Nazorat uchun savollar.
Ijtimoiy ish mutaxassisi tayyorgarligining o‘ziga xosligi nimada?
Kuzatuv: mijoz haqida ma’lumot to‘plash turlari tushunchasi qanday?
Bolalikni himoya qilishga bag‘ishlangan qanday ijtimoiy reklamalar mavjud?
Deviant xulq-atvor tushunchasini qanday izohlaysiz?
“IJTIMOIY ISH NAZARIYASI” FANIDAN NAZORAT UCHUN TEST SAVOLLARI
1. Ijtimoiy ish doirasidagi muammolarning dolzarbligi nima bilan shartlanadi?
A. Ijtimoiy rivojlanish dasturi bilan.
B. Ijtimoiy texnologiyalarni ishlab chiqish bilan.
V. Jamiyatda yordam va qo‘llab-quvvatlashga muhim individ va guruhlarning ijtimoiy muammolarini hal qilish bilan.
G. Iqtisodiy rivojlanish dasturi bilan.
2. “Empatiya” so‘zining ma’nosi nimani anglatadi?
A. Haqiqat.
B. Hamjihatlik (rahmdillik).
V. Jozibadorlik.
G. Ishonch.
3. “Gumanizm” va “vijdoniylik” tushunchalari ijtimoiy ishning qaysi tamoyiliga mansub?
A. Mazmuniy.
B. Umumfalsafiy.
V. Tashkiliy.
G. Uslubiy.
4.Quyidagi ta’rif nimani anglatadi: “Jamiyat va uning turli tuzumlari tomonidan kafolatlangan yetarli darajadagi yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan tadbirlar tizimi”?
A. Ijtimoiy yordam.
B. Ijtimoiy xizmat.
V. Ijtimoiy himoya.
G. Ijtimoiy siyosat.
5.Ijtimoiy ish subyekti deganda nima tushuniladi?
A. Sotsial xizmat olib boruvchi va uni boshqaruvchi insonlar va tashkilotlar.
B. Professional jamiyatlar.
V. Yordamga va himoyaga muhtojlar.
G. Jamiyat.
6. Ijtimoiy ishning obyekti bu-…?
A. Sotsial xizmatchi faoliyati.
B. Boshqalar yordamiga muhtoj insonlar.
V.Jamiyat.
G. Sotsial boshqaruv.
7.Ijtimoiy siyosat nimani anglatadi?
A.Ijtimoiy sohani boshqarishga qaratilgan har qanday siyosat turi.
B.Iqtisodiyotning yo‘naltirilgan ko‘rinishi.
V.Aholini turli qatlamlarining ijtimoiy manfaatlarini hisobga olish.
G.Jamoat tashkilotlari faoliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |