Norvegiya davlati haqida umumiy malu’motlar
Download 23.57 Kb.
|
bank ishi
Norvegiya davlati haqida umumiy malu’motlar Norvegiya hududida odam muzlik davridan keyingi asrlardan beri yashaydi. Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida saam va german qabilalari yashagan. Norveglarning hayoti azaldan dengiz bilan bogʻliq: mamlakatning nomi ham „norveg“ — „shimoliy yoʻl“, „dengiz yoʻli“ maʼnosini bildiradi. 872-yil birinchi norveg qiroli taxtga oʻtirdi. 8—11-asrlarda mohir dengizchi boʻlgan norveg vikinglari Islandiyaga, Grenlandiya sohillari va Shimoliy Atlantikadagi orollarga yetib borib, ularni mustamlakaga aylantirdilar. 11-asrda xristianlik joriy etilib, markazlashgan monarxiya qaror topadi. 14-asr oʻrtalarida tarqalgan vabo kasalligi mamlakat xoʻjaligini, ijtimoiy va siyosiy xayotni izdan chiqardi, asta-sekin mustaqillik barbod boʻlishiga olib bordi. 1319-yil Shvetsiya, 1380-yil Daniya bilan ittifoq tuzdi. 1397-yil Kalmar ittifoqiga koʻra, Norvegiya Daniyaga tobe boʻlib qoldi, 1537-yil Daniyaning viloyatiga aylandi. 1805—14 yillardagi Angliya-daniya urushi va hosilsizlik Norvegiya ni halokat yoqasiga keltirib qoʻydi, oʻn minglab kishi ochlikdan oʻldi. 1814-yil Kil sulh shartnomasiga koʻra, Norvegiya shvedlar mulki boʻlib qoldi. Bundan norozi boʻlgan norveg xalqi mustaqillik uchun kurash boshladi. Oʻsha yil 17 mayda birinchi parlament (taʼsis majlisi) chaqirilib, konstitutsiya qabul qilindi va qirol saylandi. Shvetsiya-Norvegiya ittifoqi 1905-yilgacha amal qildi, Norvegiya ichki mustakillikdan foydalandi. 1905-yil 7-iyunda storting Shvetsiya-Norvegiya ittifoqini bekor qildi. Birinchi jahon urushida Norvegiya betaraflik eʼlon qildi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilanoq Norvegiya betaraf ekanini bildirgan boʻlsa ham, 1940-yilda gitlerchilar Germaniyasi unga bostirib kirdi. Buning oqibatida Norvegiya hukumati Londonga koʻchdi. 1942-yil fashistlar Norvegiya da V. Kvisling boshchiligida sotqin hukumat tuzdi. Mamlakatda qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 1945-yil 8-mayda Norvegiya ozodlikka erishdi. Urushdan keyingi yillarda mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklash va rivojlantirishga kirishildi. 1945-yildan BMT aʼzoligiga kirdi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 10-iyunda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 17-may Konstitutsiya kuni (1814). Norvegiya , Norvegiya Qirolligi Shimoliy Yevropadagi davlat. Skandinaviya yarim orolining gʻarbiy va shimoliy qismida. Maydoni 385 ming km2. Aholisi 5,328,212 kishi (2019). Poytaxti Oslo shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 fyulke (viloyat)ga, jumladan, fyulkega tenglashtirilgan Oslo shahriga boʻlinadi. Shpitsbergen arxipelagi, Aiyq oroli, Yan Meyen va Buve orollari ham Norvegiya ga qaraydi. Norvegiya — togʻli oʻlka. Hududining qariyb 2/3 qismi dengiz sathidan 500 m dan baland va dengiz sohilidagina past tekislik bor. Gʻarbiy qirgʻogʻida tik yon bagʻirli tor qoʻltiq (ford) koʻp. Yirik orollari — Lofoten, Vesterolen, Senya, Mageryo va boshqalar. Hududining katta qismini Skandinaviya togʻlari ishgʻol qiladi (eng baland joyi Galxyopiggen togʻi — 2470 m). Foydaliqazilmalari: temir, nikel, mis, titan, uran, molibden, kobalt va kumush rudalari. Shimoliy dengizning quruqlikka yaqin sayoz qismida neft va gaz konlari bor. Iqlimi moʻtadil, shimoliy chekkasida subarktika, sohilida okean iqlimi yanvarning oʻrtacha harorati shimolda —2—4 °C, janubda 2 °C. Yozi salqin, tez-tez yomgʻir yogʻadi. Yillik yogʻin 1000–3000 mm. Muzliklarning umumiy maydoni 3000 km2 ga yaqinni tashkil etadi. Yirik daryolari — Glomma, Logen (Gudbransdal), Logen (Numedal). Katta gidroenergiya salohiyatiga ega boʻlgan bu daryolar qor, yomgʻir va muzliklardan toʻyinadi. Eng katta koʻli — Myosa. Asosiy tuprogʻi — yupqa tundra tuprogʻi, janubda togʻ podzol tuprogʻi uchraydi. Mamlakat hududining 27 % oʻrmon. Yovvoyi hayvonlardan tulki, silovsin, rosomaxa, suvsar, los, bugʻu, quyon, tiyin, lemming va boshqalar bor. Dengiz sohilida gala-gala qushlar, dengizlarda turli baliq va tyulen koʻp. Davlat tuzumi Download 23.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling