Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Download 1.31 Mb.
bet3/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Dars metodi: Blits so‘rov, an’anaviy ma’ruza, suhbat, qisqa muddatli test.
Dars mazmuni:


Ijtimoiy ishning fan sifatida tavsifi.

Insoniyat vujudga kelibdiki, zaiflar, nogironlar, qariyalar, bolalar, bemorlar, boringki, barcha yordamga muhtojlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilib keladi. Bu g‘amxo‘rlik turli tarixiy bosqichlarda turli shakllarda namoyon bo‘lgan. Ibtidoiy odam qo‘lga kiritgan o‘ljasining bir qismini o‘zi yashayotgan g‘ordagi bemor va nogironlarga olib kelishi insonning inson to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishining dastlabki ko‘rinishi edi.


Butun tarix davomida odamlarning bir-birlarini o‘ldirishi, qirishi, azoblashi, xo‘rlashi bilan bir qatorda o‘zaro g‘amxo‘rlik qilishi, yordam berishi, e’zozlashi va hurmat qilishi yonma-yon mavjud bo‘lib keldi. Xayriyatki, bu tamoyillardan ikkinchisi ustun keldi va insoniyat taraqqiyot sari yuz tutdi. Agar birinchi tamoyil ustun kelganda, insoniyat inqirozga yuz tutishi va umuman yo‘q bo‘lib ketishi mumkin edi.
Avvallari zaiflar, nogironlar, qariyalar, bolalar va umuman muhtojlarga yordam alohida shaxslar va guruhlar tomonidan ko‘rsatilgan bo‘lsa, XIX asr oxirlaridan bu funksiyani davlat tashkilotlari o‘z zimmalariga ola boshladi. Muhtojlarga ko‘mak berishni asosiy vazifa sifatida belgilab olgan davlat tashkilotlari, muassasalari bilan bir qatorda nodavlat tashkilotlar ham paydo bo‘la boshladi. Muhtojlarga yordam berish uchun maxsus tuzilgan ana shunday tashkilot va muassasalarning paydo bo‘lishi muhtojlarga ko‘mak berish jarayonining institutsionallashuvini anglatar edi. Bu jarayonning oqibatlaridan biri esa yangi kasbning, muhtojlarga yordam ko‘rsatishni kasbiy asosda amalga oshiruvchi mutaxassislarning maydonga kelishi bo‘ldi. Bu mutaxassislik ijtimoiy ish nomi bilan atala boshladi.
XIX asr oxiridan boshlab dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida ijtimoiy ish va ijtimoiy pedagogika bo‘yicha mutaxassislar oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ko‘plab tayyorlana boshladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin ta’limning bu sohasi yana ham keng quloch yozdi.
Sobiq sho‘rolar tuzumida muhtojlarga yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan nogironlar uyi, qariyalar uyi, bolalar uyi, qabul qilish-taqsimlash muassasalari ancha miqdorda tashkil etilgan bo‘lsa ham, ijtimoiy ish va ijtimoiy pedagogika bo‘yicha mutaxassislar oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida maxsus tayyorlanmadi. Yuqorida sanab o‘tilgan muassasa va tashkilotlarda fan va ishlab chiqarishning turli sohalari bo‘yicha ixtisoslikka ega bo‘lgan shaxslar ishlar edi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, qariyalar, yetim-yesirlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berila boshladi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning qator Farmonlari, o‘nlab huquqiy-me’yoriy hujjatlar, 1997-yil “Inson manfaatlari yili”, 1998-yil “Oila yili”, 1999-yil “Ayollar yili”, 2001-yil “Onalar va bolalar yili”, 2002-yil “Qariyalarni qadrlash yili”, 2004-yil “Mehr va muruvvat yili”, 2005-yil “Sihat-salomatlik yili“, 2006-yil esa “Homiylik va shifokorlar yili” deb e’lon qilinishi mamlakatda ijtimoiy sohaga qanchalik katta e’tibor berilayotganing dalilidir.
Har qanday kasb odamlarning ehtiyojlariga javob tariqasida vujudga keladi, lekin ana shu “javob”ning shakllanishi ba’zan qisqa, ba’zan esa juda uzoq vaqt davom etishi mumkin. Masalan, informatika bo‘yicha mutaxassislarga talab keyingi bir necha o‘n yilliklar davomida vujudga keldi. Bu ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislar 20-30 yil davomida butun dunyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda ko‘plab tayyorlandi.



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling