Norton Utilities dasturlari «Norton Utilities»


Download 436.41 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi436.41 Kb.
#200706
1   2
Bog'liq
3 Norton Utilities dasturlari

Qisqacha mazmuni: “Norton System Works” dasturini quyidagi utilitalarini o‘rganib chiqamiz.




        1. Image

  1. Norton disk doctor

  1. Norton Optimization Wizard

  1. Norton Registry Editor

  1. Norton Registry Tracker

  1. Norton System Check

  1. Norton System Doctor

  1. Norton Utilities Help

  1. Norton WinDoctor

  1. Product Service and Support

  1. Rescue Disk

  1. Norton Speed Disk

  1. System Information

  1. Norton UnErase Wizard

  1. Norton Wipe info

2-rasm. Menyuning ko‘rinishi
Norton Disk Doctor dasturi
Ushbu dastur buzilgan disklarni tekshirish va qayta tiklash uchun xizmat qiladi. Quyidagi dasturning mukammalroq versiyasi Norton Disk Doctor bilan tanishamiz, maskur tavsifdan dasturning dastlabki versiyasi bilan ishlovchilar ham yo‘llanma sifatida foydalanishlari mumkin.

Norton Disk Doctor dasturini ishga tushirish



Пуск→ Программы → Norton Utilities→ Norton Disk Doctor

ketma-ketlikgida amalga oshiriladi.



3-rasm. Bosh menyu orqali ko‘rinishi


Ekranda ushbu oyna hosil bo‘ladi:

3-rasm. Disklarni tanlash


“Norton Disk Doctor” sizning qattiq diskingizni fizik va mantiqiy "sog‘liq" ni taminlash uchun dasturdir, kerakli vaqtda fizik va mantiqiy xatoliklarni tuzatishi mumkin:

-diskning sistema uchun ajratilgan sohasini tekshirish;

-diskning magnit sirtidagi nuqsonlarni aniqlash va tuzatish;

-diskning ma’lumotlar bilan band qismlari tekshiriladi;

-diskni tekshirishda qayta tekshiruvchilar sonini belgilash mumkin;

-kundalik, haftalik tekshirishlarni o‘rnatish kabi ishlarni bajarish mumkin.


Image.exe dasturi

Image.exe dasturi diskning sistema sohasi haqidagi ma’lumotlarni Image.dat fayliga yozib qo‘yadi. Ushbu fayl yuklash yozuvi (Boot Record), fayllar joylashish jadvali (File Allocation Table-FAT) va o‘zak katalog haqida ma’lumotlardan iborat.

Agar siz diskni tasodifan formatlagan (Safe Format dasturi bilan) bo‘lsangiz, lekin avvalroq Image.exe yordamida diskda Image.dat faylini hosil qilgan bo‘lsangiz, diskni Unformat dasturi yordamida qayta tiklashingiz mumkin. UnErase dasturi ma’lum hollarda fayllarni qayta tiklashda Image.dat faylidan foydalanadi.

Har safar Image.exe fayli ishga tushirilganda, undagi axborot yangilanib turadi, faylning avvalgi holati esa Image.bat faylida saqlanadi.

Eslatma: Disk “FORMAT” buyrug‘i bilan formatlangan bo‘lsa, Image.dat faylidagi axborotdan diskni qayta tiklashda foydalanib bo‘lmaydi.

Image.exe dasturini ishga tushirish quyidagicha amalga oshiriladi:



Пуск→ Программы → Norton Utilities→ Image

Dastur ishga tushgandan so‘ng, ekranda quyidagi oyna hosil bo‘ladi:



4-rasm. “Image.exe” dasturini ishga tushirish




Image.dat faylini hosil qilish tugmasi bosilganda oyna quyidagi ko‘rinishni oladi:

5-rasm. Dasturni ishga tushirish


Image.dat faylini hosil qilish tugmasi bosilganda oyna quyidagi ko‘rinishni oladi:

1. Image.exe dasturi parametrlar oynasini ochadi (параметры).

2. Norton Utilities dasturlari haqida yordamchi ma’lumotlar (помощь).

3. Image.exe dasturi oynasini yopish (закрыть).

4. Disklar ro‘yxati joylashgan bo‘lib Image.dat faylini qaysi disk uchun yaratish lozimligini ko‘rsatish lozim (Диски для создания изображений).

5. "Резерв" li fayl yaratishni yoqish (создавать резервный файл).


6-rasm. Disklarning parametrlarini belgilash


1. Windows ishga tushishi bilan dasturni ishga tushirish

2. Dastur ishga tushishi bilan diskni tanlash

3. "Резерв" li fayl yaratish
Norton System Doctor
Norton Disk Doctor dasturi Windows ni turli parametrlarini kuzatish uchun juda qulay va mohirona ishlangan utilita hisoblanadi. Dastur ishga tushishi bilan bir paytning o‘zida bir necha amallarni bajaradi:

-diskni xatoliklar va viruslardan tekshiradi;

-defragmentatsiya qilish kerak yoki yo‘qligi aniqlaydi;

-xatoliklarni aniqlashi bilanoq foydalanuvchiga kerakli dasturni ko‘rsatib xatolikni to‘g‘rilashni (davolashni) tavsiya etadi;

-System Doctor ning sensorlari kompyuter protsessorining qancha qismi yuklatilganini ko‘rsatadi;

-operativ xotiraning qancha qismi ishlayotganini ko‘rsatadi;

-qattiq diskda qancha bo‘sh joy qolganini ko‘rsatadi va hokazo.

“Norton System Doctor” dasturini ishga tushirish quyidagicha amalga oshiriladi: Пуск → Программы → Norton Utilitie s→ Norton System Doctor



Dastur ishga tushishi bilan ekranda quyidagi oyna hosil bo‘ladi.

7-rasm. “Norton System Doctor” darchasining umumiy ko‘rinishi


1. Dastur asosiy menyusi.

2. Vinchesterdagi S: qattiq diskda qolgan bo‘sh joyni ko‘rsatadi.

3. Norton Utilities dasturlarini yangilash lozim yoki yo‘qligini ko’rsatadi.

4. Vinchesterdagi D: qattiq diskda qolgan bo‘sh joyni ko‘rsatadi.

5. Tezkor xotiraning necha foiz qismi ishlatilayotganini ko‘rsatadi.

6. Windows ishlashi davomida ro‘y beradigan xatoliklarni ko‘zatib boradi va ko‘rsatadi (davolashni tavsiya etadi).

7. S: diskni defragmentatsiya darajasini ko‘rsatadi.

8. D: diskni defragmentatsiya darajasini ko‘rsatadi.

9. Vinchesterdagi holatni ko‘rsatadi.

10. Joriy sana va vaqtini ko‘rsatadi.



Agar yangi indikator qo‘ymoqchi bo‘lsak, “Индикаторы” menyusidan kerakli sohadagi indikatorlarni tanlaymiz.






8-rasm. Menyudan indikatorlarni tanlash
Download 436.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling