Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Download 1.31 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘z-o‘zini bilish
- Qadriyatli oqilona xatti-harakat
- Haqiqat
Etnometodologiya – G.Garfinkel asos solgan, sotsial va madaniy hodisalarni o‘rganishda antropologlarning primitiv madaniyat va jamoalarni tadqiq etish metodlaridan foydalanishni yoqlovchi yo‘nalish.
E’tiqod – (ishonch, iymon) – muayyan maqsad, qadriyatga ishonch, shu asosda shakllangan tafakkur. Ehtiyoj – inson talablari asosida paydo bo‘ladigan tabiiy xususiyat; jonli mavjudot hayot kechirishining yaqqol shart-sharoitlarga, uning shularga bog‘liq ekanligini ifoda etuvchi holat. O‘z-o‘zini bilish – ijtimoiy tadqiqotlar jarayonida odamlarning o‘z xatti-harakatlari sharoitlari va vaziyatlarini tushunishi va anglashining o‘sishi, bu vaziyatni o‘zgartirishga imkon yaratadi. Qadriyatlar – voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha; individ yoki guruhlarning nima yaxshi va nima ma’qul emasligi to‘g‘risidagi tasavvurlari. Qadriyatli oqilona xatti-harakat – M.Veber fikriga ko‘ra, insonning e’tiqodida belgilangan ma’lum bir xulq-atvor ko‘rinishidan kelib chiqadigan xatti-harakat. Qo‘shilib kuzatish – tadqiqotchining uzoq vaqt davomida obyekt bilan sotsial muhit tarkibiga kirib, uni muntazam tarzda kuzatishi. G‘oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr. Haqiqat – inson ongida voqelikning to‘g‘ri, haqqoniy aks etishini ifodalaydigan tushuncha. Hukm – predmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli. FOYDALANILADIGAN DARSLIK VA O‘QUV QO‘LLANMALAR RO‘YXATI Me’yoriy hujjatlar “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. – T.: 2013. Bola huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari: xalqaro andazalar va milliy qonunchilik. – T.: “O‘zbekiston”, 2012. O‘zbekiston Respublikasi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarnining profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun. – T., 2012. Закон Республики Узбекистана “О гарантиях прав ребёнка”. – Т.: “Узбекистан”, 2009. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling