Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Ijtimoiy ishning qaysi nazariyasi majmuaviy yo‘naltirilgan modeliga tegishli?
Download 1.31 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 48.Quyidagi ta’rif ijtimoiy ishning qaysi nazariyasini tafsiflaydi: “Qiyin hayotiy holatga tushib qolgan insonlar ijtimoiy tizimning o‘ziga xos elementi hisoblanadi”.
- 50.Individual xizmatning maqsadi nimadan iborat
46.Ijtimoiy ishning qaysi nazariyasi majmuaviy yo‘naltirilgan modeliga tegishli?
A. Ijtimoiy-radikal. B. Hayot modeli. V. Polli. G.To‘g‘ri javob yo‘q. 47.Quyidagi ta’rif ijtimoiy ishning qaysi nazariyasini tafsiflaydi: “Ijtimoiy xizmatlar ularga muhtoj bo‘lgan barcha insonlarga bo‘lishi lozim” A. Hayot modeli. B. Psixodinamik. V. Kognitiv-bixevioral. G. Kuchli taraflar va resurslar nazariyasi. 48.Quyidagi ta’rif ijtimoiy ishning qaysi nazariyasini tafsiflaydi: “Qiyin hayotiy holatga tushib qolgan insonlar ijtimoiy tizimning o‘ziga xos elementi hisoblanadi”. A. Tizimiy. B. Rolli. V. Psixodinamik. G. Ijtimoiy-radikal. 49.Ijtimoiy ishning qaysi nazariyalari insonning biopsixosotsial mavjudot sifatidagi hayot kuchini saqlash va himoya qilish muammolarini butunlik tarzida ko‘rishga asoslangan? A.Sotsiologiyaga yo‘naltirilgan. B.Psixologiyaga yo‘naltirilgan. V.Majmuaviy yo‘naltirilgan. G. To‘g‘ri javob yo‘q. 50.Individual xizmatning maqsadi nimadan iborat? A.Qoidalarning tizimlashtirilgan birligi. B.Shaxsiy va oilaviy darajadagi ijtimoiy terapiya. V.Guruhiy tajriba orqali mijozga yordam ko‘rsatish. G.Ijtimoiy xizmat tashkilotlari yoki sotsial xizmatchilarning turli ijtimoiy guruhlar va tashkilotlar vakillari bilan hamkorligi. XULOSA Insonda ijtimoiy ong shakllangandan boshlab u farovon jamiyatni orzu qilishgan. Bunday jamiyatga erishish odamlar ongiga, madaniyatiga bog‘liq bo‘lib kelgan. Odamlarning ongi, madaniyati qanchalik yuqori bo‘lsa, jamiyatning rivojlanishi shunchalik tezlashgan. Jamiyatning rivojlanishi, ayniqsa, odamlarning siyosiy ongiga bog‘liq bo‘lgan. Siyosiy ongning darajasi esa, odamlar ongiga demokratik qadriyatlarni singdirish bilan bog‘liqdir. Hozirgi kunda jamiyat rivojlanishi chinakam demokratik tamoyillar negizida olib borilmasa, jamiyat taraqqiyotini ta’minlab bo‘lmaydi. Dunyoning hamma davlatlari rivojlanishining turli darajasi va turli ijtimoiy tuzumda bo‘lishiga qaramasdan o‘z taraqqiyotini demokratik tamoyillar asosida qurilishi zarur. Boshqa davlatlar kabi O‘zbekiston ham hozirgi zamon jamiyat tizimiga demokratik tamoyillarga tayangan holda kirib bordi. Mamlakatimizda XX asrdagi eng muhim siyosiy voqealardan biri bu ittifoqdosh respublikalrning mustaqil davlatlarga aylanishi hisoblandi. O‘zbekiston Respublikasi 1991-yil 1-sentabrda suveren davlatga aylandi. Bu esa o‘lkaning sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishida yangi davrni boshlab berdi. Demokratik jarayonlarning kengayishi, sog‘lom iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy va siyosiy hayotdagi yakka hokimlikning tugatilishi O‘zbekistonda haqiqiy kuchli ijtimoiy siyosat olib borish uchun real sharoit yaratdi. Bu kuchli ijtimoiy siyosat insonning ijtimoiy, milliy va diniy kelib chiqishidan qat’iy nazar uning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Shunday qilib insoniyat tarixiga ijtimoiy siyosat prizmasi orqali retrospektiv nazar solish bizga quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon beradi: 1.Insonlarning jamiyat paydo bo‘lganidan boshlab ijtimoiy muammolari mavjud bo‘lib, bu muammolarni hal qilish uchun ijtimoiy siyosatga ehtiyoj paydo bo‘lgan. 2.Insoniyat jamiyatining ilk bosqichlarida odamlarni ijtimoiy ehtiyojlari ularning o‘zlari tomonidan qondirilishi kerak edi, faqat ba’zi ijtimoiy muammolar insoniyatning dastlabki uyushmasi ibtidoiy to‘da, jamoa tomonidan qondirilar edi. 3. Ijtimoiy muammolarni hal qilish davlat tashkil topgandan keyingina ma’lum tizimga solina boshlandi. Davlatning yuzaga kelishi sabablaridan biri aholining sotsial ehtiyojlarini qondirish zarurati hisoblanadi. 4.Ijtimoiy muammolarning hal qilinishi darajasi davlatning kuch-qudratiga bog‘liq. Davlat mustahkam, mamlakat boy bo‘lsa, ijtimoiy muammolar o‘z vaqtida hal qilinadi. Jamiyatning rivojlanish darajasi ijtimoiy muammolarni hal qilinishiga qarab belgilanadi. 5.Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida davlatning boshqaruvchanlik roli, ayniqsa, ijtimoiy sohada ortib borishi kerak. 6. Ijtimoiy sohaning o‘sish darajasi ishlab chiqaruvchi kuchlarni va ishlab chiqarishni o‘sish darajasiga to‘g‘ri kelishi kerak. Faqat ijtimoiy samara olishga qaratilgan, mehnat unumdorligiga bog‘liq bo‘lmagan holda ish haqini ko‘paytirish metodi og‘ir oqibatlarga olib keladi. 7.Ijtimoiy siyosatga jiddiy e’tibor qilmay, yuzaki qarab jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida to‘g‘ri hal qilmaslik xalqni hukumatga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi va ijtimoiy tanglikni keltirib chiqaradi. Bu esa, har qanday jamiyat uchun halokatlidir. Mustabid tuzumning oxirgi yillari tarixi bu fikrni tasdiqlaydi. 8.Haqiqiy gumanistik ijtimoiy siyosat faqat mustaqil, kuchli, adolatli davlat tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Mustaqil O‘zbekistonimizning bosib o‘tgan qisqa yo‘li fikrimizni tasdiqlaydi. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ijtimoiy sohana oid axloqiy tamoyillar faqat shu soha xodimlari uchun emas, balki odamlar bilan doimo o‘zaro munosabatda bo‘ladigan barcha uchun, ayniqsa, shifokorlar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar, savdo, tijorat bilan shug‘ullanuvchilar, boshqaruv sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar, mahalla tizimida xizmat qilayotganlar, ijtimoiy ta’minot, mahalla jamg‘armalari xodimlari uchun ham zarurdir. Chunki ular aholining imkoniyatlari cheklangan nafaqaxo‘rlar, nogironlar bilan ko‘proq uchrashadilar va ishlaydilar. Ular yuqorida qayd qilingan axloqiy normalarni bilish va unga amal qilishsa aholining yordamga muhtoj qismi o‘zini kamsitilmayotganligi bilan quvonadi. Mamlakatimizda aholining yordamga muhtoj, imkoniyatlari cheklangan qismiga yordam ko‘rsatishni prfessional darajaga ko‘tarishda mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham hukumatimiz ijtimoiy himoya tizimini mahallalarga yukladi. Chunki mahalla xalqqa yaqin bo‘lgan ijtimoiy institutdir. Eng muhimi imkoniyati cheklangan odamlarga g‘amho‘rlik qilishni oqilona yo‘lga qo‘yish orqali Inson degan ulug‘ nomni baland ko‘tarishga ko‘maklashgan bo‘lamiz. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling