Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Download 1.31 Mb.
bet87/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94
Neopozitivizm sotsiologiyaning asosiy vazifasini inson xulq-atvorini sotsial voqea-hodisa sifatida tabiiy fanlarda tan olingan metodlardan foydalangan holda o‘rganishdan iborat, deb qaraydigan yo‘nalish.
Neofreydizm Z.Freydning psixoanalizi asosiga qurilgan, lekin undan farqli ravishda asosiy e’tiborni ongsizlik yoki psixik jarayonlardan ko‘ra sotsiumdagi shaxs yoki shaxslararo munosabatlarga qaratgan yo‘nalish.
Obyekt (lot. objiect – narsa) – subyektning bilish va amaliy faoliyatida unga qarama-qarshi turadigan narsa.
Obyektiv reallik – inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan, undan tashqaridagi moddiy olam.
Olomon – qiziqishlarining umumiyligiga ko‘ra yopiq makonda vaqtinchalik to‘plangan insonlar yig‘indisi.
Organik” sotsiologiya G.Spenser tomonidan asos solingan jamiyat va tabiatning aynanligiga asoslangan sotsiologik konsepsiya.
Pozitiv usul O.Kont fikriga ko‘ra, ilmiy kuzatishlar, eksperiment va taqqoslash usuli yordamida to‘plangan empirik ma’lumotlarni tahlil qilish.
Pozitivizm (lot.positius – mavjudlik) – O.Kont asos solgan, ijobiy bilimlarni alohida mavjud bo‘lgan maxsus fanlarning natijasi va ularning uzviy birlashmasi natijasi sifatida qarovchi yo‘nalish.
Predmet – inson faoliyati va bilish jarayonida obyektlar dunyosidan ajratib qaralgan ma’lum bir yaxlitlikni ifodalovchi tushuncha.
Prinsip – turli ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar va bilimlar majmuining asosi, poydevori, har qanday xatti-harakat, xulq-atvor va faoliyatning boshlang‘ich qoidalari.
Prognoz – biror bir hodisaning kelajakdagi holati haqidagi ilmiy tadqiqotlarga asoslangan ehtimoliy mulohaza.
Propaganda (lot. yoyish, tarqatish) – keng ma’noda: ijtimoiy faoliyatning alohida turi bo‘lib, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida ilmiy, badiiy, ijtimoiy-siyosiy, milliy g‘oya va qadriyatlarni targ‘ib etishdir; tor ma’noda: mafkura va siyosatni targ‘ib etishga qaratilgan faoliyatdir.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling