Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari
Download 29.16 Kb.
|
yerkadastr
Agentlikning tuzilmasi
Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi: Agentlik markaziy apparati; Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar); Agentlikning tuman (shahar) bo‘limlari; Davlat kadastrlari palatasi; Respublika aerogeodeziya markazi; Davlat kartografiya va geodeziya fondi “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi; “Kompyuterlashtirish va geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi; Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji; Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi. Respublikasi Vazirlar Agentlik tizimidagi tashkilotlar va muassasalar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Agentlikka bo‘ysunadi. Quyidagilar hududiy boshqarmalarning asosiy vazifalari hisoblanadi: 1) Davlat kadastrlar palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallariga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlash; 2) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; 3) hududlar davlat kadastrining yuritilishini tashkil etish va amalga oshirish; 4) foydalanuvchilarni belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan ta’minlash. Hududiy boshqarmalar ularga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining qarorlari, buyruqlari ijrosini ta’minlaydi; 2) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi; 3) yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni Milliy geoaxborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ta’minlaydi; 4) yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmalar beradi; 5) ko‘chmas mulk obyektlariga obyektning geografik bog‘liqligini ta’minlovchi geokodlar beradi; 6) viloyat, tuman (shahar) darajasida ko‘chmas mulk obyektlari geokodlari ko‘rsatilgan holda elektron kartalarni shakllantiradi; 7) ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestridan ma’lumotlar beradi; 8) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali maslahat yordamini ko‘rsatadi va axborot beradi; 9) bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilash ishlarini tashkil etadi; 10) hududlar davlat kadastrini yuritilishini ta’minlaydi; 11) davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va axborotlarni Integratsion axborot tizimiga kiritadi; 12) kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatilishini tashkil etadi; 13) tuman (shahar) filiallarining faoliyatini boshqaradi, nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi; 14) kadastr muhandislari va tuman (shahar) filiallariga kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatishda teng sharoitlar yaratadi; 15) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi; 16) hududiy boshqarmalar faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi; 17) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hududlar kadastrini yuritish, shuningdek, hududiy boshqarmalar va ularning tuman (shahar) filiallari faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorlik qiladi; 18) kadastr muhandislari tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan tayyorlangan elektron kadastr yig‘majildini axborot tizimi orqali qabul qiladi hamda geoaxborot tizimlarida hisobini yuritadi; 19) yer uchastkasining chegarasini chizmalarda qayd etadi va naturada (joyning o‘zida) belgilaydi; 20) yer uchastkalarini belgilangan tartibda bo‘lish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi; 21) yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil qiladi; 22) foydalanuvchilarni belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan ta’minlaydi; Oldingi tahrirga qarang. 23) yer uchastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini ta’minlash maqsadida davlat yer kadastrining elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ta’minlaydi; 24) yer fondi toifalarining yer turlari bo‘yicha Milliy hisobotni Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini ta’minlaydi; 25) yer fondi holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini amalga oshirilishini ta’minlaydi; 26) yer hisobotini, tuman (shahar) yer kadastri daftarini faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini ta’minlaydi; 27) har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori bo‘yicha yer kadastri elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ta’minlaydi; Quyidagilar Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallarining asosiy vazifalari hisoblanadi: ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlari ko‘rsatish; bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilash. Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: ko‘chmas mulk obyektlarining joylashgan joyidan qat’iy nazar, davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalariga asosan kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlari ko‘rsatadi; bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilaydi; Oldingi tahrirga qarang. davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri hamda hududlar davlat kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va axborotlarni Integratsion axborot tizimiga kiritadi; yer uchastkasining chegarasini chizmalarda qayd etadi va naturada (joyning o‘zida) belgilaydi; yer uchastkalarining chegaralariga aniqlik kiritadi, yer uchastkalarini bo‘lish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi; ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlar va axborotlarni Integratsion axborot tizimiga kiritadi; Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat va tariflarga muvofiq qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatadi; Oldingi tahrirga qarang. yer uchastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini ta’minlash maqsadida davlat yer kadastrining elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ta’minlaydi; yer fondi toifalarining yer turlari bo‘yicha Milliy hisobotni Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini ta’minlaydi; yer fondi holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini amalga oshirilishini ta’minlaydi; er hisobotini, tuman (shahar) yer kadastri daftarini faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini ta’minlaydi; har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori bo‘yicha yer kadastri elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ta’minlaydi. Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining ajratiladigan o‘lchamlari “46.1-modda. Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining ajratiladigan o‘lchamlari Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari quyidagi o‘lchamlarda ajratiladi: Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari quyidagi o‘lchamlarda ajratiladi: 1) dehqon xo‘jaligini yuritish uchun — 0,06 gektardan 1 gektargacha; 1) dehqon xo‘jaligini yuritish uchun — 0,06 gektardan 1 gektargacha; 2) fermer xo‘jaliklariga va boshqa yuridik shaxslarga: 2) fermer xo‘jaliklariga va boshqa yuridik shaxslarga: sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar; sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar; bog‘dorchilikka, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar; bog‘dorchilikka, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar; chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarni yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) — sug‘oriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar; chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarni yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) — sug‘oriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar; paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 30 gektar; paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 30 gektar; g‘allachilik va sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar; g‘allachilik va sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar; 3) agrosanoat klasterlari, shu jumladan kooperatsiya shaklidagi klasterlar uchun: 3) agrosanoat klasterlari, shu jumladan kooperatsiya shaklidagi klasterlar uchun: paxtachilik-to‘qimachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 2000 gektar; paxtachilik-to‘qimachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 2000 gektar; g‘allachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 1000 gektar; g‘allachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 1000 gektar; sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 200 gektar; sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 200 gektar; bog‘dorchilik, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 100 gektar; bog‘dorchilik, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 100 gektar; chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) sug‘oriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar”; Yer resurslarini boshqarish - bu yer resurslariga jamiyat va davlatning yer resurslarini foydalanishda ularning samaradorligini oshirish uchun muntazam, ongli va aniq maqsadga qaratilgan ta’sir ko'rsatishidir. Yer munosabatlarining obyekti yer resurslaridir. Yer resurslarini boshqarish esa ulardan foydalanishni rejalashtirish, tashkillashtirish, tartibga solish va nazorat qilishdan iborat bo‘lishi kerak. 0 ‘zbekistonda yer resurslarini boshqarish, davlat yer fondidan oqilona foydalanishni ta’minlash va tashkillashtirish maxsus vakolatga ega bo'lgan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Yerdan foydalanishni boshqarish sohasi huquqiy jihatdan yer fondini boshqarish bo'yicha umumiy boshqarish vakolatiga ega va ijro etuvchi davlat organlariga ajraladi. Umumiy boshqarish organlari birinchi navbatda davlat hukumatining oliy organlaridir. Ijro etuvchi organlar O'zbekiston hududi chegarasida va ma’muriy-hududiy birliklarda tegishli yerdan foydalanuvchi idoralar bo'lib, ular yerlardan qanday maqsadlarda foydalanishidan qat’iy nazar yer resurslarini yer boshqarish bo'yicha maxsus huquqlariga egadir. Yer resurslarini boshqarishda quyidagi yo'nalishlar mavjud: > Siyosiy-yer resurslaridan oqilona foydalanish bo'yicha davlatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ekologik vazifalarini bajarilishini ta’minlashidir. M a’muriy boshqarish esa yer resurslarini boshqarish omilkorligini aniqlash, o'zaro muvofiqlashtirilgan vazifalarni va ularni bajarishni tashkil etish, davlat boshqaruvi va mahalliy organlar tizimini shakllantirish; > Huquqiy - qonuniy hujjatlarda belgilangan huquqiy me’yorlar asosida yerni saqlash va oqilona foydalanish; > Ilmiylik - fan-texnika taraqqiyoti erishgan yutuqlami hisobga olib yer resurslarini boshqarish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish; > Iqtisodiy - yer resurslaridan samarali foydalanish shartlarini belgilash; > Tashkiliy-texnologik - iqtisodiy, ijtimoiy rag'batlar va yer resurslarini asrash hamda ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha tadbirlami amalga oshirish. Yer resurslarini boshqarish obyektiv va sub’ektiv omillami muayyan birga qo‘shib olib borish demakdir. Bir vaqtning o'zida tabiatning jinsi sifatida yer o ‘zining qonuni bo‘yicha rivojlanadi va boshqarishning uslublari va shakllariga muayyan ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun boshqarish vazifalarini bajarish vaqtida hududning rivojlanishi, iqtisodiy sharoitlari kompleksida yerning asosiy xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bundan tashqari, yer resurslarini boshqarish majmuasi harakterga ega, chunki yer munosabatlari sub’ektlarning ko'pgina manfaatlariga borib taqaladi. Bu boshqarish organlaridan yer resurslarini asrash va foydalanish jarayonining shakllanishiga tashkiliy-texnologik qarorlar, ekologo-iqtisodiy oqibatlar imkoniyati bilan tizimli yondashuvini talab qiladi. Yer kadastriga doir axborot Yer kadastriga doir axborotlar erni ro‘yxatga olish, erni hisobga olish va yer bahosiga oid axborotlar majmuini tashkil etadi hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Yer kadastriga doir axborotni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yerlardan foydalanish, ularni tiklash va muhofaza qilish, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) va ularni olib qo‘yish, yer uchun to‘lanadigan haq miqdorini belgilash, yer tuzish ishlarini bajarish, xo‘jalik faoliyatiga baho berish hamda yerdan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni amalga oshirish chog‘ida davlat yer kadastri ma’lumotlaridan foydalanilishi shart. Yer kadastriga doir axborot davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga tekinga taqdim etiladi, yuridik va jismoniy shaxslarga esa haq evaziga beriladi. Yer kadastriga doir axborotdan foydalanuvchilar bunday axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda yoki shartnoma asosida olishga haqlidirlar. Yuridik va jismoniy shaxslar yer kadastriga doir axborot ma’lumotlari qayta ko‘rib chiqilishini talab qilishga haqlidirlar. Davlat sirini saqlash maqsadida qonun hujjatlarida yer kadastriga doir axborotlar olishni cheklaydigan yoki taqiqlaydigan hollar nazarda tutilishi mumkin. Yer kadastriga doir axborot tizimi Yer kadastriga doir axborot tizimi — yer resurslari to‘g‘risidagi fazoviy-muvofiqlashtirilgan ma’lumotlarni to‘plash, ular ustida ishlash, ularni aks ettirish va tarqatishni amalga oshiruvchi avtomatlashtirilgan jo‘g‘rofiy axborot tizimidir. Yer kadastriga doir axborot tizimi yer resurslarini ro‘yxatga olish, baholash, ularning istiqbolini belgilash va ulardan foydalanishni boshqarishning ilmiy hamda amaliy vazifalarini hal etish uchun mo‘ljallangan. Yer kadastriga doir axborot tizimi: mo‘ljallanishi bo‘yicha — ko‘p maqsadli va maxsus; hududni qamrab olishi bo‘yicha — lokal, mintaqa va respublika tizimiga bo‘linadi. 5. Yer kadastriga doir axborotni tayyorlashda quyidagi talablar bajarilishi shart: axborot maxfiylik darajasi bo‘yicha shakllantirilgan bo‘lishi; er kadastriga doir ochiq axborotdan foydalanish maksimal darajada yengillashtirilgan bo‘lishi; axborot to‘liq va ishonchli bo‘lishi, yer uchastkasining hozirgi holatini aks ettirishi; axborot manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning ehtiyojlariga mos bo‘lishi kerak Download 29.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling