Normurodova m. A


Bosh miyaning o’sishi va rivojlanishi


Download 1.78 Mb.
bet16/73
Sana13.01.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1091931
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73
Bog'liq
4 га тегишли

Bosh miyaning o’sishi va rivojlanishi. Yangi tug’ilgan bolalarda bosh miyaning vazni 340-400 g ni tashkil etadi, bu esa uning gavda og’irligining 1/8 –1/9 qismini takshil etadi. Miyaning vazni yoshga qarab o’zgara boradi.

Miya vaznining yoshga qarab o’zgarishi




Yosh

Miyaning vazni, g

Yosh

Miyani vazni, g

Yangi tug’ilgan bola

400

13 yosh

1300

1 yosh

800

15 yosh

1350

3 yosh

1170

18 yosh

1380

7 yosh

1250

Voyaga yetgan
odam

1400

Miyaning jadal o’sishi bola hayotining dastlabki uch yilida yuz beradi.Homila 4 oylik bo’lgunigacha bo’lgan rivojlanishida katta yarim sharlarning yuzasi silliq bo’ladi. Homilaning 5 oyida avval yonbosh, so’ngra markaziy tepa-ensa egatlari hosil bo’ladi. Tug’ilish paytiga kelib katta yarim sharlarning po’stlog’i tuzilishi jihatidan voyaga yetgan odamlarniki tipida bo’ladi. Lekin egatlarning shakli, o’lchami holida chigalliklar tug’ilganidan keyin ham o’zgaradi.
Yangi tug’ilgan bolalarning nerv hujayralari duk shaklida bo’lib uncha ko’p bo’lmagan o’simtalarga ega bo’ladi, po’stloq esa voyaga yetgan odamlarnikidan ancha nozik va yupqa bo’ladi.
Nerv tolalarining miyelinlashishi, po’stloq qatlamlarining joylashuvi, nerv hujayralarining tabaqalanishi asosan 3 yoshga yetgach tugaydi. Bosh miyaning kelgusi rivojlanishi assosiativ tolalar miqdorining ortishi va yangi nerv bog’lanishlarning hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu yillarda miyaning vazni juda kam o’zgaradi.



      1. Bosh miya po’stloq qismining tuzilishi va funksional jihatdan tashkiliy qismlari.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling