Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Ijtimoiy himoya ijtimoiy ish shakli sifatida
Download 1.31 Mb.
|
Ijtimoiy himoya ijtimoiy ish shakli sifatida.
Ijtimoiy ishning zamonaviy texnologiyalarni egallash mutaxassislarga o‘z vaqtida kishilarning hayotiy zarur ehtiyojlarini qondirishga, inqirozli davrlarda ularning yashashiga yordam berish va ularning hayot darajasi va sifatini yaxshilashga bevosita tasir etishga imkon beradi. Ijtimoiy ish zamonaviylikning sotsiomadaniy fenomeni sifatida 100 yil avval vujudga kelib, kasbga aylandi, yangi yo‘nalishlar, funksiyalar, texnologiyalar bilan boyidi. U hozirgi paytda jamiyat hayot faoliyatining muhim sohalarida amalga oshirilayapti: aholini ijtimoiy himoyalash tizimida maorif va sog‘liqni saqlashda, harbiy muhitda va penitentsar muassasalarda, sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish korxonalarida, sport-sog‘lomlashtirish va madaniy dam olish faoliyati sohalari va boshqalarda. Ijtimoiy sohaning har bir tarmog‘ida insonga yordam va madad berishning konkret vazifalari hal etilayapti. Ijtimoiy ishning o‘z qonuniy va me’yoriy-huquqiy bazasi bor, sinalgan texnologiyalar qo‘llanilayapti, faoliyatning professional turi sifatida ijtimoiy ish funksiyalarini to‘la amalga oshirish uchun ijtimoiy sharoitlar yaratilayapti. Har bir inson muayyan ne’matlar va boyliklarga mutloq va oydin bo‘lgan huquqqa egaligiga ishonch, qaysi bir sohadla ishlamasin, har bir ijtimoiy ish xodimining asosiy professional qo‘llanmasi bo‘lishi zarur. Turli vaqtda inson huquqlari haqidagi tasavvurlar tubdan qayta ko‘rib chiqilgan bo‘lsa ham, bu prinsip sezilarli o‘zgartirishlarga uchragani yo‘q. Aksincha, XXI asr boshida bu prinsipni professional yoki jamoatchilik boshlanishi asosida hayotga tadbiq etishni xohlovchilar soni ancha ko‘paydi. Hatto “yordam beruvchi kasb vakillari” degan yangi tushuncha paydo bo‘ldi – bularga amaliy psixologlar, psixoterapevtlar, ijtimoiy pedagoglar, ijtimoiy ish xodimlari va boshqalar kiradi. Shu bilan birga ko‘rsatib o‘tilgan ixtisosliklar bilan professional faoliyat o‘rtasidagi chegarani aniq belgilash, shuningdek, faqat ijtimoiy himoya va ijtimoiy xizmatni ta’minlash bilan emas, balki insonlarni muhtojlikdan, qashshoqlikdan, adolatsizlikdan, marginallikdan qutqarishga, cheklangan imkoniyatlarni yengishga, o‘z muammolarini mustaqil hal etish qobiliyatini qaror toptirishga yordam beruvchi, yordam berishning turli ijtimoiy tizimlarida band bo‘lgan kishilar pozitsiyalari farqlarining mohiyatini aniqlash zarur. Ijtimoiy ish kasb sifatida inson kulfatlari ko‘lamlarini chuqurroq bilishning markazidir. Demak, bu kasb vakillari hayotga tadbiq etilayotgan hukumat qarorlariga javoban davlatga ancha mos qaytar aloqani ta’minlashlari, unsurlari atrof-muhitning va jismoniy sog‘liqning ahvoli bo‘lgan hayot sifatini yaxshilash yo‘llarini, iqtisodiyot, maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoyalanganlik darajasini ko‘rsatish mumkin. Ijtimoiy ish xodimi qaysi sohada ishlamasin, u quyidagi prinsipial pozitsiyada turib ish ko‘rishi kerak: inson uning ravnaqi va munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yarata bilishi, kishilarning kundalik hayotini yengillashtirishi, ularga ko‘p sonli ijtimoiy muammolarni hal etishda yordam berishi, o‘z funksiyasini ijtimoiy soha xususiyatini, konkret sotsiumni hisobga olgan holda bajarishi lozim. Ijtimoiy ishning obyekti “sotsiumdagi shaxs”dir. Ijtimoiy ish mijozining mutaxassislar, turli strukturalar va muhit bilan o‘zaro munosabati, o‘zaro ta’siri har qanday sotsiumda ijtimoiy ishning predmetini tashkil etadi. Ijtimoiy ishdagi muhim jihat – biz ko‘pincha boshqa odamlar uchun nima kerakligini hal qilish huquqiga ega emasligimizni anglashga, ularning o‘zlari mavjud variantlardan eng maqbulini tanlashga izn berishimizga bo‘lgan ishonch. Odatda, ularning mavjud muqobilliklarni anglab yetishida, xulq-atvorning mavjud variantlaridan har birining qiyosiy ustunliklari va kamchiliklarini baholashda, qarorlarni ongli va oqilona qabul qilishda yordam kerak bo‘ladi. Bunday yondashuv davlat vakillari odamlarning o‘zini qanday tutishlari lozimligini zo‘rlik bilan tushuntirish, ularga yordam ko‘rsatish xarakterini belgilashda o‘zlarining tavsiyalarini tiqishtirish an’anasi bilan bog‘liq avtoritar yondashuvdan keskin farq qiladi. Mushkul ahvolga tushib qolgan odamlarga o‘zlarining his-tuyg‘ularini ifodalash, tanglik holatidan chiqish yo‘llarini topish, tegishli qaror qabul qilish va uni hayotga tadbiq etishda yordam berish uchun avtoritar ish usullaridan voz kechishdan tashqari har bir odam o‘z hayotini o‘zi muvaffaqiyatli tarzda tashkil etish huquqiga egaligi va layoqatliligiga chindan ishonishi ham zarur. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling