Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Psixoanalitik sotsiologiya


Download 1.31 Mb.
bet88/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94
Psixoanalitik sotsiologiya – Z.Freyd asos solgan, insonning sotsial faoliyatida ongsiz impul’slarning hal qiluvchi rolini tan oluvchi yo‘nalish.
Ramziy (simvolik) interaksionizm sotsial xatti-harakatni faqatgina uni amalga oshiruvchi insonning nuqtai nazaridan kelib chiqib o‘rganish g‘oyasini ilgari suruvchi yo‘nalish.
Sanksiya – rag‘batlantirish yoki jazolash turlari bo‘lib, ular yordamida ijtimoiy maqbul bo‘lgan xulq-atvor me’yorlari mustahkamlanadi.
Siyosat – hokimiyat hukumat faoliyati mazmuni va mohiyatiga ta’sir o‘tkazish uchun qo‘llaydigan vositalar.
Sotsial dinamika – O.Kont fikriga ko‘ra, sotsiologiyaning ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi qismi.
Sotsial statika – O.Kont fikriga ko‘ra, sotsiologiyaning ijtimoiy tizimlarning shart-sharoiti va funksional qonuniyatlarini o‘rganuvchi qismi.
Sotsiologizm – E.Dyurkgeymning sotsial faktlarni predmet sifatida o‘rganishga asoslangan sotsiologik konsepsiyasi.
Sotsiologiya – jamyatning strukturasi, uning elementlari va mavjud bo‘lishi shart-sharoitlarini, shuningdek, ushbu strukturada amalga oshadigan ijtimoiy jarayonlarni o‘rganuvchi fan.
Struktura (lot. structura – tuzilish) – sistemaning tuzilishi va ichki formasi, mazkur sistema elementlari o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalarning birligini ifodalovchi tushuncha.
Strukturaviy-funksionalizm T.Parsons va R.Mertonlar tomonidan asos solingan, madaniyatning turli shakllarini ularning elementlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni topish asosida o‘rganuvchi yo‘nalish.
Subyekt (lot. subjectus – asosiga qo‘ymoq) – amaliy faoliyat va bilim bilan bog‘liq bo‘lgan, obyektni bilishga qaratilgan faollik manbai.
Tavsiflash – ifodalashning tanlangan tizimi yordamida tajribaga asoslangan sotsiologik tadqiqotlar natijalarini qayd etish va bu natijalarni fan tushunchasida ifodalashdir.
Tanqidiy” sotsiologiya – Frankfurt maktabi vakillarining Xorkxaymerning “jamiyatning tanqidiy nazariyasi”ga asoslangan sotsiologik konsepsiyasi.
Tafakkur – predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlarini aniqlaydigan, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlarni aks ettiradigan bilishning ratsional bosqichi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling