Normurodova m. A


Orqa miyaning rivojlanishi


Download 1.78 Mb.
bet9/73
Sana13.01.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1091931
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
Bog'liq
4 га тегишли

Orqa miyaning rivojlanishi. Orqa miya boshqa miyalardan oldin rivojlanadi. Embrionda bosh miya hali miya puffaklari bosqichida bo’lganida, orqa miya esa o’sha paytdayoq jiddiy o’lchamlarga ega bo’ladi. Homila rivojlanishining turli bosqichlaridayoq orqa miya umurtqa pog’onasining kanalini butunicha to’ldiradi. So’ngra, umurtqa pog’onasining ustuni o’sish bo’yicha orqa miyaning o’sishidan ortib ketadi va tug’ilish paytida u bel umurtqalarining 3- segmentida tamom bo’ladi. Yangi tug’ilgan bolalarda orqa miyaning uzunligi 14-16 sm.ni tashqari qilsa, 10 yoshga kelib esa u ikki marta uzayadi. Orqa miyaning yo’g’onlashishi juda sekin amalga oshadi. Bolalar orqa miyasining ko’ndalang kesimida oldingi shoxlar keyingi shoxlarga nisbatan ko’proq bo’ladi. Bolalarning orqa miyasidagi nerv hujayralarining ko’payishi maktab yoshidagi bolalarda kuzatiladi.
Orqa miyaning funksiyalari. Orqa miya organizmning murakkab harakat reaksiyalarini bajarishda ishtirok etadi. Bu orqa miyaning reflektor funksiyasidir. Orqa miyaning kulrang moddasida juda ko’plab harakat reaksiyalarining reflektor yo’llari tutashadilar. Orqa miyaning bu funksiyasiga tizza refleksi misol bo’ladi. Sonning to’rtboshli muskullarining paylari bo’ylab urish tizza bo’g’inidan boldir muskullarining cho’zilishini chaqiradi. Bu refleksning yo’li orqa
miyaning 2-4 bel segmentlaridan o’tadi. Bolalar hayotini dastlabki kunlarida tizza refleksini chaqirish juda oson, lekin, u boldir muskullarining cho’zilishi bilan emas balki bukilishi bilan namoyon bo’ladi, bu esa cho’zuvchi muskullar tonusining, bukuvchi muskullar tonusidan past bo’lishini ko’rsatadi. Sog’lom bolalar hayotining birinchi yilida refleks doimo yuzaga kelsada, u unchalik aniq namoyon bo’lmaydi.
Orqa miya bosh miya nervlari bilan innervasiya qilinuvchi bosh muskullaridan tashqari barcha skelet muskullarini innervasiya qiladi. Orqa miyada tana, qo’l-oyoqlar va bo’yin muskullarining reflektor markazlari joylashgan. Shu yerning o’zida vegetativ asab tizimining markazlari ham joylashgan. Siydik chikarish va defekasiya, erkaklarda jinsiy a’zoning reflektor holda taranglashishi va spermaning otilib chiqarilishi (erreksiya va eyakulyasiya) orqa miya funksiyalari bilan bog’liqdir.
Orqa miya, o’tkazuvchanlik funksiyasini ham bajaradi. Orqangi ildizlardan orqa miyaga tushuvchi markazga intiluvchi nerv impulslari orqa miyaning o’tkazuvchi yo’llari orqali yuqorida yotuvchi bosh miyaning boshqa bo’limlariga o’tkaziladi. O’z navbatida markaziy asab tizimida yuqorida yotuvchi bo’limlaridan orqa miya ham skelet muskullari va ichki organlar faoliyatini o’zgartirishi mumkin bo’lgan impulslarni oladi.
Odamlarda orqa miyaning faoliyati jiddiy darajada markaziy asab tizimining yuqorisida yotuvchi bo’limlarining koordinasiyalovchi ta’siriga bo’ysunadi.



Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling