Normurodova m. A


Download 1.78 Mb.
bet14/73
Sana13.01.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1091931
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
Bog'liq
4 га тегишли

Gipotalamus unga pastdan o’ziga xos egat bilan ajratib turuvchi ko’rish burtagiga tutashgan bo’ladi. Uning oldingi chegarasi bo’lib ko’rish nervlarining kesishgan joyi hisoblanadi. Gipotalamus 3-guruhga bo’linuvchi 32 juft yadrolardan iborat bo’ladi, va ular oldingi o’rtanchi va keyingi guruhlarga birlashgandir.
Gipotalamus nerv tolalari yordamida miya tanasidagi retikulyar formasiya, gipofiz va talamus bilan keng bog’lanishlikga ega. Gipotalamus organizmning vegetativ funksiyalarini boshqaruvchi bosh po’stloqosti markazi hisoblanadi. Gipotalamusning ta’siri asab tizimi bilan va ichki sekresiya bezlari bilan bajariladi.
Gipotalamusning oldingi qismi hujayralari yadrolarida gipatalo –gipofizar yo’l orqali neyrogipofizga tashiluvchi neyrosekret ishlab chiqiladi. Buni gipotalamus va gipofizning tomirli bog’lanishligi va qon bilan juda kuchli ta’minlanishi ta’min etadi. Ko’pchilik hollarda gipotalamus va gipofiz gipotalamo-gipofizar tizimga birikadi.
Gipotalamus bilan buyrak usti bezlarining to’g’ridan-to’g’ri aloqasi borligi haqida ham yozilgan, gipotalamusning qo’zg’atilishi adrenalin va noradrenalinning sekretsiyasini chaqiradi. Shunday qilib gipotalamus endokrin bezlar faoliyatini ham boshqaradi.
Yurak- tomirlar va ovqat hazmi tizimlarining faoliyatini boshqarilishida ham gipotalamus faol ishtirok etadi.
Gipotalamus oldingi guruh hujayralari yadrolari qo’zg’atilganida oshqozon va siydik pufagini motorikasi tezlashadi, me’da bezlarining sekresiyasi ortadi, yurakni qisqarish ritmi sekinlashadi. Bularning barchasi gipotalamusni oldingi qismida vegetativ asab tizimining parasimpatik bo’limini funksiyalarini boshqaruvchi yadrolar joylashgan deyishga asos bo’ladi. Gipotalamusning keyingi bo’limini qo’zg’atish esa oshqozon- ichaklar tizimi faolligini yo’qotadi, arterial bosimni ko’taradi, yurakni qisqarishi ritmini tezlashtiradi, qon tarkibida adrenalin va noradrenalinni miqdorini oshiradi. Mana shularning o’zidan gipotalamusning keyingi yadrolarining vegetativ asab tizimining simpatik bo’limiga ta’siri ko’rinib turibdi.
Gipotalamusning eng katta yadrolaridan biri –kulrang bo’rtik-ko’plab endokrin bezlar funksiyasini va moddalar almashinuvini boshqarilishida ishtirok etadi. Kulrang bo’rtikni jarohatlash jinsiy bezlarni atrofiyaga uchrashini chaqiradi. Uning uzoq muddat qo’zg’atilishi juda erta jinsiy yetilishga, terida yaralarni yuzaga kelishiga, me’da yarasiga va o’n ikki barmoqli ichak yaralarini hosil bo’lishiga olib keladi.
Gipotalamus tana haroratini ham boshqarilishida ishtirok etadi. Suv almashinuvi va uglevodlar almashinuvining boshqarilishidagi roli aniqlangan. Gipotalamusning bir qator yadrolarini jarohatlash yog’li ovqatlarni ko’p iste’mol qilish hisobiga va «bo’ridek och qolish» ni yuzaga kelishi tufayli haddan tashqari semirish (bo’lmiya) yuz bersa, boshqa yadrolarni jarohatlash ishtahani keskin pasayishi natijasida katostrofik oriqlab ketish yuz beradi. Bo’rtikosti funksiyalari buzilgan kasallarda juda ko’pchilik holatlarda menstural sikl buziladi, jinsiy zaiflik kuzatiladi va hokazo. Gipotalamus yadrolari juda ko’plab murakkab axloqiy reaksiyalarda (jinsiy,oziqaviy, agressiv-himoya) ishtirok etadi, bundan tashkari uyqu va bedorlikni boshqarilishida ham ishtirok etadi. Hayvonlarda gipotalamusning jarohatlanishi uyquni chaqiradi; bu paytda kuchli faollik elektro-ensefalogrammada bedorlikka xos bo’lgan holat, uyquga xos bo’lgan sekin-kuchsiz faollik bilan almashinadi.
Tug’ilish paytiga kelib ko’rish bo’rtigidagi yadrolarning katta qismi yaxshi rivojlangan bo’ladi. Tug’ilgandan keyin nerv hujayralarining o’sishi va nerv tolalarining rivojlanishi hisobiga ko’rish bo’rtigining hajmi kattalashadi. Bu jarayon 13-15 yoshgacha davom etadi.
Yangi tug’ilgan bolalarda bo’rtik osti yadrolarining tabaqalanishi tugallanmagan bo’ladi va uning yakuni notekis kechadi. Umuman olganda bu yadrolar o’z rivojlanishini jinsiy yetilish davrida tamomlaydi.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling