Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Download 1.31 Mb.
|
Alohidalash, bu usulning mohiyati shundaki, deviant xulq-atvor egasi bilan jamiyatning boshqa a’zolari o‘rtasida to‘siq qo‘yish, uni qayta tarbiyalash va tuzatishga hech qanday urinishlarni amalga oshirimaslik ko‘zda tutiladi.
Ajratish – deviantning boshqa jamiyat a’zolari bilan munosabatlarini chegaralash, lekin to‘liq holatda emas, bu ko‘rinishdagi yondashuv deviantning qayta tarbiyalanishi va uning tuzalishidan keyin jamiyatga qaytarilishi masalasini qarab chiqadi, ya’ni deviant jamiyatda mavjud me’yorlarga amal qilishga tayyor bo‘lgan holatda u jamiyatga qaytariladi. Reabilitatsiya – bunda deviant me’yoriy hayotga qaytarilishga tayyorlanadi va jamiyatda o‘zining rolini to‘g‘ri holatda bajarishga moslashtirilishi jarayoni ko‘zda tutiladi. Sotsial nazorat o‘zi nima? Jamiyat hayoti faqat xulq-atvorni muvofiqlashtiruvchi me’yorlar va qonunlardan tashkil topmaydi. Bundan tashqari jamiyat kishilar xulq-atvorini nazorat qiluvchi turli xil mexanizmlariga egadir. Jumladan, sotsial nazorat tizimli amaliyot hisoblanib, u sotsial guruhlar tomonidan deviatsiyani vujudga kelishi to‘siq sifatida ishlab chiqiladi. Sotsial nazorat mexanizmlar ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Ichki sotsial nazorat sotsializatsiya jarayoni asosida amalga oshiriladi: kishilar sotsial me’yorlar va qadriyatlarni o‘zlashtirib boradilar, ularda esa kishilar o‘zlarini qanday tutishlari lozimligi aks etadi va keyin kiishilar o‘z kundalik hayotlarida ularga tayanadilar. Bundan farqli o‘laroq, tashqi sotsial nazorat o‘zida negativ sanksiyalarni qo‘llashni namoyon qiladi va ayrim xulq-atvor turlarini taqiqlashni ko‘zda tutadi. Zamonaviy jamiyatda jinoyatga qarshi kurashuvchi adolatli sud, politsiya va turmalar tashqi sotsial nazoratning asosiy mexanizmi bo‘lib gavdalanadi.1 Ijtimoiy nazorat turi tarkibiga asosiy sakkizta komponent kiritiladi: 1. Individual ta’sir, bu holat individning atrof-muhit, ijtimoiy muhit bilan faol munosabatlari davomida shakllanadi – bu ishlab chiqarish, anglash va moslashish ko‘rinishidagi xohlagan aktlardan tashkil topgan. 2. Baholashlarning ijtimoiy shkalasi, bu holat obyektiv mavjudlikdan kelib chiqqan holatda belgilanib, jamiyatda bu holat atrofdagi ijtimoiy muhit ta’siri reaksiyalarida aks etadi. 3. Kategoriyalashtirish, bu holat ijtimoiy baholash shkalasining funksiya bajarishi davomida qaror topadi va ma’lum bir aniqlikdagi baholash kategoriyalarida u yoki bu individual xatti-harakatlarga tegishli hisoblanadi (nisbatan ko‘proq umumiy ko‘rinishda – ijtimoiy muvofiqlik yoki rad etilish). 4. Ommaviy o‘zlikni anglash tavsifi, aynan ushbu holatdan o‘z navbatida xohlagan individual harakatlarning kategoriyalanishi kelib chiqadi, jumladan, jamoatchilik tomonidan o‘z-o‘zini baholash va ijtimoiy guruh tomonidan vaziyatning baholanishi ta’sir ko‘rsatadi (ijtimoiy persepsiya). 5. Ijtimoiy harakatlar tarkibi va tavsifi, bu ijobiy yoki salbiy sanksiyalar funksiyasini bajaradi, bevosita jamoatchilikning o‘zligini anglash holati bilan bog‘liq hisoblanadi. 6. Baholashlarning individual shkalasi, bu holat ichki qadriyatlar, ideallar, hayotiy manfaatlar va individning intilishlari tizimi hosilasi sifatida namoyon bo‘ladi. 7. Individning o‘z-o‘zini kategoriyalashi doirasida harakatlarning ijtimoiy natijalari kelib chiqadi (rolni qabul qilish, o‘z-o‘zini identifikatsiyalash, ya’ni o‘zini ma’lum bir shaxslar guruhiga mansubligini aniqlash), bu individual baholash shkalasining funksiyasidan kelib chiqadi. 8. Indiviual ong tavsifi, bu holat individning o‘z-o‘zini kategoriyalashidan kelib chiqadi, bu holat asosida individning navbatdagi faoliyati, ijtimoiy baholash harakatlari reaksiyalari amalga oshadi. Ushbu ko‘rinishda, ijtimoiy nazoratning mavjudligi muhim vositasi tezkor tarzda amalga oshirilish vositasi sifatida ijtimoiy sanksiyalar, ijtimoiy rol talablari yuzaga chiqadi. Jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy sanksiyalar jamiyat a’zolarining ularning ijtimoiy roliga bog‘liq holatda qayd qilingan holatlarni bajarishini ta’minlashiga yo‘naltiriladi. U yoki bu jamiyat hayoti sohalarini nazorat qiluvchi qoidalar va me’yorlar, tamoyillarga asoslanuvchi xohlagan institutlar odatda o‘z tarkibiga ushbu institutlar qamrab oluvchi individlarning qoida va tartiblarga rioya qilishi yoki bajarmasligi bo‘yicha tegishli sanksiyalarni o‘z ichiga oladi. Ayrim sotsiologlar ta’kidlashicha, jamiyat internalizatsiya orqali ijtimoiy omillar sanksiyalarining xususiy xulq-atvorni nazorat qilishi natijasida, rag‘batlantirish yoki jazolashlar ko‘rinishidagi funksiyasi sababli mavjud hisoblanadi. Sanksiyalarning tipologiyasi tanlangan tizim hosil qiluvchi belgilarga bog‘liq hisoblanadi. Eng avvalo bunda ijobiy sanksiyalar – jamiyat va guruhlar uchun ma’qul topilgan xatti-harakatlarning qo‘llab-quvatlanishi, kengaytirilishini rag‘batlantirish va salbiy sanksiyalar – institutsional bo‘lmagan, maqsadga muvofiq topilmagan xatti-harakatlarning, turli xil deviant xulq-atvor holatlarining jazolanishi yoki cheklanishi qayd qilinadi. Bundan tashqari, sanksiyalarni rasmiy – rasmiy shaxslar yoki organlar tomonidan amalga oshiriluvchi, buning uchun ma’xsus jamiyatlar tashkl qilingan va yozma manbalarda qayd qilingan sanksiyalar, shuningdek, rasmiy bo‘lmagan – qo‘llab-quvatlash yoki rag‘batlantiriluvchi, og‘zaki (yoki og‘zaki bo‘lmagan shakllarda) norasmiy shaxslar, odatda atrof-muhitdagilar tomonidan qayd qilinishi amalga oshiriluvchi sanksiyalar ajratib ko‘rsatiladi. Ushbu ko‘rinishdagi, ijtimoiy nazoratning mohiyati shundaki, jamiyat va uning turli xil ommaviy strukturasi o‘z a’zolarining konformizm ko‘rinishida mustahkamlanishini ko‘zda tutib, “ijtimoiy ma’qullangan” xulq-atvor shakllarini madaniylashtirish, shuningdek, ijtimoiy me’yorlar oqimida deviant turdagi xulq-atvorni kuzatish amalga oshiriladi Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling