Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Download 1.31 Mb.
bet84/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   94
TAVSIYALAR:

Ijtimoiy ish faoliyatini yanada kuchli qilish uchun quyidagi amaliy tavsiyalarni berish mumkin.


1. Ijtimoiy sohada faoliyat ko‘rsatayotgan qator davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markaz tuzish maqsadga muvofiqdir.
2.Insoniyat jamiyatining hamma bosqichlaridagi ijtimoiy ish nazariyasi tarixini chuqur ilmiy tadqiq qilish va oliy o‘quv yurtlarida ijtimoiy ish nazariyasi tarixiga doir maxsus kurslar joriy qilinishi muhim ahamiyatga ega.


GLOSSARIY:


Avtoritet – boshqa insonlarning xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini boshqarish uchun berilgan, qonuniylashtirilgan huquq.
Analitik sotsiologiya – jamiyatning rivojini faqatgina madaniy tizimlarning almashinishi doirasida vujudga keluvchi jarayon sifatida qaraydigan, P.Sorokin asos solgan sotsiologik kontsepsiya.
An’anaviy xatti-harakat – M.Veber fikriga ko‘ra, egallangan odatlar, an’analar asosida kelib chiqadigan xatti-harakat.
An’analar – o‘tmishdan foydaliligi jihatidan insonlar qabul qiladigan, avloddan-avlodga o‘tadigan madaniy norma va qadriyatlar, ko‘nikmalar.
Assimilyatsiya – ozchilikning ko‘pchilik aholi ichiga singishib ketishi, bunda ozchilik aholi hukmron madaniyat me’yorlari va qadriyatlarini qabul qiladi.
Affektiv xatti-harakat M.Veberga ko‘ra, hissiyot va emotsiyalarga asoslangan xatti-harakat.
Barqarorlik (ijtimoiy) – jamiyatdagi tinch-totuvlik va uni mustahkamlash uchun shart-sharoitning mavjudligi; ijtimoiy qatlamlar, kuchlar va siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamjihatlik vaziyati; davlat, jamoat tashkilotlari, fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy kelishuv holatining muttasil davom etishi va h.k.
Bilish tasavvur, tushuntirish va eslab qolishni qamrab oladigan tafakkur jarayoni.
Geografik maktab Jamiyat hayotida geografik muhitning hal qiluvchi rolini ilgari suruvchi “bir omil” pozitivistik-naturalistik maktablaridan biri.
Demokratiya – fuqarolarga siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etish va boshqaruv organlariga o‘z vakillarini saylash imkonini beradigan siyosiy tizim.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling