Noruda konlarni qazib ol
Download 143.24 Kb.
|
4-Ámleiy shınıǵıw
- Bu sahifa navigatsiya:
- Q ur il i sh
- Qur il i sh
NORUDA KONLARNI QAZIB OLISH JARAYONLARI Xalq xo’jaligida yoqilg’i yoki metall uchun xom ashyo hisoblanmaydigan foydali qazilmalarga noruda foydali qazilma konlari deyiladi. Noruda foydali qazilma maxsuloti hisoblangan va qurilish ishlarida (sanoat, turar joy, yo’l va boshqalar) qo’llaniladigan har xil materiallar (shag’al, graviy, but, arralangan tosh, sement va boshqalar) noruda qurilish materiallari deb yuritiladi. Noruda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi kar’yerlarning nomlari qazib chiqariladigan kon jinsi (granit kar’yeri, karbonat kar’yeri, marmar koni va boshqalar) yoki qazilma maxsuloti (shag’al tosh, dekorativ tosh kar’yerlari) nomlariga mos ravishda qabul qilingan. Noruda qurilish materiallari har xil genetik tipdagi kon jinslari - magmatik (granit, sienit, gabbro, andezit, tuf va boshqalar), cho’kindi (ohaktosh, dolomit, graviy, qum va boshqalar) ko’rinishida uchraydi. Ular tabiatda keng tarqalgan bo’lib, yer yuzasiga yaqin joylashgan va asosan ochiq usulda qaziladi (1-rasm). Noruda qurilish materiallari yer qa'ridan qazib olinadigan va qayta ishlab chiqishdan keyin turli material ko’rinishida yoki tabiiy holda qurilish ishlarida qo’llaniladigan foydali qazilmalardan iborat. Bloklar va qoplama plitalarni ishlab chiqarish uchun qattiq tog’ jinslari: granit, diorit, gabbro, kvarsit, labrodorit, bazalt, diabaz, andezid; o’rtacha qattiqlikdagi tog’ jinslari: marmar, marmarlashgan ohaktosh, peschanik; yumshoq tog’ jinslari: ohaktosh, dolomit, travertin, tuf va gipslar qazib olinadi.
1-rasm. Granit koni. Qurilish materiallarini qazib olish usullari. Kar’yerlarda bloklarni qazib olish burg’ulash-portlatish ishlari va buroklin usulida amalga oshiriladi. Buning uchun dastlab massivdan katta o’lchamdagi bloklar ya'ni, monolitlar ajratib olinadi keyin esa, u kerakli o’lchamdagi bloklarga ajratiladi. Massivdan katta blokni ajratib olish uchun ishchi gorizontda blokni vertikal bo’yicha blok osti yorig’igacha chegaralovchi shpurlar burg’ulanadi, portlovchi modda bilan zaryadlanadi va portlatiladi. Portlash natijasida yoriqlar hosil bo’ladi. So’ngra esa, monolit massivdan gidrodomkrat yordamida ajratib olinadi yoki bul’dozer yordamida tortib olinadi. Buroklin usulida chegaralovchi shpurlar uncha katta bo’lmagan chuqurlikkacha burg’ulanadi. Ularga monolitni massivdan ajratib olish uchun ponalar qoqiladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, monolitni ajratib olish gidroklinlar yordamida amalga oshiriladi. Bunday hollarda shpurlar katta chuqurlikkacha burg’ulanadi. Ularga gidroklinlar joylashtiriladi va 112
unga suyuqlik yuborish natijasida tog’ jinsini shpurlar chizig’i bo’ylab ajratuvchi kuchlanish hosil qilinadi. Qurilish materiallarini qazib olishda qo’llaniladigan transport vositalari. O’rtacha qattiqlikdagi monolitlarni massivdan zarbli-burg’ulovchi mashina (chennelerlar), tosh kesuvchi burg’ulash mashinasi va kanatli arra yordamida shellar hosil qilinib ajratib olinadi. Zarbli burg’ulovchi mashinaning ishchi organi dolota hisoblanadi. Ish jarayonida dolota massiv bo’yicha uzluksiz zarb beradi va buning natijasida eni 60 mm va chuqurligi 6 m gacha bo’lgan shel hosil qiladi. KMAZ-188 va KBS-3A tipidagi burg’ulash mashinalari massivda gorizontal va vertikal shellar o’yadi va natijada monolitni massivdan ajratadi. Kanatli arra yordamida massivdan o’lchamining kattaligi 20x10x3 m bo’lgan monolitlarni ajratib olish mumkin. Ularning ishchi organi diametri 3 mm dan 5 mm gacha bo’lgan ikki yoki uch sim tomirli trosdan iborat. Arralash katta diametrli kanat yordamida boshlanadi, yemirilganda esa shelga kichik diametrdagi yangi kanat kiritiladi. AQSh da kanat o’rnida po’lat lentalar qo’llaniladi. Lentaning qulayligi shundan iboratki, emirilganda ham o’z qobiliyatini yo’qotmaydi. Kanat yo’nalishini va zaboyga bo’ladigan bosimni o’zgartirish uchun roliklar qo’llaniladi. Roliklarni o’rnatish uchun massivda burchak ostida skvajinalar burg’ulanadi. Ularning diametri shunday bo’lishi kerakki, unga siquvchi rolikni joylashtirish imkoni bo’lsin. Italiyaning "Pelegrini" firmasi bir vaqtning o’zida skvajina o’tish bilan burg’ulashni ta'minlovchi maxsus ustun bilan jixozlangan kanatli arralar ishlab chiqaradi. Katta marmar monolitlarni massivdan ajratib olishda gidrodomkratlar yordamida maxsus shebendan tayyorlangan asos ustiga yiqitish yo’li bilan amalga oshiriladi. Balandligi uncha katta bo’lmagan monolitlar massivda arralanishi mumkin va joyida transportga tashishga moslab bloklarga bo’linadi. Yumshoq jinslarni qazib olish SM-177A turdagi tosh kesuvchi mashinalar yordamida amalgam oshiriladi. 113 Download 143.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling