Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Download 1.31 Mb.
bet86/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94
Ijtimoiy harakat – ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirish yoki to‘sqinlik qilish uchun jalb etilgan odamlarning katta guruhi.
Irqiy-antropologik maktab irqni ijtimoiy tarix, jarayon, harakatning bosh hamda asosiy subyekti deb talqin qiluvchi reaksion ta’limot.
Islohot – mavjud ijtimoiy tuzum asoslariga putur yetkazmasdan ijtimoiy hayotning biron-bir sohasini o‘zgartirish, har qanday yangilikni joriy etish.
Ichkaridan kuzatish – guruh yoki hamjamiyatlar faoliyatida sotsiologning o‘zi ishtirok etishini nazarda tutuvchi tadqiqot usuli.
Kolumbiya maktabi sotsiologiyada miqdoriy va sifatiy metodlarni ilgari surgan neopozitivizm maktabi.
Liderlik – individ tomonidan guruh liderligiga xos layoqat va sifatlarning namoyon etilishi.
Madaniyat – jamiyat uchun xos bo‘lgan qadriyatlar, me’yorlar va moddiy ishlab chiqarish.
Manfaat – individ yoki ijtimoiy guruhning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq yo‘nalganligi.
Mafkura – muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi.
Maqsadli oqilona xatti-harakat – M.Veber fikriga ko‘ra, tashqi dunyo predmetlari va boshqa odamlarga o‘z maqsadiga erishish yo‘lidagi shart-sharoit yoki vosita sifatida qaraydigan, oqilona yo‘naltirilgan xatti-harakat.
Mentalitet (lot. mens – aql, idrok) – jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarkib topgan tafakkur darajasi, ma’naviy salohiyati, hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan, ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy qobiliyati.
Mexanistik maktab jamiyatni statistik qismlardan tashkil topgan agregat sifatida mexanika, fizika, energetika va h.k. metodlar asosida o‘rganish g‘oyasini ilgari suruvchi “bir omil” pozitivistik-naturalistik maktablaridan biri.
Me’yorlar – muayyan ijtimoiy birlik doirasida qabul qilingan xulq-atvor qoidalari.
Millat – til, ma’naviyat, milliy o‘zlikni anglash, ruhiyati, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi ijtimoiy aloqalar bilan bog‘langan mustaqil subyekt sifatida o‘ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarning etnik birligi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling