Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida
-bob. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ekspertizadan o‘tkazish va kelishish
Download 73.67 Kb.
|
норматив хужжат карор
- Bu sahifa navigatsiya:
- 26-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy ekspertizasi
4-bob. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ekspertizadan o‘tkazish va kelishish
25-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining ekspertizasi Normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizalardan o‘tkazilishi shart. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organning qaroriga ko‘ra iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, lingvistik, ekologik ekspertizadan, shuningdek boshqa turdagi ekspertizalardan o‘tkazilishi mumkin. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash metodikasi” (19.04.2019-y., ro‘yxat raqami 3155). Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va (yoki) shaxslar ekspertlar sifatida jalb qilinadi. Ekspertiza o‘tkazish uchun olimlar va mutaxassislar, shu jumladan boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Ekspertlar normativ-huquqiy hujjat loyihasiga baho berishda mustaqildir va ekspertiza o‘tkazish topshirig‘ini bergan organning nuqtai nazari bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Ekspertlarning normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha xulosalari tavsiya xususiyatiga ega bo‘lib, ular ishlab chiquvchi yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organ tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim. Xulosaning inobatga olinmagan bandlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan holda ma’lumotnoma tayyorlanadi. 26-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy ekspertizasi Huquqiy ekspertiza jarayonida normativ-huquqiy hujjat loyihasining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning talablariga muvofiqligi, shu jumladan normativ-huquqiy hujjat loyihasida havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligi tekshiriladi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organning yuridik xizmati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy bo‘linmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilikka muvofiq o‘tkaziladi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risida nizom”ning 16-bandi ikkinchi kichik bandi “v” kichik bandi, “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi uslubiy ko‘rsatmalarning (ro‘yxat raqami 2352, 09.04.2012-y.) VII-bobi (“Ishlab chiquvchining yuridik xizmati tomonidan loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish”). Download 73.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling