Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Download 1.31 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars metodi
Qo‘shimcha adabiyotlar
Ганиева М.Х. Введение в социалную работу. Методическое пособие. – Ташкент. 2011. – 96 с. Павленок П. Введение в профессию социалный работник. – М., 1998. Шубина А.В. Особый ребёнок: уход и развитие. Методичекое пособие. – Ташкент: “РССАД”, 2009. Ахунджаенова С.А., Ганибаева Ш.К., Ганиева М.Х., Карамян М.Х. Система социалной защиты детей в Узбекистане: состояние и перспективы. – Ташкент: “МУҲАРРИР”, 2011. – 136 с. Ganieva M.X., Karamyan M.X., Latipova N.M. Ijtimoiy ish asoslari. O‘quv- uslubiy qo‘llanma. – Toshkent: “JAHON PRINT”, 2012. – 82 b. Латипова Н.М. Теория социалной работы. Методическое пособие. – Ташкент: “НУУз”. 2013. – 88 с. Tadjieva S.X., Xusanova X.T. Majdidova D.A. Kam ta’minlangan ko‘p farzandli oilalar bilan ijtimoiy ish: tajriba va amiliyot. – Toshkent: “Fan va tehnologiya”, 2014. – 108 b. Теория и методика социалной работы: Краткий курс / Под ред. С.И.Григорева. – М., 1994. Социалная работа: учебное пособие. – 2-е изд., перераб. и доп. – Ростов н/Д: “Феникс”, 2003. – 480 с. Dars metodi: Blits so‘rov, an’anaviy ma’ruza, suhbat, qisqa muddatli test. Dars mazmuni: Etnik muhitda ijtimoiy ishni belgilovchi omillar. Ijtimoiy ish turlarini guruhlarga bo‘lish universal hodisa emas va u turli mamlakatlarda turli xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, Germaniyada ijtimoiy ishning asosiy turlari keyingi yillarda an’anaviy tarzda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi: a) ijtimoiy sug‘urta; b) ijtimoiy ta’minot; v) ijtimoiy yordam. AQShda ijtimoiy ishning turlarini guruhlarga bo‘lish uchun shu ish yo‘naltirilgan obyekt asos vazifasini bajaradi. AQShda: a) individ bilan olib boriladigan ijtimoiy ish; b) o‘xshash vaziyatlarga tushib qolgan odamlar guruhi bilan olib boriladigan ijtimoiy ish; v) jamoa bilan olib boriladigan ijtimoiy ish. Kasbiy faoliyat sifatidagi ijtimoiy ish turlarining kelib chiqishi ko‘p jihatdan mamlakatlar taraqqiyotidagi madaniy va milliy xususiyatlar, turli ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir xususiyatlari, ijtimoiy ong, madaniyat, fan, ta’limning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Har bir mamlakatdagi davlatning ijtimoiy ko‘mak berish tizimi shu yerdagi tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqib shakllantirilgan bo‘lib, bajarilayotgan vazifalarning o‘xshashligi va bir xilliligiga qaramasdan ulardagi yondashuvlar, uslublar va tashkiliy shakllarda tafovut mavjud. Bu tafovutlar ijtimoiy ishdagi Evropa va Amerika modellarini qiyoslaganda, ayniqsa, ko‘zga yaqqol tashlanadi. Evropa qit’asida ijtimoiy ta’minot tizimining rivojlanishi uzoqroq tarixga ega. U jamoalar o‘rtasidagi (jamoalararo) aloqalar uzilishiga bog‘liq tarzda shakllandi. Evropaning ko‘pchilik mamlakatlarida ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ta’minot dasturlarini amalga oshirish, turli ijtimoiy guruhlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan rasmiy tuzilmalarning yaratilishida davlat tashabbuskor bo‘ldi. Amerikaga ko‘chib borganlar uchun xos belgi esa o‘zining kuchiga, shaxsiy tashabbusga va davlat tuzilmalarining ta’sirini maksimal darajada kamaytirishga intilish bo‘ldi. Bunday individualistik yondashuv hozirgi kungacha aholini ijtimoiy muhofaza qilishda unchalik katta rol o‘ynamaydigan AQSh davlat ijtimoiy siyosatining shakllanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. AQShdagi aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining xarakterli xususiyati va Evropa modellaridan asosiy farqi uning nomarkazlashtirilganidadir. U federal qonunchilik, yoki shtat qonunchiligi, yoki bo‘lmasa federal davlat organlari va shtatlarning boshqaruv organlari tomonidan tartibga solinadigan turli ijtimoiy dasturlardan iborat. Bundan tashqari, alohida dasturlar mahalliy hokimiyatlar tomonidan ham qabul qilinadi. Bunday yondashuv muayyan mintaqada ijtimoiy ko‘makka bo‘lgan ehtiyojni yetarlicha to‘la va tezkor aniqlash imkonini beradi. AQShdagi ijtimoiy ta’minot davlat tizimi ikki shaklga asoslanadi: ijtimoiy sug‘urta va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ko‘mak, ular o‘zaro moliyalashtirish manbaalari bilan farqlanadi. Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar mehnatkashlardan ham, tadbirkorlardan ham olinadigan ijtimoiy sug‘urta solig‘i shakllantiradigan sug‘urta jamg‘armalari hisobiga amalga oshiriladi. Davlat tomonidan beriladigan ko‘mak federal budjet mablag‘lari, shtatlar budjeti yoki mahalliy hokimiyat organlari budjetlari mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi. AQShning ijtimoiy sug‘urta haqidagi (1935-yil) qonuniga ko‘ra ijtimoiy sug‘urtaning ikki turi: qarilik nafaqasi va ishsizlarga to‘lanadigan yordam puli belgilangan. Qonunda kambag‘allarning ba’zi toifalari, birinchi navbatda nogironlar va yetimlarga yordam berish ham ko‘zda tutilgan. Vaqt o‘tib borishi bilan ijtimoiy sug‘urtaning yangi shakllarini tadbiq etish ko‘zda tutilgan ko‘plab tuzatishlar kiritib borildi: boquvchisini yo‘qotganda beriladigan nafaqa; ishlab chiqarishda shikastlanish bilan bog‘liq bo‘lmagan mehnat qobiliyatini yo‘qotish tufayli beriladigan nafaqa; 65 va undan katta yoshlilarga beriladigan tibbiy sug‘urta huquqi va boshqalar. 1935-yilda qabul qilingan qonun va uning qo‘shimchalarida ko‘zda tutiladigan ijtimoiy sug‘urtaning barcha turlarini Umumiy federal dastur nomi bilan atash qabul qilingan. Umumiy federal dastur doirasidagi barcha pensiya va nafaqalar ijtimoiy sug‘urta solig‘i hisobiga moliyalashtiriladi. Mehnatkashlar uchun soliq stavkasi ish haqiga nisbatan foiz hisobida, tadbirkorlarga nisbatan esa to‘langan ish haqiga nisbatan foiz hisobida belgilanadi. AQSh shtatlari darajasida ishlab chiqarishda shikastlanish yoki kasbiy xastaliklar uchun mo‘ljallangan sug‘urta dasturlari mavjud. Qonun tomonidan ishchiga ishlab chiqarishda yetkazilgan shikast uchun mas’uliyat tadbirkorlar zimmasiga yuklangan, to‘lanadigan badalning darajasi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik uchun beriladigan to‘lovlarning davomiyligi yoki ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida halok bo‘lganlar oilasiga beriladigan to‘lovlar miqdori belgilab qo‘yilgan. To‘lovlar darajasi oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi va uning umumiy hajmiga nisbatan 2/3%ni tashkil qilishi mumkin. Pul to‘lovlarining asosiy qismi xususiy sug‘urta kompaniyalari tomonidan to‘lanadi, chunki tadbirkorlarning ko‘pchiligi ana shunday holatlardan sug‘urta qilingan bo‘ladi. Ba’zi shtatlarda tadbirkorlardan olinadigan soliq hisobiga maxsus sug‘urta jamg‘armalari tashkil etilgan bo‘lib, shtatlarning hokimiyatlari ishlab chiqarishda yuz bergan shikastlar uchun sug‘urta mablag‘larini ana shu jamg‘armalar hisobidan amalga oshirishadi. Ijtimoiy muhofazaning Amerika davlat tizimidagi yana bir tarkibiy qismi kambag‘allarga beriladigan ko‘makdir. Bu tizim 60-yillardan boshlab keng rivoj topdi. Ijtimoiy sug‘urtadan farqli o‘laroq, ijtimoiy ko‘mak tizimida yordam olish uchun oldindan maxsus to‘lanadigan badallar talab qilinmaydi. Uni olish uchun asosiy mezon - muhtojlik. Ko‘mak berish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar: kafolatlangan daromadni ta’minlash, yordamga muhtoj bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash, oziq-ovqat, turar joy va tibbiy yordam ko‘rsatish. Kafolatlangan daromadni ta’minlash dasturi keksayib qolganlar va nogironlarni qamrab oladi. Aholining bu toifasiga federal hukumat ular uchun kafolatlangan daromad deb ataladigan yashash vositalarining minimumini ta’minlash maqsadida pul mablag‘lari to‘laydi. Bu mablag‘lar “qashshoqlik chegarasi”ga to‘g‘ri keladigan summaning taxminan 60%ini tashkil qiladi. Shtatlarga ana shu nafaqalar miqdorini o‘zlarining budjet vositalari hisobiga oshirish huquqi berilgan. Bolali oilalarga yordam dasturi kam daromad oladigan, oila boshlig‘i, eridan ajralgan yoki yolg‘iz beva bo‘lgan ko‘p bolali oilalarga yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi. Bir qator shtatlarda mazkur dastur bo‘yicha nafaqalar boshlig‘i ishsiz bo‘lgan oilalarga ham beriladi. Oziq-ovqat yordami doirasida muhtojlarga oziq-ovqat talonlari berish juda keng tarqaldi. Ular bepul yoki arzonlashtirilgan narxlarda beriladi. Boshqa oziq-ovqat dasturlari – maktab nonushtalari, bir yoshgacha bolasi bor onalarga beriladigan yordam va boshqalar. Turar joy subsidiyalari kam daromadli oilalarga beriladi. Ijtimoiy sug‘urtaning xususiy tizimlari davlat tizimini to‘ldirib turadi va ular muayyan murvatlar yordamida davlat tomonidan tartibga solinadi. AQShda xususiy sug‘urtaning ikki turi – ish joyidagi jamoaviy va individual turlari mavjud. Yetakchi shakl jamoaviy shakl hisoblanadi. Kasaba uyushmalari va tadbirkorlar o‘rtasidagi jamoaviy shartnomalar odatda, muayyan ijtimoiy to‘lovlar va kafolatlarni ko‘zda tutadi. Sug‘urtaning shunga o‘xshash turlari kasaba uyushmalari bo‘lmagan ko‘pgina sohalar va firmalarda ham mavjud. Mehnatkashlarning katta qismi uchun xususiy nafaqalar muhim ahamiyatga ega. Jamg‘armalarning sezilarli o‘sishiga qaramasdan xususiy nafaqa tizimi davlat tizimiga qaraganda uch marta kamroq shaxslarni qamrab oladi. Gap shundaki, davlat pensiyalari miqdorini hisoblaganda ish joyidan qat’iy nazar, umumiy staj hisobga olinadi, xususiy nafaqaga ega bo‘lish uchun esa ishchi yoki xizmatchi bitta firmada odatda, kamida 10 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lishi lozim. “Korporatsiya” maxsus federal agentligi xususiy pensiyalarning kafolati sifatida amaldagi pensiya jamg‘armalarining to‘lov qobiliyatini kuzatib boradi va kompaniyalar bankrotlikka uchragan taqdirda, ularning qatnashchilariga beriladigan to‘lov miqdori va tartibini belgilaydi. Urushdan keyingi davrda xususiy sug‘urta tizimida qo‘shimcha to‘lovlar deb ataladigan to‘lovlar keng tarqaldi. Ular ta’tillar va kasallik varaqalari, ishsizlik bo‘yicha qo‘shimcha nafaqa, ta’limni davom ettirish va yuridik xizmatlar uchun xarajatlarni subsidiya qilishni qamrab olishi, qo‘shimcha to‘lovlarning miqdori, shakli, hajmi turli kompaniyalardan berilish usuliga qarab keng doira ichida tebranib turishi mumkin. Keyingi yillarda individual nafaqa hisob raqamlari keskin o‘sib ketdi. Xususiy pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi 1974-yilda qabul qilingan qonun xususiy pensiya berish tizimi bilan qamrab olinmagan yollanma ishchilarga har yili soliq olinmaydigan 1,5 ming dollarni bankdagi alohida hisob raqamiga jamlash huquqini berdi. Buning oqibatida individual nafaqa hisob raqamlari soni sezilarli darajada o‘sdi. Evropa mamlakatlarining ijtimoiy qonunchiligi Amerika qonunchiligidan davlatning ijtimoiy siyosat yo‘nalishlarini belgilash, rejalashtirish, moliyalashtirish va hayotga tadbiq etishdagi ishtirokining yuqoriroq darajasi bilan farqlanadi. Bunda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishdagi mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining muhim roli hamda aholining ko‘proq qismini ijtimoiy xizmatlar va yordam turlari bilan qamrab olinishini ta’kidlash lozim. Finlyandiya tajribasi xarakterlidir. Bu mamlakatda qishloq jamoasi va cherkov qavmlari hozirgi kunda ijtimoiy ta’minot organlari faoliyati doirasiga kiradigan ko‘pgina funksiyalarni o‘tmishda bajargan edilar. Ijtimoiy siyosatni davlat va kommunalar ishlab chiqadi va hayotga tadbiq qiladi. Eng muhim o‘rinni munitsipal hokimiyat organlari egallaydi. Kommunalar katta mustaqillikka ega bo‘lar ekan, o‘z hududida yashaydigan aholidan va shu yerda joylashgan korxonalardan mahalliy soliqlar olish huquqiga tayanib, o‘z hududlarida ijtimoiy xizmatlarni tashkil qilish masalasini o‘zlari hal qiladilar va ularning faoliyati uchun mas’uldirlar. Masalan, aholiga dastlabki ijtimoiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish Finlyandiyada munitsipal shifoxonalar va poliklinikalar, bolalar bog‘chalari, internatlar, qariyalar uylari, narkologiya xizmatlari va boshqalar tomonidan to‘la ta’minlanadi. Kommunalar aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, bolalar tarbiyasi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turar joylar qulayligini oshirish masalalariga alohida e’tibor beradilar, mahalliy rejalarni, loyihalarni tuzish va xizmatlarni tashkil etishga jamoatchilik harakatlarini jalb etadilar. Hozirgi davrda Finlyandiyaning ijtimoiy siyosati nomarkazlashtirishning uchinchi bosqichini boshdan kechirmoqda. Birinchi bosqichda uni amalga oshirish huquqi davlatdan mintaqalar va kommunalarga, ikkinchi bosqichda kommunalardan kichik tumanlar va jamoalarga olib berilgan bo‘lsa, uchinchi bosqichda boshqaruv funksiyalari fuqarolar jamoalari va hatto alohida shaxslarga o‘tkazilmoqda. Masalan, Davlat kengashi sog‘liqni saqlashni rivojlantirishning besh yillik rejasini ishab chiqadi, unda bajarilayotgan ishning asosiy maqsadlari va yo‘nalishlari, shuningdek, ularni amalga oshrish uchun zarur bo‘lgan kapital mablag‘lar miqdori ko‘rsatilgan bo‘ladi. Reja har yili qayta ko‘rib chiqiladi, yangilanadi va to‘ldiriladi. Munitsipalitetlar markaz subsidiyalarini hisobga olgan holda o‘zlarining rejasini tuzadi, bu rejalar guberniya boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi. Nihoyat, fuqarolar jamoalari o‘zlarining rejalarini tuzish, o‘z kichik tumanlari, ko‘chalari va h.k. hududida sog‘liqni saqlashning u yoki bu sohasini rivojlantirish haqidagi tashabbuslari bilan chiqishlari mumkin va ular munitsipal hokimliklar tomonidan hisobga olinadi va moliyalashtiriladi. Evropa an’anadorligining yana bir xarakterli misoli sifatida Shvetsiyada aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish modelini keltirish mumkin. Bu mamlakatda har yili ijtimoiy soha bo‘yicha tayyorlanayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislar (sotsionomlar) miqdori 1000 kishini tashkil qiladi. Ijtimoiy xizmat sohasida band bo‘lgan professional sotsionomlar miqdori 18 ming kishini tashkil etadi. Shunisi qiziqki, bu mamlakatdagi ijtimoiy ish sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan yuz minglab odamlar: qariyalarga qaraydigan xonadon yordamchilari, enagalar, nogironlar va aqliy zaiflarga yordam beruvchilar ham band bo‘lib ularning bari ijtimoiy ish bo‘yicha faqat boshlang‘ich nazariy tayyorgarlikka ega. Shvetsiyadagi ijtimoiy xizmatlar faoliyati amaldagi qonunlar asosiga quriladi. Bu qonunlarda ijtimoiy xizmatning alohida sohalariga (iqtisodiy yordam, bolalar, yolg‘iz onalar va boshqalarga bag‘ishlangan) avvalgilaridan farqli o‘laroq, faoliyat sohasi bo‘lgan ijtimoiy xizmatga integrativ yondashuv amalga oshirilganki, unda ijtimoiy xizmatlar, munitsipalitet va guberniya hokimiyatlari, oilalar va alohida fuqarolar o‘zlarini o‘rab turgan vaziyat omillarini hisobga olgan holda o‘zaro ta’sir ko‘rsatadilar. Munitsipal hokimiyatlar fuqarolarga qonun tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatni ularning shaxsiy ehtiyojlari va shart-sharoitlariga mos tarzda ko‘rsatishga majburdir. Fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish majburiyati munitsipalitetlarga yuklangan. Bunda ulardan har biriga munitsipal hokimiyatlar tomonidan ijtimoiy ko‘mak va xizmat ko‘rsatish huquqi hatto muvaqqat yashash joylarida ham berilishi nazarda tutilgan. Har bir munitsipalitetda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish uchun ijtimoiy yordam qo‘mitasi mas’ul bo‘lib, u o‘ziga amaldagi qonunlar tomonidan beriladigan vakolatlar doirasida faoliyat yuritadi. U, jumladan, maqsadga muvofiq deb hisoblasa, tuman qo‘mitalarini tuzishi ham mumkin. Munitsipal va tuman qo‘mitalarining ishi quyidagi asosiy yo‘nalishlarda olib boriladi: kommunal xizmat; aholi muayyan guruhlari (bolalar, qariyalar, yolg‘izlar, nogironlar va h.k.)ning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash; alohida shaxslar va oilalar bilan muayyan muammolar (iqtisodiy yordam, bolalar va o‘smirlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik, alkogoliklar va giyohvandlar bilan ishlash, me’yoriy oilaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda yordam berish va h.k) bo‘yicha individual ish olib borish. Shvetsiyadagi ijtimoiy ta’minot tizimi har bir fuqaroga insonlarga xos turmush kechirish va ijtimoiy ko‘makka ishonchni kafolatlaydi. Agar odam o‘zi olayotgan ijtimoiy yordamdan qoniqmasa, qonun bo‘yicha u viloyat ma’muriy sudiga murojaat qilishi mumkin. Umuman olganda, qonun tomonidan ta’minlash, tuzilma, tashkil qilish va moliyalashtirish nuqtai nazaridan Shvetsiyadagi ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasi atroflicha o‘ylab tuzilgan bo‘lib, “Farovonlik” davlatining shved modelidagi” muhim elemntlardan biridir. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling