Normirzayev Adham Taqdimoti


Download 1.14 Mb.
bet1/6
Sana19.12.2022
Hajmi1.14 Mb.
#1033752
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Normirzayev Adham (1) (2)

Normirzayev Adham Taqdimoti


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti
Iqtisodiyot yo`nalishi 2i-22 guruh talabasi
DTPI_2022

  Reja: 1. O`zbekistonning Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasini jamiyatdagi o`rni 2. Adolatli ijtimoiy siyosat yurutish, Ta’lim,Sog`liqni saqlash sohalaridagi o’zgarishlar 3.Xulosa Ijtimoiy sohani rivojlantirish zamonaviy bosqichlari


Mavzu: O`zbekistonda Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasini shakllanishi

  O‘zbekistonda kechayotgan bugungi o‘zgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab berdi desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda yuz berayotgan ulkan yangilanishlar davlatimizning dunyo hamjamiyati bilan birlashishini ta’minlamoqda. Qisqacha aytganda, bugun yurtimiz dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiqlik siyosati sari yuzlanmoqda. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng qisqa muddatda barcha sohada ulkan yutuqlarga erishildi, Mamlakatimizning birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan 1991 yil O’zbekiston taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb nom olgan strategiya asosida davlat va jamiyat qurilishining besh tamoyili ilgari surdi. Bu tizim dasturiga Ijtimoiy himoya mavzusi ham alohida e`tirof etildi.


Ijtimoiy himoya — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan iborat. 
Mulkchilik shaklidan qati nazar,ijtimoiy xizmat ko`rsatish muassasalari imtiyozli soliqqa tortiladi. Buning natijasida aholini rivojlanishini ta`minlash ularni ijtimoiy himoya qatlamini rivojlantirish yuzaga keladi.
Ijtimoiy himoya tuzilmasining o’ziga xos xususiyati shundaki; uning elementlari bir vaqtning o`zida ijtimoiy institutlar va ushbu tizimning asosiy funksiyalaridir. Ijtimoiy himoya tizmining markaziy elementi va vazifasi davlat tomonidan yaratilgan va tartibga soladigan va ijtimoiy himoya asosiy yukinni o`z ichiga oladigan tizim sifatida ham e`tirof etiladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling