Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Download 1.31 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy guruh
- Ijtimoiy institut
- Ijtimoiy nazorat
- Ijtimoiy o‘zgarishlar
Dialektik sotsiologiya – G.Gurvich asos solgan, sotsiologik muammolarni tushuntirishda faqatgina inson ongiga xos bo‘lgan dialektikadan foydalanishni ilgari suruvchi yo‘nalish.
Jamiyat – muayyan hududda istiqomat qiluvchi, yagona siyosiy hokimiyatga itoat qiladigan va o‘zlarini boshqa qo‘shni guruhlardan farqlaydigan odamlar guruhi. Jamoaviy harakat – muayyan joyda to‘plangan ko‘p miqdordagi odamlar tomonmdan o‘z-o‘zidan kelib chiqib bajariladigan harakatlar. Ijtimoiy guruh – har bir a’zosi boshqalariga nisbatan taqsimlangan kutilmalar asosida ma’lum bir tarzda o‘zaro xatti-harakat qiluvchi individlar yig‘indisi. Ijtimoiy jarayon – strukturaviy yoki funksional jihatdan bir-birni taqozo etuvchi ijtimoiy hodisalar turkumi. Ijtimoiy institut – ma’lum bir hayot muhitida insonlarning o‘zaro xatti-harakatlarini idora etuvchi va unda rol va statuslarni belgilovchi rasmiy va norasmiy qoidalar, tamoyillar, me’yorlar, o‘rnashmalarning barqaror yig‘indisi. Ijtimoiy me’yor – ijtimoiy xatti-harakatni umumiy boshqarib turuvchi qatori sifatida namoyon bo‘luvchi qoida. Ijtimoiy sanksiya – ijtimoiy aktor xatti-harakatining ijtimoiy rollar talablari doirasida yon-atrofdagilar tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi yoki jazolanishi ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi oqibati. Ijtimoiy nazorat – ijtimoiy tizimning uni tashkil etuvchi elementlarining o‘zaro xatti-harakatlarini normativ idora vositasida tartibga solishni ta’minlovchi o‘zini-o‘zi idora etish usuli. Ijtimoiy fikr – taraqqiyotning turli muammolari, xususiyatlari to‘g‘risida turli xil ijtimoiy guruh yoki qatlamlarga mansub kishilarning munosabatini o‘rganish natijasida hosil qilingan tasavvurlar yig‘indisi. Ijtimoiy o‘zgarishlar – ijtimoiy guruh yoki jamiyatning tayanch tuzilmalaridagi o‘zgarishlar. Ijtimoiy qatlam – ijtimoiy jihatdan bir xil bo‘lmagan, jamiyatda alohida ijtimoiy guruhlar, ularning belgilanishi, sinfiy bo‘linish ifodasi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling