bilan ifodalangan so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Aqldan ortiq boylik yo‘q.
B) Ilmsiz – bir yashar, Ilmli – ming yashar.
C) Mirsayid aka shunday jonli gapirar edi.
D) Izzat tilasang, ko‘p dema, Sihat tilasang, ko‘p yema. 13. Gap bo‘laklari joylashuvi aniqlovchi, to’ldiruvchi, ega, kesim tartibida joylashgan gapni aniqlang.
A) Bugungi ishni ertaga qo‘yma!
B) Qolgan ishga qor yog‘ar.
C) Ko‘kka boqma, ko‘pga boq!
D) Ko‘pdan ayrilganni bo‘ri yer.
14. Qaysi javobda to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap berilgan?
A) Qayerda ahillik bo‘lsa, o‘sha yerda qut-baraka bo‘ladi. B) Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-u yurt bezor.
C) Shu narsa qiziqki, uyquda ham miya o‘z faoliyatini to‘xtatmaydi.
D) Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam.
15. Vatanni himoya qilish uchun jon fido etgan
o‘g‘lonlarimizning onalarini achchiq iztirob, ayriliqlar
qiynasa ham, ular istiqlolga erishish maqsadida ko'ksini
qalqon qilgan farzandlari haqida faxrlanib gapiradilar.

Ushbu gapda ko‘makchilar qaysi gap bo'laklarini
shakllantirgan?
A) maqsad holi, maqsad holi, vositali to'ldiruvchi
B) sabab holi, maqsad holi, kesim, vositali to'ldiruvchi
C) vositali to'ldiruvchi, maqsad holi, vositali to‘ldiruvchi
D) sabab holi, sabab holi, vositali to'ldiruvchi

ASOSIY FAN


1. O‘zini sovuqda qaltirayotgandek his qilgan kampir qizi bergan choydan qaynoq-qaynoq ichgach, tanasiga yoqimli issiqlik yugurdi. Berilgan parchadagi fonetik hodisa asosida yozilgan so‘zlar haqida berilgan to‘g‘ri fikrni belgilang.
A) Fonetik hodisalar faqat yasama so‘zlar tarkibida kuzatilgan.
B) Fonetik hodisalar shakl yasovchi va so‘z yasovchi qo‘shimchalar ta’sirida ro‘y bergan.
C) Tovush almashishi lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar ta’sirida ro‘y bergan.
D) Fonetik hodisalarning bir turi kuzatilgan.
2. Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z uchraydi?
A) Chakka suyaklari turtib chiqqan, peshana – bo‘yiga tor, eniga keng va uzun uch chuqur ajinga ega.
B) So‘ngra qo‘lga olib zalvarli gurzi,
Bir-birin savadi, bir-birin ezdi.
C) Chunki jonli bulbul har gal o‘zicha yurakdan kuylar, sun’iy bulbul esa xuddi qo‘g‘irchoq sharmankaday faqat bir yo‘sinda qo‘shiq aytar edi.
D) Fikr ifodalash uchun kerak bo‘lgan so‘zlarning ba’zilari matn yoki nutq vaziyati taqqozosi bilan ishlatilmagan gaplar to‘liqsizgap deyiladi.
3. Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z sinekdoxa usulida ko‘chma ma’no hosil qilmagan?
A) Mana, uch kundan beri qorasoqol yelkasiga ov miltig’ini osib, bo’rilarni ta’qib qiladi.
B) Bu olamda Oy tanho, muborak Quyosh tanho,
Bo‘y qizlarning ichinda bir shu egma qosh tanho.
C) Taqdir kuldi, o‘lim tegmasdan O‘tib ketdi, qilmadi jur’at.
D) – Unday demang, eshitgan quloqqa yomon.
4. Qaysi javobda paronimi mavjud bo‘lgan ot berilgan?
A) asil B) halol C) xiyla D) ta’rif
5. Qaysi javobdagi so‘zlar shakldoshiga ega?
A) yod, tarif B) mijoz, erk
C) dunyo, laqqa D) mahal, she’r
6. Asosi fe’lga mansub bo‘lgan yasama otlar berilgan javobni belgilang.
A) namgarchilik, bo‘yoqchilik, ko‘pchilik
B) tiniq, yo‘liq, ekin
C) unum, uyum, qo‘nim
D) ishonch, ovunch, tiqilinch
7. Qaysi gap tarkibida ot yasovchi qo‘shimcha bilan omonim bo‘la oladigan ismlarning munosabat shakli qatnashmagan?
A) Bu davrda 14 jildlik qomusiy lug‘at, 2 jildlik izohli lug‘at va to‘plamlar nashr qilindi.
B) Ozgina totib ko‘r-chi, bolam, zora ishtahang ochilsa.
C) Men kitobimning shunchaki ermak uchungina o‘qilishini aslo istamayman.
D) Tepamdan go‘yo yashin urgandek, sapchib o‘rnimdan turdim.
8. Quyidagi qaysi gap(lar)da son otlashmagan?
1) Har ikkalasi g‘amim bila sabrimdek, Borg‘on son bu ortadur, ul kam bo‘ladur. 2) Chang havoga ko‘tarilib, ikkovimizni ham bir necha bor qattiq aksa urdirdi.
3) U har ikkala qurolni g‘ilofdan chiqarib, o‘z mamlakatida bularning ayrimida soqol qirishlarini, boshqasida esa go‘sht kesishlarini aytdi. 4) Pishillab nafas olayotganimizni har ikkalamiz ham eshitib turardik.
A) 1, 2, 4 В) 2 , 4 С) 1, 3, 4 D) 3
9. Qaysi javobdagi fe’llar faqat gapning ikki xil bo‘lagi vazifasini bajargan?
A) Hikoya davomida Fanorchi ota kayfiyati va ruhiyatida yuz bergan bir o‘zgarishni sezgandirsiz.
B) Bu hislar hozirgina beboshlik qilib, keksa kishining urinishlaridan kekkayib turgan, hatto uning ustidan «piq-piq» kulayotgan bolalar ko‘ngliga ham ko‘chadi, ularni insof, shafqat ko‘chasiga yetaklaydi.
C) Bizning uydan tor ko‘cha bo‘ylab yuz qadamcha yurilsa, tosh terilgan katta ko‘chaga – «Oqmachit» mahallasiga chiqiladi.
D) Bobom qalashib yotgan handalaklardan bitta kichkmasini oladi-da, hidlab qo‘limga tutqazadi, keyin bahosini so‘raydi.
10. Qaysi javobda hol vazifasida kelgan fe’llarning yetakchi morfemasi shakldoshlik xususiyatiga ega?
A) Bu ingichka xirilloq ovozning egasi, har bir so‘zidan zahar tomchilab turgan bu odam... amir Sulton Jondor edi!..
B) Yoyning o‘qi yashinday oqib ketdi, tosh tablani teshib o‘tdi, ot o‘zini o‘ng‘arguncha G‘irotning jilovini ushlab, egarlab olib keldi.
C) Beruniy, guzarga chiqqach, tanish meshkobchidan bir kosa sovuq suv so‘rab oldi-da, uni ichib, sada tagida uzoq o‘yga tolib o‘tirdi.
D) Amiral mo‘mininning bu odati esiga tushgan Unsuriy ko‘rpa tagidan chiqib turgan qoqsuyak oyoqlarga asta qo‘l cho‘zdi.
11. Dadasi har kuni ishga ketishda ham, ishdan qaytishda ham qo‘liga olar, suyar va gaplariga kular edi. Ushbu gapdagi boshqaruv munosabatli so‘z birikmalari sonini aniqlang.
A) 5 В) 4 C) 7 D) 6
12. Qaysi javobda moslashuv munosabatli so‘z birikmasi ishtirok etmagan?
A) Ona til, ona tilim, Asl, durdona tilim.
Sen millatning mulkisan, Chiroyisan, ko‘rkisan.
B) Biz sizlarni gazeta sharhi bilan tanishtirdik.
C) Inson farzandi uchun pokizalikdan ulug‘ baxt bormi? Kamol topishi Sizga, menga – hammamizga bog‘liq emasm.
D) Birov bor – baxtini pulda ko‘radi,
Birov bor – baxtini ko‘radi qizda.
13. Navoiyning ummon qadar bepoyon ijodidan hamma o‘z iste’dodiga yarasha bahramand bo‘lishi mumkin. Ushbu gapda ishtirok etgan gap bo‘laklari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas?
A) olmosh bilan ifodalangan gap bo‘lagi bir o‘rinda aniqlovchini o‘ziga tobelantirib kelgan
B) ikki o‘rinda aniqlovchini tobelantirgan vositali to‘ldiruvchi kesimga bevosita bog‘langan
C) gap bo’laklarini shakllantirishda sof va vazifadosh ko’makchilar ishtirok etgan
D) kesimi qo‘shma ot-kesim sanaladi
14. Qaysi gapda barcha to‘ldiruvchilar kesimga bilvosita bog’langan?
A) Aytdim-ku, hech kimdan ko‘rmaganingni mana shu Fotmadan ko‘rasan.
B) Moziy va istiqbolga munosib bo‘lish uchun, keling, Siz ham mana shu tabarruk ayyomlarning totini teran his qilib shukronalik bilan hayot kechiraylik.
C) Opaning ko‘zlariga yana bir bora boq, horg‘inligiga e’tibor ber.
D) Agar sen go‘daklik zamoningda onang sen bilan qanday hayot kechirganini, o‘zingning esa osmon bilan yerning farqini bilmaydigan bir chaqaloq bo‘lganingni bilishni istasang, atrofingdagi onalarga qara.
15. Qaysi gapda uyushiq ega qatnashmagan?
A) Bulutlar haydar shamol, Goh yog‘ib о’tar yomg‘ir, Barglar pokiza, zilol, Goh quyosh to‘kadi nur.
B) Mevani gullata bilishgina emas, balki undan mo‘l va shirin hosil yetkaza bilish san’atdir.
C) Jomiy va Navoiy o‘rtasidagi yakdillik va do‘stlik o‘zbek hamda tojik xalqlarining birodarligi va do‘stligining yorqin timsolidir.
D) Qirlardagi lolalar va tog‘ etaklaridagi binafshalar kishiga huzur bag‘ishlaydi.
16. Ota-onasiga kimki bo‘lsa oq,
Bu ham og‘ir gunoh sanalgay mutloq.
Agarda yolg‘ondan bersa guvohlik,
Uning ham gunohin kechirmas Holiq.
Shu to‘rtta gunohdan bo‘lsa kim forig‘,
Bilingki, ularning manglayi yorug‘.
Ushbu gapdagi fe’l kesimlar haqida bildirilgan to‘g‘ri fikrni toping.
A) Ushbu gapda qatnashgan fe’l kesimlarning barchasi yasama so‘z bilan ifodalangan.
B) Ushbu gapda qatnashgan fe’l kesimlar sodda va qo‘shma fe’l kesimlar sanaladi.
C) Ushbu gapda qatnashgan fe’l kesimlar buyruq-istak va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalagan.
D) Uch o‘rinda fe’l kesim ishtirok etgan.
17. Ertayev: “Mayli, mayli, buni keyin gaplashamiz, do‘stim”, – dedi kulib. Ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda sodir bo‘ladigan grammatik o‘zgarishlar to‘liq ajratib ko‘rsatilgan javobni belgilang.
1) ko‘chirma gap tarkibidagi undalma tushirib qoldiriladi; 2) muallif gapning egasi qaratqich aniqlovchiga aylantiriladi; 3) ko‘chirma gapining egasi o‘zlashtirma gap egasi bo‘lib gap boshida keladi; 4) ko‘chirma gap tarkibidagi kiritmalar tushib qoladi. 5) ko‘chirma gapining kesimi o‘zlashtirma gap kesimi bo‘lib keladi
A) 1, 2, 4, 5 B ) l, 2, 5 C) 1, 2, 4 D) faqat 4
18. Kesimlari ismlarga mansub so‘z bilan ifodalangan ko’rsatish olmoshli qo‘shma gapni toping.
A) Buning natijasi shu bo‘ldiki, To‘laganning qanshariga musht tushdi.
B) U shunday og‘ir xayollar bilan charchoq qadam tashlab vokzaldan eski shaharga jo‘narkan, kimdir uning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.
C) Shuni angladimki, inson qobiliyati cbeksiz ekan.
D) Keragi shuki, ana shu miqqiyni ham boqish kerak.
19. Ilmda hijolar qaysi belgilar bilan ifodalangan?
A) qisqa hijo – «–»; cho‘ziq hijo – «V»;
o‘ta cho‘ziq hijo – «~ »
B) qisqa hijo – «V»; cho‘ziq hijo – «~ »;
o‘ta cho‘ziq hijo – «–»
C) qisqa hijo – «V»; cho‘ziq hijo – «– »;
o‘ta cho‘ziq hijo – «~ »
D) qisqa hijo – « ~»; cho‘ziq hijo – «–»;
o‘ta cho‘ziq hijo – «V» 8
20. Shunday bolalarcha tuyg‘ular og‘ushida lirik qahramon birdan kattalarga xos mulohazalarga o‘tadi. Shu tariqa zimdan haqiqiy hayot bilan bolalik tasavvurlari muqoyasa qilinadi. Hayotda chin do‘st topish mushkulligi, bu uning ko‘nglida dog‘lar qoldirgani, agar singlisining nozik qalbi ham toliqqan bo‘lsa, davosi – tinmoq, unutmoq ekani aytiladi. Ushbu jumlalarda qaysi ijodkor she’ri haqida gap ketmoqda?
A) S.Yesenin “Singlimga xat”
B) Mirtemir “Qishlog‘im”
C) S.Yesenin “Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan”
D) Usmon Nosir “Bolalik”
21. “Odamlarga nima bo‘lgan o‘zi? Ularga o‘limdan boshqa hamma narsa muhim!” Ushbu jumla qaysi asar qahramoniga tegishli?
A) “Asrga tatigulik kun” Edigey
B) “Oq kema” Baymoq kampir
C) “Yulduzlar mangu yonadi” Bo‘ri polvon
D) “Chinor” Ochil buva
22. O’ljas Sulaymon qalamiga mansub “Arg’umoq” she’ri tarjimonini belgilang.
A) Azim Suyun B) Sh.Rahmon
C) S.Sayyid D) Usmon Azim
23. X.To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asarida Soraxon folbinning gaplariga ishonmanglar deb Hoshimjonga kim aytgan edi?
A) o‘qituvchisi B) buvisi C) onasi D) do‘stlari
24. Shu choqda uning sodda Ko’ngli juda toliqdi: “Jinday non bormi?” – dedi. …. “Yo’qdir berar nonimiz, Lekin kuyar jonimiz …” H.Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” asarida ushbu so’zlar kim tomonidan aytilgan?
A) Baliqchilar va Oygul B) Oygul va Baxtiyor
C) Baxtiyor va baliqchilar D) Oygul va o’tinchi chol
25. Qaysi asarda yaxshi ot mard yigitning qanoti ekanligi aytiladi?
A) Mahmud Kpshg’ariyning “Devonu lug’ot at-turk” asarida
B) Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida
C) “Go’ro’lining tug’ilishi” dostonida
D) Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” asarida
26. “Kuntug‘mish” dostonida Gurkiboy bilan Mohiboy necha yoshga kirganda Kuntug‘mish karvonga duch keladi?
A) 2 yosh B) 3 oylik C) 3 yosh D) 5 oylik
27. “Davlat uchun ko’ngulni zor etma,
Izzat uchun o’zingni xor etma”.
Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanida Bobur ushbu baytni qayerda yozganligini aytadi?
A) Toshketda B) Samarqandda
C) O’ratepada D) Andijonda
28. Oybekning “Navoiy” romanida Alisher Navoiy “O’ligi ham bir balo, tirigi ham bir balo” deb kimni aytadi?
A) Majdiddinni B) Shahobiddinni
C) Alishohni D) dushmanni

29. “Xalq hukmi – Haq hukmi”.


Tog’ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” asarida Bo’ri polvon ushbu so’zlarni aytib, xalqning roziligi bilan kimni qo’l chil ishlatganligi uchun davradan chetlashtiradi?
A) Rahmatni polvonni B) Sher polvonni
C) Karim po’stakni D) Juma polvonni
30. Chiq jamolingni ochib, to elga husnin sotg‘ali,
Qilmasun olam aro ko‘p arzi diydor oftob.
(Munis)
Ushbu baytda quyidagi she’riy san’atlardan nechtasi qo‘llangan?
1. ta’did 2. tarse’ 3. tashxis 4. tanosib. 5. ruju
A) 2 B) 3 C) 4 D) 1



Ushbu test “Afrosiyob” o’quv markazida 20.09.2020 sanasida olindi.
Kun hikmati: “Yuzingga oy shu’lasi tegmayotgan bo’lsa, quyosh derazangga nur sochmayotgan bo’lsa, kamchilikni na oydan, na quyoshdan izla! Ko’zlaringdagi pardani olib tashlagin”. (Jaloliddin Rumiy)










@ona_tili_adabiyot_AFROSIYOB

Download 481.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling