Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi
Psixoanalitik sotsiologiya
Download 1.31 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosat
- Sotsiologiya
- Strukturaviy-funksionalizm
- Tanqidiy” sotsiologiya
Psixoanalitik sotsiologiya – Z.Freyd asos solgan, insonning sotsial faoliyatida ongsiz impul’slarning hal qiluvchi rolini tan oluvchi yo‘nalish.
Ramziy (simvolik) interaksionizm – sotsial xatti-harakatni faqatgina uni amalga oshiruvchi insonning nuqtai nazaridan kelib chiqib o‘rganish g‘oyasini ilgari suruvchi yo‘nalish. Sanksiya – rag‘batlantirish yoki jazolash turlari bo‘lib, ular yordamida ijtimoiy maqbul bo‘lgan xulq-atvor me’yorlari mustahkamlanadi. Siyosat – hokimiyat hukumat faoliyati mazmuni va mohiyatiga ta’sir o‘tkazish uchun qo‘llaydigan vositalar. Sotsial dinamika – O.Kont fikriga ko‘ra, sotsiologiyaning ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi qismi. Sotsial statika – O.Kont fikriga ko‘ra, sotsiologiyaning ijtimoiy tizimlarning shart-sharoiti va funksional qonuniyatlarini o‘rganuvchi qismi. Sotsiologizm – E.Dyurkgeymning sotsial faktlarni predmet sifatida o‘rganishga asoslangan sotsiologik konsepsiyasi. Sotsiologiya – jamyatning strukturasi, uning elementlari va mavjud bo‘lishi shart-sharoitlarini, shuningdek, ushbu strukturada amalga oshadigan ijtimoiy jarayonlarni o‘rganuvchi fan. Struktura (lot. structura – tuzilish) – sistemaning tuzilishi va ichki formasi, mazkur sistema elementlari o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalarning birligini ifodalovchi tushuncha. Strukturaviy-funksionalizm – T.Parsons va R.Mertonlar tomonidan asos solingan, madaniyatning turli shakllarini ularning elementlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni topish asosida o‘rganuvchi yo‘nalish. Subyekt (lot. subjectus – asosiga qo‘ymoq) – amaliy faoliyat va bilim bilan bog‘liq bo‘lgan, obyektni bilishga qaratilgan faollik manbai. Tavsiflash – ifodalashning tanlangan tizimi yordamida tajribaga asoslangan sotsiologik tadqiqotlar natijalarini qayd etish va bu natijalarni fan tushunchasida ifodalashdir. “Tanqidiy” sotsiologiya – Frankfurt maktabi vakillarining Xorkxaymerning “jamiyatning tanqidiy nazariyasi”ga asoslangan sotsiologik konsepsiyasi. Tafakkur – predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlarini aniqlaydigan, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlarni aks ettiradigan bilishning ratsional bosqichi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling