Normuhamedova Dilrabo
Download 33.92 Kb.
|
1 2
Bog'liqgeometiya.docx sillabus
Normuhamedova Dilrabo Pedagogika OTMda Geometriya fanini o’qitilish holati va ishchi dasturlari qiyosiy tahlili Geometriya fani maktab va akademik litseylarda o‘qitiladigan geometriya fanining uzviy davomi bo‘lib, undagi tushuncha va xossalarni ilmiy asoslash uchun xizmat qiladi. Shuningdek bu fan topologiya va differensial geometriya, geometriyaning tanlangan boblari fanlarini oʻqib oʻrganish uchun asos boʻladi. Shu sababli bu fanni oʻzlashtirishga alohida talab qoʻyiladi. Bu fan matematika va informatika oʻqituvchisining matematik tayyorgarligini ta’minlash tizimining ajralmas qismidir. Fanni oʻqitishdan maqsad - boʻlajak oʻqituvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, geometrik tushuncha va munosabatlarni talabalar tomonidan ongli ravishda oʻzlashtirilishiga hamda hayotga tadbiq eta olishga intilish, ularning kelajakdagi ish faoliyatida amaliy ahamiyat kasb etuvchi matematik bilim, koʻnima va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Fanning vazifasi – talabalarni geometriyadan ma'lumot majmuasi bilan tanishtirishgina emas, balki talabalarni mantiqiy fikrlash, teoremalarni amaliy masalalar yechishga qoʻllay bilish, shuningdek talabalarga ta'lim yoʻnalishlariga oid bilimlarni berish. Geometriya oʻquv fanining oʻzlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: -geometriya dunyoni bilishning oʻziga xos usuli, uning tushunchalari va tasavvurlarining umumiyligi; matematik modellash; axborot, uni saqlash, ularga ishlov berish va ularni uzatish usullarini bilishi kerak; -analitik geometriya, konstruktiv geometriya, proektiv geometriya, geometriya asoslari, koʻp oʻlchamli geometriyaning asosiy tushunchalari va metodlarini bilishi va ularni masalalarni yechishga tatbiv etish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak. -ob'ektlarning miqdoriy va sifat nisbatlarini ifodalash uchun matematik simvolardan foydalanish; geometrik masalalarni yechishda analitik geometriya elementlaridan foydalanaish; konstruktiv geometriya, proektiv geometriya elementlaridan foydalanish va koʻp oʻlchamli geometriya tushunchalrini tadbiq eta olish malakalariga ega boʻlishi kerak. 60110600-Matematika va informatika
Mustaqil ta’lim mavzusi talabalar mustaqil o‘rganadigan mavzular hamda auditoriyada o‘tilgan leksiya va amaliy mashg‘ulot mavzularini mustaqil o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Mustaqil ish talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, mavzularni tushunish qobiliyatini maksimal darajada rivojlanishiga, umumiy dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: - darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish; - tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish; - avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; - maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida o‘rganish; - talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish; - faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari; - masofaviy (distansion) ta’lim. Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlanadi va uni taqdimoti tashkil etiladi. Download 33.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling